Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
1 2
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

“Nizomiy Ganjaviy yili” yakunlari boʻyicha Oʻzbekistonning yetakchi kutubxonalariga boy kitoblar toʻplami taqdim etildi.


Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi tomonidan Oʻzbekistonning yetakchi kutubxonalari - Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Markaziy ilmiy kutubxonasi, Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kutubxonasi, Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti kutubxonasi, A. Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti kutubxonasiga Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy ijodiga oid, shuningdek, Ozarbayjon tarixi va adabiyoti haqida boy kitoblar toʻplami hadya qilindi.

Ushbu toʻplamda ulugʻ Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviyning oʻzbek tilida chop etilgan “Xamsa”si, ozarbayjon va oʻzbek tillarida chop etilgan “Alisher Navoiy hikmatlari”, shuningdek, shoir merosiga oid qimmatli nashrlar, monografiyalar alohida oʻrin tutadi.

Bundan tashqari, oʻzbek tiliga tarjima qilingan Ozarbayjon sheʼriyatining antologiyasi, Ozarbayjon yozuvchilarining asarlari, ozarbayjon-oʻzbek adabiy aloqalari, Muhammad Fuzuliy, Imodiddin Nasimiy, Sayid Azim Shirvoniy, Husayn Jovid, Anar, Yunus Oʻgʻuz, Ramiz Asqar, shuningdek, ozarbayjon-oʻzbek, oʻzbek-ozarbayjon lugʻati, soʻzlashuv kitobchasi, yaqin oʻtmishdagi Armaniston-Ozarbayjon, Togʻli Qorabogʻ mojarosi, Xojali qatliomiga oid nashrlar sovgʻa qilingan.

Nashrlar orasida Ozarbayjon davlatchiligi, tarixi, madaniyati haqidagi kitoblar ham bor.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi maʼlumotlariga koʻra, buyuk ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviyning oʻzbek tilida chop etilgan "Xamsa"sining maxsus nashri, shuningdek, oʻzbek olimlarining buyuk shoir haqidagi monografiyalari Oʻzbekistonning Samarqand, Buxoro, Jizzax, Navoiy, Nukus, Urganch, Fargʻona, Termiz davlat universitetlari kutubxonalariga tuhfa sifatida yuboriladi.

26.01.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint