Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
1 2 3
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

“Vikipediya”da Mirzo Alakbar Sobir haqida o'zbek tilida bo'lim ishga tushirildi.


O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi doirasida buyuk ozarbayjon shoiri,adabiyotimizda yangi adabiy maktab asoschisi,atoqli hajvchi-ma'rifatparvar,jamoat arbobi Mirzo Alakbar Sobir tavalludining 160 yilligi munosabati bilan “Vikipediya” Xalqaro Elektron Ensiklopediyasida “Mirzo Alakbar Sobir” deb nomlangan O'zbek tilidagi bo'lim ishga tushirildi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazining “Vikipediya”hay'ati tomonidan yaratilgan ushbu bo'limda ulug' shoirning hayoti, ijodi, adabiyotimizga qo'shgan hissasi, boy adabiy merosi va xokazolarga oid ma'lumotlar kiritilgan.

Ta'kidlanishicha, M. A. Sobir Ozarbayjon adabiyoti tarixida yangi adabiy maktab yaratgan mutafakkir, satira ustasi va mohir pedagogdir.

Yaratilgan bo'limda Nizomiy Ganjaviy, Muhammad Fuzuliy, Mulla Panoh Vagif, Mirzo Fatali Oxundzoda, Jalil Mammadgulzoda an'analarini munosib davom ettirgan Mirzo Alakbar Sobir hajviyalarining o'ziga xosligi va originalligi, she'riyatining o'ziga xos xususiyatlari haqida ma'lumot berilib, shoir she'rlarining adabiy jarayonga kuchli ta'siri qayd etiladi.

Bo'limda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning buyuk Ozarbayjon shoiri Mirzo Alakbar Sobir ijodi haqidagi fikrlari keltirilgan: "Mirzo Alakbar Sobir ko'p asrlik she'riyatimizning yorqin an'analarini munosib saqlab qolish bilan birga, adabiyotimizni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tardi va uni davlat mafkurasi nuqtai nazaridan boyitgan so'z ustasi sifatida keng shuhrat qozondi.”

"Vikipediya"Elektron Entsiklopediyasida yaratilgan Mirzo Alakbar Sobir haqidagi O'zbek tilidagi bo'limda shoir ijodiga keng e'tibor qaratilib, uning xotirasini abadiylashtirish hamisha Ozarbayjon davlatining diqqat markazida bo'lib kelganligi alohida ta'kidlanadi. Ta'kidlanishicha, shu maqsadda Ozarbayjonning Sobirobod tumaniga buyuk shoir nomi berilib,Boku va u tug'ilgan shahar Shamaxida yodgorlik o'rnatilgan,2010 yilda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning buyrug'i bilan Mirzo Alakbar Sobir tavalludining 150 yillik yubileyini o'tkazish to'g'risida buyruq imzolanib, Mirzo Alakbar Sobir tavalludi va yubileyi keng nishonlandi.

Bo'limda shoirning she'r va hajviyalari, tarjimalari haqida chop etilgan kitoblar ro'yxati ham o'rin olgan.
"Vikipediya" Elektron Ensiklopediyasida yaratilgan Mirzo Alakbar Sobir haqida O'zbek tilidagi bo'lim bilan Mirzo_Alakbar_Sobir havolada tanishish mumkin.

08.06.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint