Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonning Xorazm viloyatida tashkil etiladigan “Mamlakatlar, Millatlar, mashhurlar” nomli muzey-ko‘rgazmasida Ozarbayjon stendi tashkil etiladi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov ushbu mamlakatning taniqli muzeyshunosi, “Elektr” kompaniyasi asoschisi va rahbari Madamin Saparbayev bilan uchrashdi.

M. Saparbayevning ta'kidlashicha, O‘zbekistonning Xorazm viloyatidagi Urganch shahrida "Mamlakatlar, Millatlar, mashhurlar" muzey-ko‘rgazmasi tashkil etilishini va ushbu muzeyda xorijiy mamlakatlar uchun ajratilgan maydonda turli mamlakatlarning davlat ramzlari, davlatlar va xalqlar,taniqli shaxslar haqidagi ma'lumotlar, fotosuratlar va burchaklar, eksponatlar namoyish etilishini ta'kidladi. Shuningdek, u turizm shahri bo‘lgan Urganchda mahalliy hokimiyat tomonidan tegishli bino ajratilganligini ham aytib o‘tdi.

Samir Abbasov O‘zbekistonda Ozarbayjon madaniyatiga har doim katta qiziqish bo‘lganligini, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi O‘zbekistonning turli shaharlarida Ozarbayjon markazlari va burchaklarini tashkil etganini, ushbu markazlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashga hizmat qilayotganligini ta'kidladi. U Xorazm viloyatida "Mamlakatlar, Millatlar, mashhurlar" muzey-ko‘rgazmasini tashkil etish tashabbusini yuqori baholab, ushbu muzey uchun Ozarbayjonga tegishli eksponatlar, fotosuratlar va ma'lumotlarni tayyorlash va taqdim etishda ko‘mak berishini ta'kidladi.

Qayd etish joizki, "Mamlakatlar, Millatlar, mashhurlar" nomli muzey ko‘rgazmasida Ozarbayjonning davlat bayrog‘i, gerbi, madhiyasi, xaritasi, tarixiy obidalarining maketlari, milliy madaniyatimizga doir qiziqarli burchaklar, sayyohlik maskanlarining fotosuratlari, taniqli shaxslar, buyuk rahbar Haydar Aliyev va taniqli fan, madaniyat hamda adabiyot namoyandalarining portretlari namoyish etiladi.

26.08.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint