Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
1 2 3 4 5 6 7 8
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

“Kitobi-Dada Qo'rqut” dostonining o'zbek tilidagi tarjimasining taqdimoti bo'lib o'tdi.


Bokudagi Xalqaro Maqom Markazida o'zbek tiliga tarjima qilingan “Kitobi-Dada Qo'rqut” dostonining taqdimoti bo'lib o'tdi.

Tadbirda bir qator davlat vakillari, deputatlar, olimlar va madaniyat arboblari ishtirok etdi.
Nashr Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi va Ozarbayjon Madaniyat Vazirligining qo'shma loyihasi asosida tayyorlandi. Kitobi-Dada Qo'rqut dostonining o'n ikki qismi mashhur o'zbek tarjimoni Boboxon Sharif tomonidan o'zbek tiliga tarjima qilindi.

Madaniyat Vazirining birinchi muovini Elnur Aliyev "Kitobi-Dada Qo'rqut" dostonidagi turkiy xalqlar tarixiy geografiyasining ahamiyati haqida gapirar ekan, shunday dedi "Madaniyat so'zdan boshlanadi, so'z jumlaga, jumla esa kitobga aylanadi. Buyuk xalqlar bu kitobni dostonga aylantirdilar va "Kitobi-Dada Qo'rqut" dostoni buyuk turkiy jamoani o'z ichiga oladi.

E. Aliyev Buyuk rahbar Haydar Aliyevning xizmatlari tufayli "Kitobi-Dada Qo'rqut" ni targ'ib qilish bo'yicha juda ko'p ishlar amalga oshirilganligini,jumladan "Dada Qo'rqut" filmi ilkbor suratga olinganligini ta'kidladi.

Marosimda so'zga chiqqanlar dostonning o'zbek tilida nashr etilishi Ozarbayjon va O'zbekiston xalqlari do'stligiga ajoyib tuhfa ekanligini ta'kidladilar.

Akademik Isa Habibbeyli turk dunyosining buyuk adabiy namunasi "Kitobi-Dada Qo'rqut" ning o'zbek tiliga tarjimasini madaniy hodisa deb atab, "Doston dunyoda katta qiziqish uyg'otdi. Jahon dostonlarini va "Kitobi-Dada Qo'rqut" dostonini tarozi pallasiga qo'ysak, ikkinchisi tosh bosadi deya ta'kidladi

” O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov Ozarbayjon og'zaki xalq adabiyoti durdonasi "Kitobi-Dada Qo'rqut" ni madaniyatimiz, urf-odatlarimiz, tilimiz, dinimiz, shuningdek, Ozarbayjon o'tmishi, toponimlari haqida atroflicha ma'lumot bergan milliy o'ziga xoslik manbai kitobi sifatida ta'rifladi. S. Abbasov Buyuk Rahbar Haydar Aliyevning "Kitobi-Dada Qo'rqut" ni o'rganish va ommalashtirish ishlari va dostonning 1300 yillik yubileyini xalqaro miqyosda ilk marta o'tkazish to'g'risidagi farmoniniga alohida urg'u berdi. Diplomatning ta'kidlashicha, nashrning o'zbek tiliga tarjimasi qardosh o'lkada ko'proq ommalashtirish va o'qish imkonini beradi.

O'zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi Bahrom Ashrafxonov ikki mamlakat o'rtasida rivojlanib borayotgan munosabatlar O'zbekistonda Ozarbayjon madaniyatiga doimo katta qiziqish uyg'otayotganini ta'kidladi. Elchi Ozarbayjon va turk xalqlarining buyuk qadriyatlari borligi haqida gapirar ekan, nashrning o'zbek kitobxonlari va adabiyot ixlosmandlari uchun ahamiyatini alohida ta'kidladi.

Boshqa ma'ruzachilar, akademik Nizomiy Jafarov, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi raisi muovini, olim Saymon aruz, adabiyotshunos Karimulla Mammadzoda, o'zbek tarjimoni Boboxon Sharif, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o'rinbosari, shoir Gayrat Majid Ozarbayjon va turkiy xalqlarning mushtarak madaniy qadriyatlari, Ozarbayjon-O'zbekiston madaniy-adabiy aloqalari, qo'shma loyihalar amalga oshirilayotgani haqida so'zladilar..Ular ko'plab Ozarbayjon klassiklarining asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilish loyihalariga yuqori baho berdilar.

Tadbir so'ngida badiiy dastur namoyish etilib, ozarbayjonlik maqom ijrochilari milliy musiqamizni ijro etishdi.

Tadbirda Bokuda o'tkazilgan Xalqaro Maqom festivali g'oliblari Abgul Mirzaliyev va boshqa ijrochilar chiqish qildilar.

21.04.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint