Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
1 2 3 4 5 6 7 8
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Atoqli o'zbek adabiyotshunosi Boboxon Sharifning “Adolat yo'lini yorituvchi adabiyot” kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi.


19 aprel kuni Milliy Kutubxonada Ozarboyjon Respublikasi Madaniyat vazirligi, Milliy Majlisning Madaniyat qo'mitasi va Milliy Kutubxona tashkilotchiligida atoqli o'zbek adabiyotshunosi Boboxon Sharifning “Adolat yo'lini yorituvchi adabiyot” kitobining taqdimoti bo'lib o'tdi.

Tadbirda isntitut direktori, professsor Karim Tohirov so'zga chiqib, O'zbek yozuvchisi Boboxon Sharifning O'zbekiston-Ozarbayjon adabiy aloqalarini chuqurlashtirish va turkiy davlatlar o'rtasidagi do'stona aloqalarni mustahkamlashdagi beqiyos yutuqlarini ta'kidladi. Direktor Boboxon Sharif O'zbekiston -Ozarbayjon adabiy-ilmiy aloqalari rivojida muhim rol o'ynayotgan ziyolilardan biri ekanini ta'kidladi. Hayotining ko'p qismi ilmiy, adabiy tarjima ijodi, kitob, va adabiyot bilan bog'liq edi. Yozuvchining "Adolat yo'lini yorituvchi adabiyot" kitobi Ozarbayjon adabiyoti targ'ibotiga bag'ishlangan.

K. Tairov o'z nutqi davomida Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon-O'zbekiston Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasovga va tadbirda faol ishtirok etgan Milliy Majlis deputati, Madaniyat qo'mitasi raisi Ganira Pashayevaga Ozarbayjon-O'zbekiston madaniy aloqalarini o'rnatishdagi muhim xizmatlari uchun minnatdorchilik bildirdi.

Tadbirda so'zga chiqqan Ganira Pashayeva Ozarbayjonda buyuk ustoz Boboxon Sharifni ko'rishdan xursand bo'lganligini ta'kidladi. Uning ta'kidlashicha, Boboxon ustozning tavalludining 70 yilligi bir necha yil avval Ozarbayjonda o'tkazilgan. Ushbu yubiley tadbirlarida O'zbekcha-ozarbayjoncha lug'at taqdimoti ham o'tkazilganini ishtirokchilar e'tiboriga havola etgan G. Pashayeva ustoz Bobohon Sharifning eng katta orzularidan biri Shushani ko'rish ekanini, u yaqinda Shushaga tashrif buyurib, Xurshidbanu Notavonning kichik adabiy majlisini tashkil etganini ta'kidladi: "Ishonamanki, Shusha tashrifdan so'ng Boboxon muallim asarlarida bu yo'nalishdagi yangi bir ishning guvohi bo'lamiz.

So'ngra so'zga chiqqan Samir Abbasov Milliy kutubxonada shunday tadbir – Bobohon Sharif muallifligidagi "Adolat yo'lini yorituvchi adabiyot" kitobining taqdimoti tashkil etilgani quvonarli hol ekanini ta'kidladi: "Bir necha kun avval Ozarbayjon madaniyatining poytaxti Shusha shahrida tarixiy Ikki asrdan keyin shoirlar Majlisini tashkil etdik.. Tadbirda Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasining ko'plab vakillari, shuningdek, xonandalar, madaniyat va san'at namoyandalari ishtirok etdi. Ushbu tadbir Prezident Ilhom Aliyev tomonidan 2022 yilning "Shusha yili"deb e'lon qilinishi munosabati bilan o'tkazildi. Biz kelajakda turkiy dunyo bo'ylab shoirlar majlisini tashkil etishga qaror qildik. "Shusha yili" arafasida O'zbekistonda ko'plab tadbirlar – do'stona konsertlar, kitob taqdimotlarini o'tkazdik. Haydar Aliyev nomidagi Madaniyat markazi O'zbekistonda o'z faoliyatini boshlaganida, uning asosiy maqsadi Ozarbayjon adabiyotini targ'ib qilish edi, u ilk bor Nizomiy Ganjaviy asarlarini o'zbek tiliga tarjima qildi.

So'ngra Turkiya adabiyoti jamg'armasi direktori Serhat Kabakli, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o'rinbosari G'ayrat Majid, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi raisining o'rinbosari, 525-gazeta bosh muharriri Reshad Majid nutq so'zladi. Tadbir so'ngida, taniqli o'zbek yozuvchisi Boboxon Sharif tadbirni tashkil etgani uchun barchaga minnatdorchilik bildirdi.

20.04.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint