XABARLAR 2022
O‘zbekistonning MY5 telekanalida Ozarbayjonning turizm salohiyati haqida ko‘rsatuv namoyish etildi.
O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi ko'magida Toshkentdagi MY 5 telekanalida Ozarbayjondagi turizm salohiyati haqidagi dastur namoyish etildi.
Jurnalist Manuchehr Qalandarzoda tayyorlagan dasturda Icherishaharning,jumladan Qiz minorasi, Shirvonshohlar saroy majmuasi va Shirvonshohlar sulolasisining 1078-1079-yillarda qurilgan Muhammad Masjidi, 15-asrda qurilgan Buxoro karvonsaroyi, 15-asrga oid Mirza Ahmad masjidining tarixi haqida hikoya qilinadi.
Xabar qilinishicha, Bokudagi eng qadimgi binolar Icherishaharda joylashgan.
Aslida, Icherishahar shahar ichidagi shahar ma'nosini beradi. Icherishaharning hududi 22 gektarni tashkil etib,Icherishahar Xivadagi Ichan Qalaga o'xshaydi. Tarixiy yodgorliklarga boy Icherishaharda ham, Ichan qal'ada ham uy-joylar mavjud. 1748-1806 yillarda Boku va uning markazi bo'lgan Icherishahar Boku xonligining poytaxti bo'lgan.
Dasturda ta'kidlanishicha, Icherishaharning oltita darvozasi bor. 1977 yilda bu joy tarixiy va me'moriy qo'riqxona deb e'lon qilindi va 2000 yilda Qiz minorasi va Shirvonshohlar saroyi majmuasi bilan birgalikda Yuneskoning Butunjahon merosi ro'yxatiga kiritildi.
08.05.2022