Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
1 2
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

“Vikipediya” da o‘zbek tilidagi “Ozarbayjon xalqining Milliy najot kuni” nomli bo‘lim ishga tushirildi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasiga ko‘ra Ozarbayjon Respublikasining rasmiy bayramlaridan biri – “Ozarbayjon xalqining Milliy najot kuni” nomli bo‘lim foydalanishga topshirildi.

Bo‘limni ishga tushirishdan asosiy maqsad, mustaqillikka erishilgandan keyin Ozarbayjon tarixidagi murakkab, muhim va hal qiluvchi davrni yoritib berish, 15 iyun kunini davlatchiligimiz, mustaqilligimizni saqlab qolish yo‘lidagi ahamiyati va milliy rahbar Haydar Aliyevning Ozarbayjon xalqi oldidagi beqiyos xizmatlarini O‘zbekiston jamoatchiligiga yetkazishdan iborat.

Ozarbayjon Madaniyat Markazining "Vikipediya" hay'ati tomonidan yaratilgan bo‘limda mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridagi xavf-xatarlar, ham siyosiy, ham iqtisodiy, ham harbiy sohalarda yuzaga kelgan betartiblik, Armanistonning Ozarbayjon yerlariga tajovuzi haqida ma'lumot beradi, Vatanning bu og‘ir kunlarida Ozarbayjon xalqining buyuk o‘g‘li, taniqli siyosiy rahbar Haydar Aliyevning hokimiyatga qaytishi va mustaqilligimizni saqlash yo‘lidagi jarayonlar haqida ma'lumotlar berib boriladi.

Ta'kidlandiki, tarixda ikki marotaba davlat mustaqilligini barpo etish, mamlakatning hududiy yaxlitligini tiklash, sobiq Armaniston-Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ muammosini milliy manfaatlarga muvofiq hal qilish, davlat institutlarini shakllantirish, iqtisodiyot, aholi xavfsizligini ta'minlash va nihoyat, Ozarbayjonni parchalanishdan asrab qolish Buyuk rahbar Haydar Aliyev oldida turgan eng muhim vazifalar edi.

Bo‘limda ichki va tashqi siyosatdagi muvaffaqiyatsizliklar, Ozarbayjonga turli xil siyosiy va iqtisodiy tazyiqlar, mamlakatning turli mintaqalarida buzg‘unchi kuchlarning faollashishi natijasida fuqarolar urushi xavfi paydo bo‘lganligi ta'kidlanadi. Ozarbayjonda bunday qiyin vaziyatda aholining aksariyati dunyoga mashhur siyosatchi Haydar Aliyevning hokimiyatga qaytishida mustaqillik xavfidan chiqish yo‘lini ko‘rdilar. 1993 yilda xalqning talabiga binoan hokimiyatga qaytgan Haydar Aliyev oldida mustaqil Ozarbayjonni dunyo xaritasidan o‘chirish xavfidan, mamlakatda har qanday vaqtda yuz berishi mumkin bo‘lgan fuqarolar urushidan qutqarish kabi muhim va tarixiy vazifalar turgan edi. Maqolada Haydar Aliyev bu qiyinchiliklarni yengib, Ozarbayjon mustaqilligini saqlab qolgani, ushbu tarixiy vazifani sharaf bilan uddalagani va Ozarbayjon tarixiga o‘z nomini oltin harflar bilan abadiy yozgani qayd etilgan.

"Vikipediya" Elektron Entsiklopediyasida yaratilgan "Ozarbayjon xalqining Milliy najot kuni" o‘zbek tilidagi bo‘limida 1997-yildan boshlab 15-iyun bayram deb e'lon qilingani, 1998-yildan boshlab esa unga davlat maqomi berilgani xabar qilinadi.

Yaratilgan bo‘limda Ozarbayjon xalqining Milliy ozodlik kuniga bag‘ishlangan adabiyotlar va fotosuratlar ro‘yxati keltirilgan.

"Vikipediya "Elektron Entsiklopediyasida yaratilgan "Ozarbayjon xalqining Milliy najot kuni" o‘zbek tilidagi bo‘limi bilan orqali tanishishingiz mumkin.

15.06.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint