Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
1 2 3 4 5 6 7 8
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda bo'lib o'tgan “Alisher Navoiy va XXI asr” onlayn-konferensiyasida Ozarbayjon taqdim etildi.


Toshkentdagi A.Navoiy nomidagi o'zbek tili va adabiyoti universitetida bo'lib o'tgan “Alisher Navoiy va XXI asr” onlayn ilmiy-amaliy anjumanida Ozarbayjon olimlari ham so'zga chiqdilar.

Anjumanda O'zbekiston va Ozarbayjondan tashqari Turkiya, Rossiya, Tojikiston, Afg'oniston va boshqa mamlakatlardan olimlar ishtirok etdi.

Anjumanni universitet rektori, professor Shuhrat Sirojiddinov ochib berar ekan, buyuk o'zbek shoiri Alisher Navoiyning hayoti va ijodi haqida to'xtalib, uning Sharq adabiyotidagi o'rni va mavqei haqida so'zlab berdi.

Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasi vitse-Prezidenti, adabiyot instituti bosh direktori, akademik Isa Habibbeyli o'z so'zida o'zbek xalqi uchun Nizomiy Ganjaviy va Muhammad Fuzuliy naqadar aziz bo'lsa, ozarbayjon xalqi uchun Alisher Navoiy shu qadar aziz va qadrdon ekanligini ta'kidladi. Ozarbayjon olimlari Alisher Navoiy bilan bog'liq anjumanlarda doimo bajonidil ishtirok etib kelganlar. Alisher Navoiy o'zbek xalqi jahon adabiyotiga baxsh etgan nodir siymodir. Ulug' shoir umumturkiy adabiyot uzra turgan buyuk ustozdir. Alisher Navoiy nafaqat buyuk shoir, tilshunos, tarixchi, faylasuf, balki davlat arbobi ham edi. Buyuk shoirning "Xamsa" si o'sha davrda yaratilgan "Xamsa" lar orasida alohida o'rin tutadi.

O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov Alisher Navoiy adabiy aloqalarimizning atoqli shaxslaridan biri ekanini ta'kidladi. O'z so'zida u, Alisher Navoiy turkiy adabiy tilning ijodkori, xalq hurmatini qozongan davlat arbobi, faylasuf sifatida tanilgan, deya ta'kidladi. Alisher Navoiy deganda o'zbek adabiy tilining ijodkori, XV asr adabiy uyg'onish davrining asosiy ustunlaridan biri, turkiy tilda yozilgan birinchi "Xamsa"ning muallifi nazarda tutiladi, dedi.

Samir Abbosov o'z so'zida Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi asosida 2021 yilda O'zbekistonda Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy Madaniyat va san'at kunlari o'tkazilib, unda 2 ta xalqaro konferentsiya, 3 ta taqdimot, konsert dasturi, miniatyura va qo'lyozmalar ko'rgazmasi, filmlar namoyish etilganini bildirdi. Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiyning Turkiya va Ozarbayjon arxiv va kutubxonalarida saqlanayotgan nodir qo'lyozmalari O'zbekistonning Sharqshunoslik institutiga va Alisher Navoiy universtitetiga hadya qilinganini qayd etdi.

U, o'tgan yili ilk bor Alisher Navoiy "Xamsa"si ozarbayjon tiliga ozarbayjonlik olim Ramiz Asqar tomonidan tarjima qilinib, nashr etilganini, shuningdek, Navoiyning hikmatlari va beshta risolasi nashr ettirilganini bildirdi.

OMFA Almaz Adabiyot instituti Ozarbayjon-Turkmaniston-O'zbekiston adabiy aloqalari bo'limi boshlig'i Almaz Ulvi Binnatovaning "Alisher Navoiyning so'nggi dostonida tarix qissasi"mavzusidagi ma'ruzasi ham qiziqish bilan tinglandi.

07.02.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint