Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonning Urganch shahriga keldi.


Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev 22 iyun kuni O‘zbekistonning Urganch shahriga keldi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikki mamlakat davlat bayroqlari hilpirayotgan Urganch shahridagi xalqaro aeroportda Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevni kutib oldi.

So‘ngra Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xiva shahridagi "Ichan-qal'a" Davlat tarixiy-me'moriy muzey-qo‘riqxonasi bilan tanishdi.

Ozarbayjon davlati rahbariga "Ichan-qal'a" haqida ma'lumot berildi.
"Ichan-qal'a" Davlat tarixiy-me'moriy muzeyi 1920 yilda tashkil etilgan bo‘lib, tarixiy Ichan-qal'a shahri 1969 yilda muzey-qo‘riqxona deb

e'lon qilindi. Muzey fondining asosiy qismi xon kantslelyariyasi hujjatlari va saroyning turli buyumlaridan iboratdir.

Umumiy maydoni 26 gektarni tashkil etuvchi muzey qadimiy va zamonaviy O‘zbekiston tarixini bir-biriga bog‘lab turishi ta'kidlandi. Xiva xonligi va qadimgi Xorazm tarixi, etnografiyasi, amaliy san'at va hunarmandchilik namunalari bilan bog‘liq 14 ta statsionar muzey va ekspozitsiyalar mavjud.

Muzeyda Xiva xonligi tarixiga oid adabiyotlar ham namoyish etiladi.
Muzeyning asosiy faoliyati eкsponatlar to‘plash, o‘rganish, namoyish etish, shuningdek yodgorliklarni muhofaza qilish bilan bog‘liq.

Shundan so‘ng Prezidentlar Xiva shahridagi "Nurulloboy" saroy majmuasi bilan tanishdilar.

22.06.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint