Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon va O‘zbekiston Xalq artisti Gulyanog Mammadova O‘zbekistonda “Ulug‘lardan ulug‘imsan Vatanim” nomli konsert dasturini namoyish etadi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qardosh mamlakat mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan va ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlikka qo‘shgan hizmatlariga ko‘ra, O‘zbekiston Xalq artisti unvoniga sazovor bo‘lgan Guyanog Mammadova 14-15 sentyabr kunlari Toshkentda katta konsert dasturini namoyish etadi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining xabar berishicha, xalq artistlari, opa-singil Gulyanog va Gulyaz Mammadova Toshkentda bo‘lib o‘tadigan "Ipak yo‘lining durdonasi" nomli Xalqaro Kino Festivalida ishtirok etish bilan birga, Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan Toshkent shahri va Bektemir tumanida tashkil etiladigan "Ulug‘lardan ulug‘imsan Vatanim" nomli katta konsert dasturida chiqish qilishadi.

Shuni ta'kidlash kerakki, bu Gulyanog Mammadovaning O‘zbekiston Respublikasi Xalq artisti unvoniga sazovor bo‘lgandan keyingi O‘zbekistondagi ilk konsertidir.

Xalq artistlari Gulyanog va Gulyoz Mammadova 14 sentyabr kuni Toshkentda ochiladigan "Ipak yo‘lining durdonasi" nomli Xalqaro Kino Festivalida dunyoning mashhur artistlari, kino arboblari bilan, shuningdek, taniqli san'at arboblari bilan birga qizil gilamchadan yurishadi.

15 sentyabr kuni xalq artistlari opa-singil Gulyanog va Gulyoz Mammadovalar Xalqaro Kino Festivali doirasida O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida ochiladigan "Ozarbayjon kinosi kunlari" tadbirida konsert dasturini namoyish etadilar.

Shuni ta'kidlash joizki, 16 sentyabr kuni O‘zbekistonning Buxoro shahridagi markaziy saroyda ham xalq artistlarining konsert dasturi namoyishi ko‘zda tutilgan.

12.09.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint