Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonda “Ozarbayjon kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov va ushbu mamlakatda kinematografiyani rivojlantirish markazining direktori Javlon Jamalov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekkino Milliy Agentligi, Kinomatografiyani rivojlantirish markazi va Ozarbayjon Madaniyat Markazi o‘rtasidagi hamkorlik, loyihalarning amalga oshirilishi, O‘zbekiston telekanallari,teleloyihalarda Ozarbayjon san'atkorlarining chiqishlari, shuningdek, bu yil Toshkentda bo‘lib o‘tadigan xalqaro kino kunlari doirasida "Ozarbayjon kinosi kunlari" o‘tkazilishi muhokama qilindi.

Tomonlar joriy yilning 14-18 sentabr kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan "Ipak yo‘lining durdonasi" Xalqaro kino kunlari doirasida "Ozarbayjon kinosi kuni" tadbirini o‘tkazish yuzasidan fikr va takliflar almashdilar.

Ta'kidlash joizki,Xalqaro kino kunlari doirasida "Ozarbayjon kinosi kunlari"ning rasmiy ochilish marosimi Toshkent shahridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida bo‘lib o‘tadi, shuningdek, Buxoroda Ozarbayjon filmlari namoyishi tashkil etiladi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov Ozarbayjon Madaniyat Vazirligi bilan ushbu yo‘nalishda tegishli ishlar olib borilayotganini, O‘zbekistondagi xalqaro kinofestivalda yangi Ozarbayjon filmlari namoyish etilishini, taniqli kinoijodkorlar, kinematograflar, san'atkorlar ishtirok etishini ta'kidladi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonning viloyatlarida "Kino kunlari" o‘tkazilishini inobatga olgan holda, 17 sentyabr kuni Buxoro shahrida Ozarbayjon filmlari taqdimoti ham bo‘lib o‘tadi.

Tomonlar qo‘shma hamkorlik masalalarini ham muhokama qildilar.

19.08.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint