XABARLAR 2022
O'zbekiston Prezidenti Ozarbayjon fan va madaniyat arboblarini taqdirladi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon fan va madaniyat arboblarini taqdirlash to'g'risidagi Farmonga imzo chekdi.
Farmonga ko'ra, Rashid Beybutov nomidagi Ozarbayjon davlat qo'shiq teatri vokalisti Gulyanag Mamedova "O'zbekiston Respublikasi Xalq artisti"unvoniga sazovor bo'ldi. Shuningdek, "Do'stlik" ordeni bilan Ozarbayjon Milliy fanlar Akademiyasining akademik Ziyo Bunyatov nomidagi sharqshunoslik instituti bo'limi boshlig'i, akademik Shaxin Mustafayev, Boku davlat universiteti turkologiya kafedrasi mudiri, professor Ramiz Askerov, Ozarbayjon Milliy fanlar Akademiyasining Nizomiy nomidagi adabiyot instituti Ozarbayjon, Turkmaniston va O'zbekiston adabiy aloqalari bo'limi mudiri Almaz Binnatovalar taqdirlandilar.
30.08.2022