Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
1 2 3 4 5 6 7 8 9
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Boku Davlat Universiteti va O‘zbekiston Universitetlari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.


O‘zbekistonda safarda bo‘lgan Boku Davlat Universiteti rektori Elchin Boboyev Toshkentdagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markaziga tashrif buyurib, Markaz direktori Samir Abbasov bilan uchrashdi.

Avvalo, Madaniyat Markazidagi Haydar Aliyev byusti va Shahidlar yodgorlik majmuasi ustiga gullar qo‘yildi.

Rektor Elchin Boboyev Ozarbayjon targ‘iboti borasida Ozarbayjon Madaniyat Markazida yaratilgan muzeylar, ko‘rgazmalar va stendlar bilan tanishdi.

Direktor Samir Abbasov Markaz faoliyati, uning ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniyat, turizm, ta'lim, fan va matbaa sohalaridagi hamkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlari haqida ma'lumot berdi. U rektorga milliy madaniyatimiz, Ozarbayjon tarixi va adabiyotimizni ommalashtirish va targ‘ib qilish maqsadida muzeylarda yaratilgan burchaklar hamda o‘zbek tiliga tarjima qilinib, chop etilgan kitoblar haqida ma'lumot berdi.

Diplomat rektorga Nizomiy yili doirasida Markaz loyihasi asosida ilk marotaba O‘zbek tiliga tarjima qilingan daho Nizomiy Ganjaviyning kitobini sovg‘a qildi.

Bundan tashqari, tomonlar Boku Davlat Universiteti va O‘zbekiston Universitetlari o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Boku Davlat Universiteti O‘zbekistonning qator oliy o‘quv yurtlari va ilmiy muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yganini qayd etgan rektor Elchin Boboyev, qardosh mamlakat bilan aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini alohida ta'kidladi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi Boku Davlat Universiteti va O‘zbekiston Universitetlari, xususan, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat O‘zbek Tili va Adabiyoti Universiteti o‘rtasida hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, kelajakda ushbu universitetlar bazasida Ozarbayjon tili va adabiyoti fakultetini tashkil etish to‘g‘risida taklif bilan chiqdi.

Rektor Elchin Boboyev bu boradagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini ta'kidlab, O‘zbekiston Universitetlari bilan hamkorlik, ikki va uch karra diplom berish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, almashinuv dasturlari va istiqboldagi rejalarni amalga oshirish borasidagi ishlar haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Hamkorlik va qo‘shma loyihalarni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Xulosa qilib, rektor Elchin Boboyev Ozarbayjon Madaniyat Markaziga Boku Davlat Universiteti loyihasi asosida amalga oshirilgan ikki jildli Ozarbayjon tarixi (mustaqillik davri) kitobini taqdim etdi.

06.09.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint