Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
1 2 3 4 5
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat markazi va Buxoro viloyati Ozarbayjon diasporasi tashkiloti o'rtasidagi hamkorlik muhokama qilindi.


O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Samir Abbasov Buxoro shahridagi Ozarbayjon diasporasi tashkiloti rahbari, Respublika Ozarbayjon Milliy Madaniyat markazi raisi Kamron Boboyev bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O'zbekistonda milliy madaniyatimizni targ'ib qilish masalalari, Buxoro viloyatidagi mahalliy diaspora tashkiloti faoliyati, hamkorlik masalalari hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.

Buxoro viloyati bo'yicha Rspublika Ozarbayjon Milliy Madaniyat markazi raisi Kamron Boboyev O'zbekiston davlati tomonidan faolyait uchun alohida shart-sharoitlar yaratilganini ta'kidlab, milliy madaniyatimizni targ'ib qilish uchun ko'rgazmali vositalarga jiddiy ehtiyoj borligini ta'kidladi.

Uchrashuv yakunida Ozarbayjon Madaniyat markazi mamlakatimiz haqidagi boy kitoblar to'plamini Buxoro viloyatidagi Ozarbayjon Milliy Madaniyat markaziga tadbirlarda va targ'ibotlarda foydalanish uchun sovg'a qildi.

To'plamdan Ozarbayjon Madaniyat markazining "o'zbek tilida Ozarbayjon adabiyoti" loyihasi doirasida chop etilgan kitoblar, Ozarbayjon tarixi, madaniyati, sayyohlik salohiyati, adabiyotiga oid ko'plab nashrlar o'rin olgan. Sovg'a qilingan kitoblar orasida milliy rahbar Haydar Aliyev hayoti va ijodi, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar bilan bog'liq nashrlar, shuningdek Haydar Aliyev jamg'armasi loyihasi doirasida mamlakatimiz haqidagi bosma nashrlar mavjud

Bundan tashqari,to'plamga Haydar Aliyev nomidagi O'zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat markazi loyihasiga ko'ra, o'zbek tiliga tarjima qilingan Nizomiy Ganjaviyning "Xamsa”si,Ozarbayjon madaniyati haqidagi "Meros" va "Boku" jurnallari, Ozarbayjon musiqasi haqidagi kompakt-disklar kiritilgan.

Joriy yilning kuzida O'zbekistonning tarixiy shahri Buxoroda Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlarini o'tkazishga kelishib olindi. Yig'ilishda Respublika Ozarbayjon Milliy Madaniyat markazining Toshkent viloyati bo'yicha raisi G'olib Muslimov ishtirok etdi.

Mehmonlar Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi kutubxonasi va muzeylarida bo'lib, Markazning loyihalari va yutuqlari bilan tanishdilar.

30.04.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint