Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
  • bg16
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekistonning taniqli shoirasi, Ozarbayjonning yaqin do'sti Xosiyat Rustamga bag'ishlangan tadbir va “Xosiyat” hujjatli filmining taqdimoti bo'lib o'tdi.


O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida O'zbekistonning taniqli shoirasi, Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasining faxriy a'zosi,adabiyot sohasida ommabop bo'lgan, “Kitob dunyosi” gazetasi Bosh muharriri Xosiyat Rustamga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda adabiyot ihlosmandlari, shoir, san'atkor, olim va jurnalistlar, Toshkent shahridagi ko'plab oliy o'quv yurtlarining o'qituvchi va talabalari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida, Markaz foyesida ishtirokchilarga Xosiyat Rustamova ijodiga oid kitoblar ko'rgazmasi, shoiraning Ozarbayjon hamda O'zbekistonda nashr etilgan "Ismi Lola edi u qizning", "Layli Og'ochlar", "44 kun" nomli kitoblari taqdim etildi. Bundan tashqari, Toshkentdagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi doirasida Ozarbayjon va O'zbek adabiy aloqalari, Ozarbayjon tarixi, davlatchiligi, madaniyati, adabiyoti hamda sobiq Qorabog' mojarosiga bag'ishlangan O'zbek tilida chop etilgan kitoblar taqdim etildi.

Tadbirda Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov so'zga chiqib, zamonaviy o'zbek adabiyotining mashhur vakili, shoirasi, xalqimizning yaqin do'sti, O'zbekistonning “Kitob dunyosi” gazetasi Bosh muharriri Xosiyat Rustamning hayoti va ijodi haqida so'z yuritar ekan, uning asarlari nafaqat o'zbek tilida, balki dunyoning turli mamlakatlarida chop etilayotganligini ta'kidladi. S. Abbasovning aytishicha, haqiqiy do'st tor kunda bilinadi, Ozarbayjonning og'ir damlarida, yerlarimiz bosib olinishi bilan bog'liq Vatan urushi davrida Ozarbayjonga yaqin bo'lib, arman istilosi natijasida, xalqimiz boshiga tushgan fojialar,Qorabog'da qo'lga kiritgan g'alabamiz haqida ajoyib,ta'sirchan asarlar yaratib,bu voqealarni she'riy tilda insonlarga yetkazgan. Diplomat shoiraning Qorabog'dagi g'alabamiz haqidagi "44 kun" asarini yuqori baholadi

U Xosiyat Rustam haqidagi badiiy- hujjatli film haqida gapirar ekan, Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat Qo'mitasi raisi Ganira Pashayevaga filmni yaratilishida jonbozlik ko'rsatgani uchun minnatdorchilik bildirdi.

O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi muovini, shoir G'ayrat Majid Xosiyat Rustamning O'zbek adabiyotidagi xizmatlari, she'riyatining go'zalligi va o'ziga xos xususiyatlari haqida so'zlab berdi. Notiq Xosiyat Rustamovaning asarlari dunyoning turli mamlakatlarida chop etilayotgani, Ozarbayjon adabiyotini dildan sevishini, u rahbarlik qilayotgan "Kitob dunyosi" gazetasining barcha sonlarida qardosh mamlakatlar adabiyotiga alohida o'rin berilayotganini ta'kidladi.

O'zbek adabiyotshunos olimi, dotsent Adhambek Alimbekov va hujjatli film rejissyori Olimjon Salimov shoiraning o'z ijodi, asarlari bilan turkiy dunyo adabiyotida alohida o'rnini qayd etdilar. So'ngra "Xosiyat" nomli badiiy-hujjatli film namoyish etildi. Film taniqli shoiraning hayoti, yutuqlari va ijodiga bag'ishlangan. Film senariysi mualliflari-Shoyim Bo'tayev va Ozarbayjon Milliy Majlisining Madaniyat Qo'mitasi raisi Ganira Pashayeva, rejissyor va tasvirchi -O'zbekistonda yashovchi hamyurtimiz Eldor Mammadovdir.

Tadbir so'ngida, shoira Xosiyat Rustam o'zining adabiy faoliyati, ijodi haqida so'zlab berdi, film va uning taqdimotini qo'llab-quvvatlagan mutasaddi tashkilotlar va shaxslarga minnatdorchilik bildirdi.

27.05.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint