Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekistonning “BizTV” telekanalida Toshkentdagi Ozarbayjon Madaniyat markazi haqida kengaytirtirtlgan dastur namoyish etildi.


Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi haqidagi kengaytirtlgan dastur O'zbekistonning “BizTV” telekanalida “Madaniyat markazlari” dasturida namoyish etildi.

"BizTV" telekanali bosh muharriri, jurnalist Jaloliddin Mirzoyev "Madaniyat markazlari" nomli dasturning birinchi soni O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markaziga bag'ishlanganini ta'kidladi.

Ta'kidlash joizki, yangi tashkil etilgan teledasturda diaspora markazlari va O'zbekistonning turli xalqlari madaniy markazlari faoliyati yoritib boriladi.

Ko'rsatuvda O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov Markaz faoliyati, ikki xalq o'rtasidagi do'stona aloqalarni rivojlantirish yo'lida amalga oshirilayotgan loyihalar, milliy madaniyatimiz, shuningdek, ikki mamlakat o'rtasidagi tarixiy do'stlik, hamkorlik, madaniy aloqalar haqida gapirdi. Markazning 2010 yilda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida ochilishini qayd etgan Samir Abbasov: Prezidenti Ilhom Aliyevning "Ushbu markaz Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasidagi do'stlik ramzidir"- degan so'zini takidladi.

Diplomat o'zi boshchiligidagi Ozarbayjon Madaniyat markaziga O'zbekiston bilan madaniyat, turizm, matbuot sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, mamlakatning turli mintaqalarida "Ozarbayjon madaniyati, adabiyoti, musiqasi va kinosi kunlari" ni tashkil etish, ikki mamlakat madaniy muassasalari o'rtasida aloqalarni o'rnatish, yaqin o'zbek matbuoti bilan hamkorlik, ko'rgazmalar, anjumanlar, taqdimotlar, nashriyot loyihalari, shuningdek, davom etayotgan o'zaro tashriflar orqali mamlakatimizni keng targ'ib etish borasida ma'lumot berdi.

Filmda Ozarbayjon-O'zbekiston munosabatlarini mustahkamlashga katta hissa qo'shgan Buyuk Rahnamo Haydar Aliyevga, uning xotirasiga markazda yaratilgan "Haydar Aliyev muzeyi", shuningdek "Ozarbayjon tarixi va davlatchiligi muzeyi", "Olovlar yurtining naqshlari" nomli gilam muzeyi faoliyatiga keng o'rin berilgan.

Kutubxona-axborot markazi rahbari Kifoyat Pirmammedova kutubxonada dunyoga mashhur siyosatchi Haydar Aliyevning hayoti va faoliyati, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev rahbarligida mamlakatimizda erishilgan yutuqlar haqidagi nashrlar, Ozarbayjon tarixi, adabiyoti, madaniyati haqidagi boy media-kutubxona, disklar, elektron nashrlar, jurnallar, kitobxonlarga foydalanish uchun berilayotgani va bajarilgan ishlar haqida ma'lumot berdi. Uning ta'kidlashicha, Markaz loyihasiga ko'ra Ozarbayjon klassiklarining asarlari o'zbek tiliga tarjima qilingan bo'lib, o'tgan 9 yil davomida Toshkentda ushbu mavzuga oid 100 ga yaqin har xil kitoblar nashr etilgan.

Televizion loyihada Ozarbayjon tili to'garaklari, kompyuter kurslari, milliy raqslar, rasm chizish, tikuvchilik, fortepiano faoliyati yoritilgan.

Dasturda Ozarboyjon Madaniyat markazi xuzuridagi "Faxriy artist Kaykep Aliyeva nomidagi Ozarboyjon qizlari raqs ansamblı” faoliyati haqida umumiy ma'lumot taqdim etildi, milliy raqslar ijrosi va ularning O'zbekistonda targ'iboti haqidagi syujetlar namoyish etildi. Ansambl badiiy rahbari Kamola Javliyevaning ansambl yaratilishi va faoliyati haqidagi intervyusi dasturda o'z aksini topdi.

Ta'kidlash kerakki, dastur O'zbekistonda katta qiziqish uyg'otdi va bir necha bor efirga uzatildi

16.05.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint