Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda Ozarbayjon, Turkiya va O‘zbekiston ishbilarmonlari uyushmasining ochilishi bo‘lib o‘tdi Biznes-forum o‘tkazildi.


Ozarbayjon Madaniyat Markazida bo‘lib o‘tgan Biznes-Forumda Ozarbayjon va O‘zbekiston ishbilarmonlari, shuningdek, ushbu mamlakatda faoliyat yuritayotgan ishbilarmonlar ishtirok etdi.

Forum ishtirokchilari, avvalo, ushbu bino oldidagi Buyuk Rahbar Haydar Aliyev haykali hamda Shahidlar yodgorlik majmuasiga gul qo‘ydilar.

Madaniyat Markazi foyesida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning joriy yil iyun oyida O‘zbekistonga tashrifi va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi oliy darajadagi munosabatlarga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma namoyish etildi.

Ozarbayjon, Turkiya va O‘zbekiston davlat madhiyalari yangraganidan keyin Forumni ochiq deb e'lon qilgan Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori, Elchixonaning birinchi kotibi Samir Abbasov tadbirda har ikki tomondan o‘rta va kichik biznesning 30 dan ortiq vakillari ishtirok etganini ta'kidladi. Samir Abbasovning qayd etishicha, Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning joriy yil 21-22 iyun kunlari O‘zbekistonga tashrifi, o‘tkazilgan uchrashuvlar, imzolangan bitimlar mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikda yangi davrni boshlab berdi.

Diplomat shunday dedi: "Davlat rahbarlari Ilhom Aliyev va Shavkat Mirziyoyevning ikki mamlakat o‘rtasidagi tarixiy munosabatlar, o‘rnatilgan strategik hamkorlik haqidagi g‘oyalari, kelajakdagi munosabatlarimizni rivojlantirish bo‘yicha berilgan vazifa va tavsiyalar biz uchun bu borada asosiy yo‘l xaritasidir."Uning ta'kidlashicha, Boku-Tibilisi-Gars temir yo‘li loyihasi, Turkiya va Markaziy Osiyo mintaqasi uchun muhim tashabbus bo‘lgan Zangezur yo‘lagining ochilishi mintaqaning transport va aloqa xaritasida strategik o‘zgarishlarga olib kelishi mumkin. Samir Abbasov o‘z nutqida yangi tashkil etilgan Ozarbayjon-Turkiya-O‘zbekiston biznes uyushmasi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.

ATUIAB rahbari Ruslan Imonzoda o‘z nutqida yangi tashkil etilgan Ozarbayjon-Turkiya-O‘zbekiston biznes Ittifoqi haqida ma'lumot berdi, ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar sohasida erishilgan yutuqlarni qayd etdi. Uning qayd etishicha, joriy yilning yanvar-aprel oylarida Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi $ 50,1 mln.ni tashkil etib, shundan $ 33,5 mln. eksportga va $ 16,6 mln. import operatsiyalariga to‘g‘ri keladi. Uning ta'kidlashicha, bugungi kunda O‘zbekiston hududida Ozarbayjon kapitali ishtirokida savdo, mashinasozlik, metallni qayta ishlash, moliya, sug‘urta, ko‘chmas mulk, energetika, ishlab chiqarish, zargarlik buyumlarini ta'mirlash, oziq-ovqat va yengil sanoat sohalarini qamrab olgan 234 korxona faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Iqtisodiyot assotsiatsiyasi rahbari Muxtor Umarov mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish haqida so‘z yuritar ekan, biznes sohasini yanada rivojlantirishning muhimligiga to‘xtaldi. U ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta salohiyatga ega ekanini qayd etib, ozarbayjonlik ishbilarmonlar O‘zbekistonga sarmoya kiritish uchun yaxshi imkoniyatlarga ega ekanini ta'kidladi. Muxtor Umarov mamlakatlarimiz ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi uchrashuvlar foydali bo‘lishiga ishonch bildirib, bunday uchrashuvlarni Toshkent va Bokuda o‘tkazish muhimligini ta'kidladi.

06.09.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint