XABARLAR 2022
Taniqli Ozarbayjon yozuvchisi Xolida Hosilovaning “Siren dastasi” nomli asari O'zbekistonda nashr etildi
O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining “Ozarbayjon adabiyoti o'zbek tilida” nomli loyihasi doirasida taniqli Ozarbayjon adibasi Xolida Hosilovaning hikoyalari O'zbek tiliga tarjima qilinib, Toshkentdagi “Renessans press” nashriyotida chop etildi.
Xolida Xosilovaning "Siren dastasi" nomli hikoyalar to'plami tarjimon Shokir Dolimov tomonidan O'zbek tiliga o'girildi.
Kitobning so'z boshisi muallifi O'zbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasovdir.
"Adabiyotimizning, nasrimizning barhayot Xolida xonimi", sarlavhasi bilan boshlangan so'zboshisida XX asr Ozarbayjon nasri va publitsistikasining taniqli vakili, asarlari Ozarbayjon kitobxonlari tomonidan mehr-muhabbat bilan o'qiladigan yozuvchilardan biri Xolida Hosilova ijodi haqida hikoya qilinadi.
Ta'kidlanishicha, muallifning adabiyotga bo'lgan xizmatlari shaxsi bilan emas, balki uning adabiy asarlari muvaffaqiyati bilan baholanadi. Xolida Xasilova adabiyotda bolalar yozuvchisi sifatida kirib kelgan bo'lsa ham, keyinchalik u bolalar va kattalar uchun yozilgan qiziqarli nasriy asarlari bilan keng o'quvchilar qalbini zabt etdi. Ko'plab kitoblar, dramatik asarlari nashr etilgan yozuvchining hikoyalari qardosh O'zbekistonda ilk marotaba o'zbek tiliga tarjima qilinib nashrdan chiqdi.
"Siren dastasi" kitobiga yozuvchining "Hayot chorrahasi"," Iroda", "Uzoq o'tmishda", "O'rmon qizi", "Xotira", "Tun suhbati", "Yomg'ir to'xtadi", "Uzoq kutilgan maktublar" kabi asarlari kiritilgan".
Toshkentdagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan nashrning taqdimotini o'tkazish va uni O'zbekiston kutubxonalariga hadya qilish rejalashtirilgan.
31.05.2022