Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

30 yildan keyin ilk marotaba O'zbek yozuvchisining asari Ozarbayjon teatri sahnasida.


Ozarbayjonning O'zbekistondagi elchixonasi va Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi bilan Toshkentdagi “Hyatt Regency” mehmonxonasida Buyuk rahbar Haydar Aliyevning tavallud kuniga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi

Avvalo, elchixonadagi Haydar Aliyev haykali poyiga gulchambarlar va gullar qo'yildi. Toshkentdagi “Hyatt Regency” mehmonxonasida tashkil etilgan tadbirda elchilar, xalqaro tashkilotlar vakillari, davlat vakillari, mahalliy ozarbayjonlar, qardosh o'zbek xalqi vakillari, jurnalistlar ishtirok etdilar.

Marosim ishtirokchilari foyeda Buyuk rahnamoHaydar Aliyevning hayoti va faoliyati, Ozarbayjonning erishgan yutuqlari, mamlakatimizning sayyohlik imkoniyatlari, milliy madaniyatimizga bag'ishlangan esdalik sovg'alari ko'rgazmasi bilan tanishdilar.

Tadbirda so'zga chiqqan Ozarbayjonning O'zbekistondagi elchisi Husayn Guliyev umummilliy rahbar Haydar Aliyevning hayoti va faoliyati, bu buyuk shaxsning mustaqil Ozarbayjonning me'mori va asoschisi sifatida yutuqlari haqida gapirdi. Elchi Haydar Aliyev g'oyalarini muvaffaqiyatli davom ettirayotgan Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev mamlakatimiz ravnaqi, uning iqtisodiy qudratini oshirish yo'lida muhim ishlarni amalga oshirganini va bu yo'nalishdagi tadbirlar davom ettirilayotganini ta'kidladi. Shuningdek, Husayn Guliyev 44 kunlik Vatan urushi va Ozarbayjon armiyasining yorqin g'alabasi haqida gapirdi.

Diplomat buyuk rahbarning Ozarbayjon-O'zbekiston do'stona aloqalarini mustahkamlashdagi tarixiy xizmatlari haqida gapirib, bu buyuk siyosiy arbobning faoliyati taraqqiyot va farovonlikka yo'l ochishini gapirib o'tdi. U Ozarbayjon taraqqiyotidan faxrlanishini, mamlakatimizning bugungi muvaffaqiyatlarini yuksak qadrlashini ta'kidladi.

So'ngra, "Ozarbayjonni kashf et" loyihasi doirasida shu nomdagi hujjatli film namoyish etildi. Hujjatli filmda Ozarbayjonning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari, poytaxt Boku bilan birga Gabala, Sheki, Ganja, Naxchivon va Shushaning diqqatga sazovor joylari, sayyohlik imkoniyatlari, tarixiy obidalar, oshxona madaniyati, shuningdek, madaniyatning ishg'oldan ozod bo'lgan hududlarga qaytishi va o'tkazilgan ulkan tadbirlar aks ettirilgan.

Qayd etish joizki, hujjatli film Ozarboyjon Respublikasining Diasporalar bilan ishlash Davlat Qo'mitasining ko'magida O'zbekistonning "Saqich Creative Media" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Film g'oyasi mualliflari Samir Abbasov, Elshan Namozli va Gulnara Asadovalardir.

Tadbir so'ngida O'zbekiston havo transportida yo'lovchi tashish xizmatlarini ko'rsatuvchi "Fly KHIVA" aviakompaniyasi vakillari Toshkent-Boku reysi uchun "Olovlar yurtiga sayohat" nomli kuponlarni tadbir ishtirokchilariga bepul taqdim etdi. Safar yil davomida amalga oshirilishi mumkin.

10.05.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint