Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy asarlarida turkiy tafakkur va g'oyaviy badiiy asoslar” monografiyasining taqdimoti bo'lib o'tdi.


O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi bilan ikki mamlakat Vazirliklari ko'magida O'zbekistonda o'tkazilayotgan Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari doirasida Toshkentdagi O'zbek tili va Adabiyoti Universitetida professor Shuxrat Sirajaddinov va dotsent Gulbaxar Ashurovaning “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiyning ijodida Turkiy tafakkur va g'oyaviy badiiy asoslar" nomli monografiyasining taqdimoti bo'lib o'tdi.

Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi ko'magida chop etilgan kitob taqdimotida Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat qo'mitasi raisi Ganira Pashayeva, Ozarbayjon Madaniyat vazirligi bo'lim boshlig'i Akif Marifli, Bokudan kelgan boshqa mehmonlar, professor-o'qituvchilar va talabalar ishtirok etdi.

Taqdimotni ochib berar ekan, Nizomiy Ganjaviy nomidagi Toshkent Pedagogika Universiteti kafedra mudiri,professor Nurboy Jabborov "Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy asarlarida turkiy tafakkur va g'oyaviy badiiy asoslar" monografiyasining ilmiy qimmati haqida gapirib, uni bu borada so'ngi paytlarda yozilgan qimmatli asarlardan biri sifatida ta'rifladi.

Universitet prorektori, professor Bahodir Abdushukurovning ta'kidlashicha, 2021 yilda Buyuk shoir Nizomiy Ganjaviy tavalludining 880 yilligi Ozarbayjon va butun dunyoda yuksak saviyada nishonlangan va bunday tadbirlar davom etmoqda. O'tgan yili buyuk o'zbek shoiri Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan O'zbekiston, Ozarbayjon va butun dunyo mamlakatlarida turli tadbirlar o'tkazildi. Prorektor ushbu monografiya Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi tomonidan nashr etilgan yana bir muvaffaqiyatli kitob ekanligini ta'kidlab, Madaniyat Markazi rahbarlarini tabrikladi.

Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Samir Abbasov turkiy dunyoning ikki buyuk shoiri-faylasufi Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiyning adabiy merosini o'rganish va targ'ib qilish barcha davrlarda dolzarb ekanligini ta'kidladi. S. Abbasov Nizomiy Ganjaviy dahosi haqida xorijiy mamlakatlarda ko'proq ilmiy asarlar, tarjima nashrlar, maqolalar chop etish zarurligini ta'kidladi, Buyuk mutafakkirlar Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy merosini o'rganish, ularni o'quv dasturlari, tadqiqot mavzulariga kiritish muhimligini ta'kidladi.

S. Abbasov professsor Shuhrat Sirajaddinov va dotsent Gulbaxar Ashurova monografiyasining ilmiy qimmati haqida gapirib, o'zi rahbarlik qilgan Madaniyat Markazi tomonidan e'lon qilingan tanlov natijasida tayyorlangan ushbu monografiyadan tashqari boshqa ilmiy ishlar ham yozilganligini ta'kidladi.

Ganira Pashayeva o'z so'zida, bugun Sharqning Buyuk mutafakkirlari Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Termiziy, Ustoz Navoiy va boshqa ko'plab allomalar yetishgan yurtda ekanligidan mamnun ekanligini bildirdi.Uning aytishicha, o'sha davrda Ozarbayjonning buyuk faylasuflari va shoirlari bu yozuvchilar bilan do'st bo'lishgan, ilmiy-falsafiy suhbatlarning ishtirokchilari bo'lishgan.Pashayeva keyingi yillarda shoir va yozuvchilarimizning do'stligi haqida gapirar ekan, Samad Vurg'un va G'afur G'ulom do'stligi bunga misol ekanligini ta'kidladi. Qo'mita raisi Ozarbayjon va o'zbek xalqlarining buyuk o'g'loni, shoir va tarjimon Maqsud Shayxzoda umrining oxirigacha ushbu universitetda dars bergani, o'zbek dramaturgiyasi rivojiga katta hissa qo'shganini ta'kidladi. Yozuvchining "Mirzo Ulug'bek", "Manguberdi" dramalari, "Toshkentnoma" poemasi ma'lum.

Qo'mita raisi 44 kunlik Vatan urushida O'zbekiston Ozarbayjonning adolatli ishini himoya qilganini ta'kidladi. Buning uchun deputat O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga va o'zbek xalqiga minnatdorlik bildirdi. Qo'mita raisi ishg'oldan ozod bo'lgan Shusha shahri bu yil Ozarbayjonning madaniy poytaxti deb e'lon qilingani, kelasi yil esa Turk dunyosining madaniy poytaxti bo'lishini ta'kidladi.

Akif Marifli Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy asarlarida insonparvarlik g'oyalari birinchi o'ringa olib chiqilganligi haqida so'z yuritdi. A. Marifli monografiyaning ahamiyati haqida gapirar ekan, Nizomiy Ganjaviy merosini yanada kengroq targ'ib qilish maqsadida har yili Ozarbayjonda Xalqaro Nizomiy Ganjaviy forumi o'tkazilib, ushbu nufuzli tadbirda O'zbek Nizomiyshunos olimlari keng tarkibda ishtirok etayotganliklari va ma'ruzalar bilan chiqayotganliklarini ta'kidladi.

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti rektori Shuxrat Sirajaddinov va dotsent Gulbaxar Ashurova Ozarbayjon Madaniyat vaziri Anar Kerimov tomonidan imzolangan "Nizomiy Ganjaviyning 880 yilligi" esdalik nishoni bilan taqdirlandilar. Keyin ularga esdalik nishoni va guvohnomasi taqdim etildi.

Olim Kerim Mammadzada va Ozarbayjon Madaniyat Vazirligi Ganja viloyat Madaniyat boshqarmasi boshlig'i Vasif Jannatov Ozarbayjon Madaniyat markazi tashabbusi bilan chop etilgan nashrlarning ahamiyati, monografiyaning ilmiy ahamiyati haqida so'zlab berdi.

Tadbirning badiiy qismida Ozarbayjon Xalq artisti Gulyanag Mammadova maqom, xalq qo'shiqlarini, Ilhom Abdullayev-sozda xalq navolarini ijro etdi.

15.04.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint