Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
  • bg16
  • bg17
  • bg24
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Chingiz Farzaliyevga O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi “Faxriy Akademigi” unvoni berildi.


Ozarbayjon Milliy San'at Muzeyi direktori, Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan san'at xodimi Chingiz Farzaliyev O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi tomonidan Faxriy Akademik sertifikati va diplom bilan taqdirlandi.

Tadbirda O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi bilan birga O‘zbekistonning taniqli rassomlari, madaniyat va san'at namoyandalari, ziyolilar, yoshlar ishtirok etdi.

Taqdirlash marosimini O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi raisi Akmal Nuriddinov ochib, o‘z nutqida faxriy mehmonni iliq qarshilab, uning xizmatlari haqida gapirib o'tdi. A. Nuriddinovning ta'kidlashicha, Chingiz Farzaliyev aynan ushbu mukofotga alohida hizmatlari uchun sazovor bo‘lgan. Shuningdek, u mashhur Ozarbayjon rassomlari Tohir Salaxov, Sattor Bahlulzoda, To‘g‘rul Narimanbekov va boshqalarning nomlarini qayd etib, ularning ijodi haqida gapirib, bundan keyin ham rassomlik san'ati sohasida hamkorlikni davom ettirish istagini bildirdi. Bundan tashqari, A. Nuridinov Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga so‘nggi tashrifi chog‘ida madaniyat va san'at sohasidagi hamkorlikka oid ko‘plab hujjatlar imzolangani, bu ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada yuksak darajada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratayotganini ta'kidladi. U davlatlarimiz o‘rtasida ko‘plab rasmlar va boshqa asarlar ko‘rgazmalarini o‘tkazish istagini bildirdi.

Tadbir avvalida tadbir ishtirokchilari va mehmonlariga Chingiz Farzaliyev ijodi, uning Vatan oldidagi xizmatlari haqidagi hujjatli film taqdim etildi.

Unda O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktorining o‘rinbosari, O‘zbekiston badiiy Akademiyasi akademiklari so‘zga chiqdilar.

Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktorining o‘rinbosari Nodir Alimirzayev faxriy mehmonni qutladi. U qardosh O‘zbekiston Ozarbayjon ijodkorlari, san'atkorlariga ana shunday qadr-qimmatni tuhfa etayotganidan faxr-iftixor tuyg‘usini izhor etdi. N. Alimirzayev Ozarbayjon Madaniyat Markazi faoliyati Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasida madaniyat sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilganini ta'kidlab, bu borada bir qator ishlar amalga oshirilganini aytib o‘tdi.

Akademik Javlon Umarbekov Chingiz Farzaliyevni chin dildan tabriklab, unga davomiy ijodiy muvaffaqiyat tiladi. O‘zbek va Ozarbayjon rassomlari o‘rtasidagi uzoq muddatli do‘stlik va hamkorlik aloqalari haqida gapirganda, u Ozarbayjon xududlaridan tashqarida ham taniqli bo‘lgan Chingiz Farzaliyev kabi o'z ishining ustasi,mohir rassom bilan uchrashganidan g‘ururlanishini ta'kidladi.

O‘zbekiston rassomlar uyushmasi raisi Ibrohim Valixo‘jayev faxriy mehmonni tabriklab, mustaqil davlatlarning yosh rassomlariga yangi san'at asarlarini yaratishda ustozlaridan olgan bilimlarini unutmaslikni maslahat berdi.

San'atshunos, San'atshunoslik fanlari doktori Kamola Oqilova o‘z nutqida Chingiz Farzaliyev rahbarlik qilayotgan Ozarboyjon Milliy San'at Muzeyi muzeylar orasida munosib o‘rin egallashini ta'kidladi. Uning aytishicha, Ozarbayjon san'ati juda boy va bebahodir.

Chingiz Farzaliyev bunga javoban O‘zbekiston badiiy akademiyasiga taklif va yuksak mukofot uchun minnatdorlik bildirdi. U O‘zbekistonda hamisha o‘zini o'z uyidagidek his qilishini aytib, Toshkent dunyoning eng go‘zal shaharlaridan biri ekanini ta'kidladi. Ch.Farzaliyev madaniyat va san'at sohasidagi hamkorlik yanada samarali bo‘lishiga qat'iy ishonch bildirdi.

So'ngra, Ozarbayjon Milliy san'at Muzeyi direktori, Ozarbayjonda xizmat ko‘rsatgan san'at xodimi Chingiz Farzaliyev O‘zbekiston telekanallariga intervyu berdi. U o‘z intervyusida "O‘zbekistonda do‘stlarim ko‘p edi, endi esa ularning safi yanada ortdi va ko''plab aka-uka orttirdim"-dedi. Fursatdan foydalanib, butun o‘zbek xalqini Muqaddas Iyd Qurbon bayrami bilan tabriklab, barcha ezgu tilaklarini bildirdi.

08.07.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint