Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
1 2
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon, Turkiya va O'zbekiston o'rtasida matbuot sohasida hamkorlikka bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi.


Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori, Ozarbayjon elchixonasining birinchi kotibi Samir Abbasov va Turkiyaning O'zbekistondagi elchixonasi matbuot kotibi Hamdi Turshuchu o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuv Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazida bo'lib o'tdi.

Ikki tomonlama va uch tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, faoliyatni muvofiqlashtirish, matbuot sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashildi.

Samir Abbasov har yili o'tkazib kelinayotgan tanlovlar natijasida O'zbek matbuotida Ozarbayjon, turkiy dunyo mamlakatlari o'rtasidagi do'stlik, hamjihatlik haqida yuzlab maqolalar chop etilganini, g'olib jurnalistlar uchun Ozarbayjonga mediaturlar tashkil qilinganligini ta'kidlab, o'zbek matbuoti bilan yaqin hamkorlik rivojlanayotganidan mamnunligini bildirdi. Davlatlarimiz rahbarlari o'rtasidagi munosabatlar yuksak darajada ekanini qayd etgan diplomat Ozarbayjon voqeligi va o'tgan Qorabog' mojarosi haqidagi ma'lumotlarni Markaziy Osiyo, O'zbek jamoatchiligiga yetkazishda o'zbek matbuotining alohida o'rni borligini ta'kidladi.

Samir Abbasov yaqin kunlarda O'zbekiston jurnalistlar uyushmasi raisi Olimjon O'sarov bilan bo'lib o'tgan uchrashuvni eslab, u bilan hamkorlik masalalarini muhokama qilar ekan, kelgusida tomonlar o'rtasida qo'shma loyihalarni amalga oshirish, turkiy davlatlar o'rtasida matbuot sohasida o'zaro hamkorlikning yangi platformalarini yaratish bo'yicha maslahatlashuvlar o'tkazish muhimligini ta'kidladi

Turkiya elchixonasi matbuot kotibi Hamdi Turshuchu matbuot sohasida Turkiya davlatlari, shuningdek O'zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida gapirib, Ozarbayjon tomoni bilan ushbu yo'nalishdagi hamkorlik yanada kengayishini, ijtimoiy tarmoqlar, elektron ommaviy axborot vositalari, televideniye sohasida hamkorlikning yangi imkoniyatlarini ta'kidladi .U Turkiya-O'zbekiston va Ozarbayjon o'rtasida, kelajakda esa Turk davlatlari bilan matbuot sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish borasida fikr almashdi.

Samir Abbasov O'zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat markazi tashabbusi bilan Turk dunyosining madaniyat poytaxtlari Xiva, Bursa va Shusha shahariga doir qo'shma media-loyihani amalga oshirish bo'yicha, shuningdek boshqa turkiy davlatlarning qayta tiklangan "Majlisi Faromushon" shoirlar majlisiga qo'shilishi to'g'risida takliflarni ilgari surdi Ozarbayjon tomonidan Shushada Turkiya elchixonasi bilan ushbu yo'nalishda birgalikda ishlash to'g'risida kelishuvga erishildi.

Xulosa qilib aytganda, tomonlar birgalikda hamkorlik qilish bo'yicha takliflarni ilgari surdilar, fikr almashdilar.

06.05.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint