Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
1 2 3 4 5 6 7 8
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O'zbekiston poytaxti Toshkentda “Ozarbayjon taomlari kuni” bo'lib o'tdi.


O'zbekiston poytaxti Toshkentdagi “Prestige” dam olish va ko'ngilochar markazida “Ozarbayjon taomlari kuni” bo'lib o'tdi.

Tadbir Toshkentda faoliyat ko'rsatayotgan Ozarbayjon "Yemali" restorani tashkilotchiligi, Ozarbayjon oziq-ovqat ishlab chiqaruvchi "Azersun Holding" va O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi ko'magida tashkil etildi.

Tadbirdan ko'zlangan asosiy maqsad O'zbekistonda milliy taomlarimiz haqida xolisona ma'lumotlarni targ'ib qilish va tarqatish, uning soxtalashtirilishining oldini olishdan iborat.

"Ozarbayjon taomlari kuni" tadbirida mahalliy ishbilarmonlar, jurnalistlar, yurtimiz do'stlari, mahalliy ozarbayjonlar ishtirok etdi.

Tadbirda so'zga chiqqan Toshkentdagi "Yemali" restorani direktori Elgun Aliyev va boshqa notiqlar Ozarbayjon oshxonasining o'ziga xosligi haqida gapirib, milliy taomlarimiz ham yurtimiz madaniyati va tabiati kabi boy, rang-barang ekanligini ta'kidladi.

Ozarbayjon oshxonasiga tegishli milliy oshxonamizning shoh asari bo'lgan palov va do'lmaning turli xillari, shuningdek chig'irtma, gutob, milliy shirinliklar-shakarbura, paxlava, gog'al va boshqalar bilan tadbir ishtirokchilari mehmon qilindi va turli taomlar pishirish bo'yicha mahorat darslari tashkil etildi.

Tadbirda O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan Ozarbayjon madaniyatiga, taomlariga bag'ishlangan maxsus burchak tayyorlanib, bu yerda milliy cholg'u asboblarimiz, esdalik sovg'alari, Ozarbayjon haqidagi nashrlar taqdim etildi.

Bundan tashqari, Ozarbayjonning "Azersun Holding" oziq-ovqat shirkati tomonidan tayyorlangan va milliy ishlab chiqarish bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari, choy va ichimliklar taqdim etildi.

Turli stollarda taomlar tortilayotganda ishtirokchilarga har bir oshxona namunasini tayyorlash, uning xalqimizga mansubligi haqida ma'lumot va faktlar berildi.

Tadbir davomida O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarboyjon Madaniyat Markazi qoshidagi "Xizmat ko'rsatgan artist Kaykep Aliyeva nomidagi Ozarboyjon qizlari" raqs ansambli a'zolari hamda musiqachilar bir-biridan chiroyli milliy raqslar va musiqa ijro etishdi.

13.06.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint