Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
1 2 3 4 5 6 7 8
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda “Qorabog‘” mug‘om guruhining konserti bo‘lib o‘tdi.


Toshkentda Ozarbayjon Xalqaro mug‘om markazi huzuridagi “Qorabog‘” mug‘om guruhi ishtirokida “Do‘stlik ko‘prigi” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir “Turkiston” san’at saroyida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va Ozarbayjon Xalqaro mug‘om markazi tomonidan tashkil etildi.

Dastavval ansambl rahbari, Ozarbayjon xalq artisti Mansum Ibragimov muxlislarni qutlab, xalqlarimiz o‘rtasidagi azaliy do‘stlik va qardoshlik munosabatiga alohida to‘xtaldi.

Mug‘om markazi direktori o‘rinbosari Riyad Guliyev mamlakatlarimiz o‘rtasidagi madaniy aloqa kengayib borayotganini ta’kidlab, bu borada o‘zaro tashriflar tez-tez o‘tkazib turilishi muhimligini qayd etdi.

O‘zbekiston Milliy maqom san’ati markazi bosh direktori, professor Soibjon Begmatov Ozarbayjon musiqasi, ayniqsa, mug‘om yurtimizda juda qadrlanishi, to‘y, tantana va bayramlarda doimo sevib ijro etilishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, respublikamizda Ozarbayjon mumtoz adabiyoti namoyandalari Nizomiy Ganjaviy, Muhammad Fuzuliy va Imomiddin Nasimiy she’rlariga bastalangan qo‘shiqlar juda mashhur.

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor qaratdi.

Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli badiiy rahbari, O‘zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti prorektori Azimjon Zokirov va boshqalar xalqlarimiz adabiyoti, madaniyati va san’ati o‘xshashligi haqida gapirdi.

Konsertda Ozarbayjon xalq artisti Mansum Ibragimov milliy mug‘om namunalaridan, xalq qo‘shiqlaridan ijro etdi. Shundan so‘ng sahnaga o‘zbekistonlik Yulduz Turdiyeva taklif etildi. Ikki taniqli san’atkor bir necha qo‘shiq, jumladan, “Qorabog‘ shikastasi” ashulasini birgalikda ijro etdi. Xalq artisti Elchin Gashimov, xizmat ko‘rsatgan artist Elnur Ahmedov va zarbchi-sozanda Vusal Bayramov ularga jo‘r bo‘ldi.

Tadbir so‘ngida millatimiz mezbonlik an’anasiga ko‘ra, ozarbayjonlik san’atkorlarga minnatdorlik ramzi sifatida zarbop to‘n va esdalik sovg‘alari topshirildi.

02.05.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint