XABARLAR 2022
O'zbekistonning dunyoga mashhur “O'zbegim Yoshlari” ansambli konsertida Ozarboyjon ham ishtirok etdi.
Toshkentdagi Turkiston saroyida O'zbekistonning dunyoga mashhur “O'zbegim yoshlari” ansamblining 18 yilligiga bag'ishlangan katta konsert dasturi bo'lib o'tdi. O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi konsert dasturiga alohida madad ko'rsatdi. Tadbirda Ozarbayjon Madaniyat Markazi rahbariyati, xodimlari va ko'plab mehmonlar ishtirok etdi.
Tadbirda O'zbekiston musiqasi bilan bir qatorda Ozarbayjon musiqasi ham ijro etildi. O'zbekiston Xalq artisti Jenisbek Piizov buyuk Ozarbayjon baritoni, Ozarbayjon va SSSR Xalq artisti Muslim Magomayevning "Dengiz" qo'shig'ini, xalqaro mukofotlar sovrindori Sarvinoz Kamalova - Ozarbayjon, SSSR va O'zbekiston Xalq artisti Zaynab Xanlarovaning "Bulbulim" qo'shig'ini ijro etdi.
Konsert dasturida Ozarbayjon Madaniyat Markazining "Faxriy artist Kaykep Aliyeva nomidagi Ozarbayjon qizlari" raqs ansambli "Kavkaz raqsi" va "Gullar kompozitsiyasi"raqslarini ijro etdilar.
Ta'kidlash joizki, "O'zbegim Yoshlari" ansambli dunyoning 30 dan ortiq mamlakatlarida-Fransiya, Amerika, Olmoniya, Belgiya, Xitoy, Malayziya, Nikaragua, Italiya, Yaponiya, Meksika, Rossiya va boshqa mamlakatlarda o'tkazilgan xalqaro festivallarda ishtirok etgan va ko'plab mukofotlarga sazovor bo'lgan. Ansambl O'zbek madaniyati, musiqasiga doir ajoyib taqdimotlar namoyish qiladi va o'zbek musiqasining barcha sohalaridan vokal, estrada, maqom, sharq raqslarini o'z ichiga oladi.
22.05.2022