Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2022

html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarboyjon bu yil O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro kinofestivalga “Sug‘ra va uning o‘g‘illari” filmini taqdim etadi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazidan ma'lum qilishlaricha, bu yil “Sug‘ra va uning o‘g‘illari” filmi Toshkent xalqaro Kino Festivalida “Ipak yo‘li durdonasi"nomi ostida namoyish etiladi.

O‘zbekistonda 14-18 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro kinofestivalida dunyoning 40 mamlakatidan kelgan 500 ga yaqin xorijiy kino yulduzlari, kinematograflar va OAV vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.

Ta'kidlash joizki, o‘tgan yili boshlangan "Ipak yo‘lining durdonasi" nomli xalqaro kinofestivali Sovet davrida o‘tkazilgan Toshkent xalqaro kinofestivalining davomi hisoblanadi.

15 sentyabr kuni O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida xalqaro kinofestival doirasida "Ozarbayjon kinosi kunlari"ning rasmiy ochilishi rejalashtirilgan.

Ochilish marosimida namoyish etiladigan "Sug‘ra va uning o‘g‘illari" filmi Boku Mediya Markazi, Buta Film, Arizona prodakshin Salar filmining hamkorlikdagi mahsuloti hisoblanadi. Filmda ikkinchi Jahon urushi davrida Ozarbayjonda front ortida qishloqda yashagan odamlar taqdiri haqida hikoya qilinadi. Suratga olish ishlarining aksariyati Ozarbayjonning Dashkesan viloyatidagi Sugovushan qishlog‘ida bo‘lib o‘tdi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi ma'lumotlariga ko‘ra, Toshkent xalqaro kinofestivalida ozarbayjonlik mashhur kinorejissyorlar Vagif Mustafoyev, Ayaz Salayev, O‘rmon Aliyev, OlegSafaraliyev, Alisattar Guliyev, Ilgar Najaf, Asif Rustamov, Fariz Ahmedov, Xalq artisti Shafiga Mammadova ishtirok etadi.

Ochilish marosimida Xalq artistlari Gulyanog va Gulyoz Mammadovalarning konsert dasturi namoyish etiladi.

Qayd etish kerakki, 17 sentyabr kuni Ozarbayjon filmi O‘zbekistonning Buxoro shahridagi Markaziy kinoteatrda namoyish etiladi.

13.09.2022

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint