Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
1 2
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekistondagi Ozarbаyjon Madaniyat Markazi bilan Turk Tarixi va Madaniyati Jamg'armasi o'rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.


O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbаyjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov va Turk Tarixi va Madaniyati Jamg'armasi rahbari Nizomettin Aykurt o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi va ikki tashkilot o'rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirgan Turk Tarixi va Madaniyati Jamg'armasi rahbari Nizomettin Aykurt jamg'armaning asosiy faoliyati turk dunyosining madaniy merosini saqlash, turkiy davlatlar tashkilotiga a'zo mamlakatlarning madaniy va ma'rifiy muassasalari, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilishdir. Jamg'arma rahbari Ozarbаyjon bilan madaniyat sohasida hamkorlik, madaniy aloqalarni rivojlantirishga qiziqish bildirgan holda, arxiv va qo'lyozma hujjatlarni o'rganish, shuningdek, "O'TIRAR"Turk dunyosining Xalqaro Elektron Kutubxonasini yaratish sohasida amalga oshirilayotgan xalqaro loyihalar haqida ma'lumot berdi. Uning ta'kidlashicha, bugungi kunda kutubxonada 80 ming kitobning elektron nusxasi to'plangan bo'lib, raqamli kutubxonaning asosiy maqsadi turkiy xalqlarning madaniy merosini asrab-avaylash va boyitish, birgalikda qimmatbaho nashrlarning raqamli to'plamini yaratish va bu boradagi hamkorlikni yanada kengaytirishdan iboratdir.

O'zbekistondagi Ozarbаyjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov Turkiy Davlatlar Tashkiloti doirasida madaniy hamkorlikni yanada kengaytirish, davlat rahbarlari qo'ygan vazifalarni bajarish, qo'shma loyihalarni amalga oshirish muhimligi haqida gapirdi. Samir Abbasov Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan 2022 yil "Shusha yili" deb e'lon qilinganligini va u boshchiligidagi Markaz ushbu yo'nalishda ko'plab loyihalarni amalga oshirayotganini ta'kidladi va Turk Tarixi va Madaniyati Jamg'armasini ushbu loyihalarda ishtirok etishga taklif qildi.

Diplomatning ta'kidlashicha, Armaniston bosib olgan Ozarbayjon yerlarida qariyb 30 yil davomida madaniy merosimizga, yodgorliklarimizga katta zarar yetkazilgan, butun infratuzilma, madaniy meros, xalqimiz tomonidan ming yillar davomida yaratilgan madaniy yodgorliklar vayron qilingan. Samir Abbasov davlatimiz, Haydar Aliyev Jamg'armasi tomonidan ishg'oldan ozod qilingan yerlarda olib borilayotgan qurilish ishlari, madaniy yodgorliklarni tiklash yo'lida olib borilayotgan ishlar haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi. U O'zbekistondagi Ozarbаyjon Madaniyat Markazining loyihalari haqida gapirib, amalga oshirilgan loyihalar natijasida Ozarbаyjon madaniyati va adabiyoti haqidagi 98 ta turli nomdagi nashrlar O'zbek tiliga tarjima qilinib, Toshkentda nashr etilganini, O'zbekiston arxivlari va qo'lyozma fondlari bilan yaqin hamkorlik olib borilayotganini ta'kidladi. Samir Abbasovning ta'kidlashicha, 2019 yilda O'zbekistondagi Ozarbаyjon Madaniyat Markazining "Nasimiy yili" loyihasi doirasida O'zbekistondagi Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida buyuk Ozarbаyjon shoiri Imadeddin Nasimiy haqidagi qimmatli qo'lyozmalar topilgan va bu yil esa buyuk Ozarbаyjon shoiri Shoh Ismoil Xatoyining 535 yilligi munosabati bilan shoirning noyob devoni oshkor etilib, ularning tadqiqotga jalb qilinishini ta'kidladi. Uning qayd etishicha, yaqin kunlarda "Xatoyi devonining Toshkentdagi nusxasi" noyob faksimil nashri chop etiladi.

S. Abbasovning ta'kidlashicha, Ozarbаyjon Madaniyat Markazi loyihasiga ko'ra, Turkiy xalqlarning umumiy qadriyatini ifodalovchi, og'zaki Ozarbаyjon adabiyoti durdonasi bo'lgan "Kitobi Dada Qo'rqut" dostoni o'zbek tiliga tarjima qilinib, kitob shaklida nashr etilgan.

Diplomat kelajakda Turk Tarixi va Madaniyati Jamg'armasi bilan xalqlarimiz tarixi, madaniyati, mushtarak qadriyatlari, nashrlar, arxivlar sohasini o'rganish yo'nalishida qo'shma tadbirlar, taqdimotlar, loyihalar o'tkazish taklifini bildirdi.

Uchrashuvdagi muhokamalardan so'ng bir qator masalalar, qo'shma loyihalarni amalga oshirish bo'yicha kelishuvga erishildi.

Samir Abbasovning qayd etishicha, Ozarbаyjon Madaniyat Vazirligini qo'llab-quvvatlash va loyihalarda ishtirok etish masalasi bo'yicha maslahatlashuvlar o'tkaziladi. 2022 yil " Shusha Turk dunyosining madaniyat poytaxti" deb e'lon qilinishi munosabati bilan Turkiyaning Bursa shahrida bir qator tadbirlar o'tkazilishi, "Xiva-Bursa-Shusha Turk dunyosining madaniyat poytaxtlari " mavzusida ko'rgazma ochilishi, 3 tilda nashr etilishi ko'zda tutilgan Shusha haqidagi nashrning, shuningdek, O'zbek tiliga tarjima qilingan "Kitobi Dada Qo'rqut" dostonining Bursada taqdimoti o'tkazilishi, Ozarbаyjon Madaniyat Markazi tomonidan yaratilgan "OTIRAR" Turk dunyosi Xalqaro Elektron Kutubxonasi loyihasini qo'llab-quvvatlash, O'zbekistonda va Ozarbаyjonda qo'lyozmalarni tadqiqi, Turkiya arxivlarida Mintaqa mamlakatlariga doir saqlanayotgan tarixiy, qimmatli xoritalarni a'zo mamlakatlarga tarqatish, muzeylarga jo'natish va boshqa masalalar bo'yicha kelishuvga erishdilar.

25.05.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint