XABARLAR 2022
Ozarboyjon bilan O'zbekiston o'zaro sayyohlik aloqalarini kengaytirmoqda
Ozarbayjon bilan O'zbekiston o'rtasidagi o'zaro sayyohlik munosabatlarni rivojlantirish, qo'shma sayyohlik yo'nalishlarini ishlab chiqish va sayyohlik safarlarini ko'paytirish masalasi Davlat Turizm Agentligi raisi Fuad Nagiyevning O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari, turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov bilan 23 may kunidagi uchrashuvida muhokama qilindi.
Uchrashuv 24 may kuni Shamaxida bo'lib o'tajак Turk Davlatlari Tashkilotining turizm bo'yicha vazirlarining 7-uchrashuvi doirasida bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida Fuad Nagiyev Aziz Abduhakimovga ishg'oldan ozod etilgan hududlarning turistik salohiyati, tayyorlanayotgan loyihalar va amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berdi.
Aziz Abduhakimov O'zbekistonning Ozarbayjon bilan sayyohlik munosabatlarini rivojlantirishdan, tomonlar o'rtasida tajriba almashish, sayyohlik kompaniyalari o'rtasida hamkorlikni yo'lga qo'yish va aviareyslar sonini oshirishdan manfaatdorligini ta'kidladi.
23.05.2022