Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
1 2 3 4 5 6 7 8
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentdagi “Turkiston” san'at saroyida “Oltin qalam” milliy mukofotlari taqdim etilib,Ozarboyjon tomoni ham eng sara O'zbek jurnalistlarini mukofotladi.


Toshkentdagi Turkiston san'at saroyida "Oltin Kalam"XVI an'anaviy Milliy mukofoti taqdimoti munosabati bilan tantanali marosim bo'lib o'tdi.

Qayd etish kerakki,har yili O'zbekistonning faol jurnalistlarini taqdirlash marosimida davlat va hukumat, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari vakillari, jurnalistlar, fan, madaniyat va san'at namoyandalari, jamoatchilik vakillari ishtirok etadi.

Tadbirni O'zbekiston Jurnalistlari uyushmasining raisi Olimjon O'sarov ochar ekan O'zbekiston davlati tomonidan bu borada ko'rsatilayotgan e'tibor va g'amxo'rlik, jurnalistikaning mamlakat hayotidagi o'rni va mavqeyi haqida so'zlab berdi, O'zbekistonda matbuotni rivojlantirish, bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida fikr bildirdi

O'zbekiston Prezidentining yordamchisi, Prezident ma'muriyati matbuot xizmati rahbari Sherzod Asadov har yili 3 May - matbuot erkinligi kuni davlat matbuot siyosatiga bag'ishlangan tantanali marosimda jurnalistikaning turli sohalarini qamrab olgan qalam sohiblariga "Oltin Kalam"Milliy mukofotlari topshirilganini ta'kidladi. Sherzod Asadovning ta'kidlashicha, milliy mukofot mamlakatimizda jurnalistikani yanada rivojlantirish, ularning faoliyatini rag'batlantirishga xizmat qiladi.

Keyin gazeta, radio, televideniye, elektron ommaviy axborot vositalari sohasidagi eng sara jurnalistlarga "Oltin qalam" Milliy mukofotlari topshirildi. Birinchi,ikkinchi va uchinchi o'rinlar g'oliblariga O'zbekiston Respublikasi nomidan faxriy yorliqlar, Oltin qalam mukofotining ramzi bo'lgan esdalik sovg'alari va pul mukofotlari topshirildi.

Ozarbayjon tomoni ham ikki o'lka do'stligi, hamkorligi va Ozarbayjonning adolatli ishini targ'ib qilishda eng sara o'zbek jurnalistlariga mukofotlarni topshirdi.

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Samir Abbasov o'zbek matbuoti bilan yaqin hamkorlik platformasi yaratilgani, mamlakatlarimiz do'stligi, madaniyati, yutuqlari, Ozarbayjonning haqqoniy ishini O'zbekistonda, Markaziy Osiyoda tarqatish borasida muhim ishlar amalga oshirilayotganini ta'kidlab,ushbu yo'nalishda eng sara o'zbek jurnalistlarining Ozarboyjonga mediaturini tashkil etishi haqida so'z yuritdi.

Ozarboyjon va O'zbekiston o'rtasidagi do'stlik, hamkorlik, shuningdek, sobiq Qorabog' mojarosiga bag'ishlangan ko'plab maqola va nashrlar muallifi" Shuhrat Salomov, Ozarboyjon madaniyati,adabiyotiga doir teleko'rsatuvlar uchun " O'zbekiston tarixi" telekanali rejiseri,boshlovchisi Dildora Hasanova, "Shushi yili" va “ Shusha Ozarbayjonning madaniy poytaxti deb e'lon qilinishi munosabati bilan ko'plab maqolalar tayyorlagan "Qalampir.uz" yangiliklar portali bosh muharriri Firuzaxon Najmiddinova va ishonch.uz yangiliklar portali, va shu nomdagi gazeta jurnalisti Zebo Namozovalar Ozarbayjon tomonidan diplom, sovg'a va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.

“Oltin qalam” tanlovida Turkiya va Xitoy Xalq Respublikasining O'zbekistondagi elchixonalari ham taniqli o'zbek jurnalistlariga mukofotlar topshirdi.

Tadbir doirasida O'zbekistonning taniqli san'at ustalarining kontserti va o'zbek milliy raqslari namoyishi bo'lib o'tdi.

05.05.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint