Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekiston Oliy Majlisi deputatlari Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markaziga tashrif buyurdi.


O'zbekiston Oliy Majlisi deputatlari Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markaziga tashrif buyurib, Markaz direktori Samir Abbasov bilan uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuvda O'zbekiston Oliy Majlisining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi raisi Jahongir Shirinov, Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo'mitasi a'zosi, deputat Uktam Islomov, Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi a'zosi, Oydin Abdullayeva, deputat Nigora Qutlimuratova ishtirok etdi.

Mehmonlarni qutlar ekan, Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Samir Abbasov tashrif va uchrashuv uchun o'zbek deputatlariga minnatdorlik bildirdi. Markaz faoliyati, uning ikki mamlakat o'rtasidagi madaniyat, turizm, ta'lim, matbuot, diaspora va umuman gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirish va rivojlantirishni qo'llab-quvvatlashi haqida so'z yuritar ekan, diplomat Ozarboyjonning boy madaniyatini tanitish, ommalashtirish va rag'batlantirish yo'nalishida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi.

Samir Abbasov markazning ochilishida Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan bildirilgan fikrni qayd etdi: bu markaz, aslida, O'zbek-Ozarbayjon do'stligining timsolidir. Markaz Buyuk rahbar Haydar Aliyev nomi bilan atalgani juda muhim holat deya takidladi. Chunki Buyuk rahbar Haydar Aliyev Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun doimo katta sa'y-harakatlarni amalga oshirgan. S. Abbasov buyuk Sarkardaning Ozarbayjon xalqi oldida alohida xizmatlari borligini, mustaqilligimizning xaloskori ekanligini, uning xotirasi har bir Ozarbayjon uchun aziz ekanligini ta'kidladi.

Diplomat Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasidagi strategik hamkorlik yuksak darajada ekanini, mamlakatlarimiz rahbarlari o'rtasidagi do'stona munosabatlarni qayd etib, Ozarbayjon davlati O'zbekiston bilan barcha sohalarda, ayniqsa, madaniyat sohasida hamkorlikka katta ahamiyat berayotganini ta'kidladi.

S.Abbasovning ta'kidlashicha, 2022 yil mamlakatda "Shusha yili" deb e'lon qilingan, 2020 yilda Armaniston tomonidan qariyib 30 yil davomida bosib olingan Ozarbayjon yerlari ozod qilingan. U Ozarbayjon madaniyati poytaxti, tarixiy Shusha shahri haqida gapirib, ozod qilingan hududlarda armanlar tomonidan amalga oshirilgan vandalizm sodir etilgani barcha uylar, fuqarolik ob'ektlari, tarixiy yodgorliklar vayron qilingani,buning oqibatida mamlakatga katta moddiy va ma'naviy zarar yetkazilganini ta'kidladi. Diplomat hozirda Ozarbayjon davlati tomonidan ozod qilingan Qorabog' va Sharqiy Zangezurda olib borilayotgan qurilish ishlari haqida ma'lumot berdi.

O'zbekiston Oliy Majlisining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mita raisi Jahongir Shirinov qardosh Ozarbayjon bilan hamkorlikning alohida ahamiyati, Prezidentlarimiz o'rtasidagi do'stona munosabatlarning yuksak darajasi, xalqlarimizning tili, dini, madaniyati yaqinligini ta'kidlab, Ozarbayjon mustaqillikka erishgandan buyon bosib o'tgan tarixiy yo'lini,uning yutuqlarini yuqori baholadi.U o'tgan oyda Ozarbayjon Milliy Majlisi raisi Sahiba xonim Gafarovaning O'zbekistonga tashrif buyurganini, parlamentlararo aloqalarni rivojlantirish bo'yicha foydali uchrashuv va muhokamalar o'tkazilganini ta'kidladi. Qo'mita raisi Ozarbayjon Madaniyat markazi bilan tanishganidan mamnunligini bildirdi va Markaz faoliyatiga yuqori baho berdi.

Oliy Majlisning Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi a'zosi, deputat Oydin Abdullayeva ikki xalq, davlatlarimiz o'rtasidagi tarixiy do'stlik haqida so'zlab, O'zbekistonda shunday ajoyib va taniqli Ozarbayjon Madaniyat markazi mavjudligidan, markazning ikki mamlakat o'rtasidagi madaniy aloqalar kengayishdagi alohida o'rni borligidan mamnun ekanliklarini ta'kidladi. O'zbekistonning barcha fuqarolari mahalliy haykallar bilan bir qatorda markaz imkoniyatlaridan foydalanayotganini ta'kidlab, deputat markaz faoliyati, uning muzeylari bilan tanishish natijasida Ozarbayjonning boy madaniyati va qadimiy tarixi haqida katta taassurot qoldirganini yana bir bor ta'kidladi.

Deputat Oydin Abdullayeva Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasidagi madaniyat sohasidagi munosabatlar oliy darajada ekanligi, bu yo'nalishda har yili ko'plab tadbirlar va loyihalar o'tkazilayotganini yuqori baholadi. Deputat Oydin Abdullayeva yaqinda Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat qo'mitasi raisi Ganira Pashayeva bilan bo'lib o'tgan uchrashuvni yuqori baholab, Ozarbayjonga bo'lajak tashriflarida madaniyat sohasidagi hamkorlik muhokama qilinishini ta'kidladi.

Uchrashuvdan so'ng mehmonlar Ozarbayjon madaniyat markazining Ozarbayjon tili, kompyuter kurslari, milliy raqslar, rassomlik, tikuvchilik, fortepiano to'garaklari faoliyati bilan tanishdilar. Ularga barcha O'zbekiston fuqarolari markazda faoliyat ko'rsatayotgan kurslar va to'garaklar xizmatidan foydalanayotgani, jami 1106 nafar bolalar, o'smirlar va yoshlar so'nggi 9 yil davomida kurslar va to'garaklarni bitirib, malaka oshirgani va ularga sertifikatlar topshirilgani ma'lum qilindi. Bizning kurs va to'garaklarimizda ishtirok yetgan 24 nafar O'zbekiston fuqarosi Ozarbayjon oliy o'quv yurtlarida ta'lim olish imkoniga ega bo'ldi.

Ozarbayjon Madaniyat markazi muzeylari bilan tanishgandan so'ng, O'zbekiston Oliy Majlisining deputatlari Haydar Aliyev muzeylarida tashkil etilgan eksponatlar va burchaklarga, Ozarbayjon tarixi va Ozarbayjon-O'zbekiston do'stligiga alohida qiziqish bildirdilar. Mehmonlarga Toshkent shahridagi oliy o'quv yurtlari talabalari uchun har oyda ikki marta, shuningdek, ko'plab umumta'lim maktablari o'quvchilari uchun markaz va uning muzeylariga ekskursiyalar tashkil etilayotgani ma'lum qilindi.

O'zbek deputatlari Ozarbayjon Madaniyat markazining Do'stlik muzeyiga tashrif buyurib, muzey dizayni, do'stligimiz haqida yaratilgan burchaklarni yuqori baholab, shu munosabat bilan o'z fikr va takliflari bilan o'rtoqlashdilar.

So'ngra, O'zbekiston Oliy Majlisi deputatlari nomidan Fan, Ta'lim, Madaniyat va Sport masalalari qo'mitasi a'zosi, deputat Oydin Abdullayeva o'zining samimiy so'zlarini Ozarbayjon Madaniyat markazining Xotira kitobiga yozdi va mehmonlarga Ozarbayjon Madaniyat markazi loyihasi asosida nashr etilgan kitoblar sovg'a qilindi.

12.05.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint