Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
1 2 3 4 5 6 7 8 9
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Samir Abbosov: O‘zbekistonda 2022-yil “Shusha yili” munosabati bilan ko‘plab tadbirlar, loyihalar amalga oshirildi.


2022-yil Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan Shusha yili deb e’lon qilingan edi. Shu munosabat bilan, “Shusha yili” bilan bog‘liq xorijiy mamlakatlarda, xususan, qardosh O‘zbekistonda bir qator xayrli ishlar, loyihalar amalga oshirildi.

Suhbatdoshimiz O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasovdir.

1. Samir mallim, o‘tgan 2022-yilda “Shusha yili” bilan bog‘liq siz rahbarlik qiladigan Ozarbayjon Madaniyat Markazi tarafidan O‘zbekistonda qanday ishlar, loyihalar amalga oshirildi?

Avvalo, shuni qayd etish joizki, 2022-yil Ozarbayjon Respublikasining Prezidenti Ilhom Aliyev tarafidan “Shusha yili” deya e’lon qilinishi, madaniyat poytaxtimiz Shushaning dunyoga dovrug‘i yana bir karra doston bo‘lishiga zamin yaratdi, shu asnoda O‘zbekistonda xayrli loyihalar, tadbirlar tashkil etildi.

Shushada Ozarbayjon xalqi yaratgan madaniyat, she’riyat, obidalar va mashhur shaxslarni dunyoga tanitish maqsadida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi loyihasi bilan 2022-yil yanvar oyida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi va “O‘zbekiston-Ozarbayjon” do‘stlik jamiyati bilan hamkorlikda qardosh mamlakatda Ozarbayjon haqida eʼlon qilingan tanlovning asosiy nominatsiyasi Shushaga bagʻishlangan boʻlib, nominatsiya “Shusha – Ozarbayjonning madaniy poytaxti” deb nomlandi.

Tanlov natijasida Ozarbayjonning madaniy poytaxti Shusha shahri, uning tarixi, madaniyati, adabiy hayoti haqida ko‘plab maqolalar, teleko‘rsatuvlar o‘zbek matbuotida chop etilib, tanlovga taqdim etildi.

Joriy yilning 26 dekabr kuni O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazida 2022-yil uchun O‘zbekistonda Ozarbayjon haqida e’lon qilingan tanlov yakunlanib, g‘oliblarga faxriy yorliq va pul mukofotlari topshirildi.

Shusha yili e’lon qilinishi munosabati bilan o‘zbek jurnalistlarining Ozarbayjonga media-turini tashkil etilib, 21-26 oktabr kunlari “MeningYurtim 5” telekanali jurnalistlarining O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi tashabbusi bilan Ozarbayjonga, ishg‘oldan ozod qilingan viloyatlarga media-turini tashkil etdik.

Media-tur Armaniston istilosidan ozod qilingan Ozarbayjonning Shusha, Fuzuli, Zangilon, Ag'dam viloyatlari va Ganja shahrida amalga oshirildi.

Jurnalist Manuchehr Qalandarzoda boshchiligidagi Shusha haqidagi ko‘rsatuvda Ozarbayjon musiqa va she’riyat beshigi bo‘lgan Shusha shahri, Ozarbayjon madaniyati poytaxti “Kavkaz konservatoriyasi” haqida keng ma’lumotlar berildi.

Dasturda armanlarning qariyb 30 yil davomida ishg‘oli ostida bo‘lgan Shusha shahrining ko‘plab binolari, jumladan, mashhur tarixiy me’moriy yodgorliklarni vayron qilingani, maxsus buzgʻunchilik amalga oshirilgani ta’kidlangan va dasturda bu haqda ko‘plab videoroliklar namoyish etilgan.

Shusha haqidagi ko‘rsatuvda Ozarbayjonda Vatan urushida halok bo‘lgan askarlar xotirasi ramzi sifatida qabul qilingan, Ozarbayjon armiyasining G‘alaba ramzi sifatida ham tanilgan “Xaribulbul” guli va uning shaklidagi timsol haqida so‘z yuritildi.

Tayyorlangan dasturda XVIII asr tarixiy-me’moriy yodgorligi – Ozarbayjon shoirasi va jamoat arbobi Xurshidbonu Notavon va shoiraning saroyi haqida ham ma’lumotlar o‘z aksini topgan.

Boshlovchi M.Qalandarzoda XVIII asrda yashagan Ozarbayjon shoiri va davlat arbobi, Qorabog‘ xonligining vaziri Mulla Panoh Voqif maqbarasini ham ziyorat qildi va binoning Shusha shahri Armaniston qo‘shinlar tomonidan bosib olinganidan keyin jiddiy zarar ko‘rganini hamda faqat devorlarigina qolganini maʼlum qildi. U shahar ozod etilgandan so‘ng Ozarbayjon hukumati tomonidan Voqif muzey-maqbarasi majmuasi qayta tiklanganligini ham tilga olgan.

2. Shusha yili munosabati bilan Ozarbayjon madaniyat markazi tomonidan O‘zbekistonning yetakchi oliy o‘quv yurtlari va madaniyat muassasalarida Ozarbayjon markazlari va burchaklari tashkil etildi. Iltimos, bu haqda ham o'z fikrlaringizni bildirib oʻtsangiz.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi loyihasi bilan poytaxtimizdagi tarixiy “Turon” kutubxona-axborot markazida tashkil etilgan Qorabog‘ burchagiga Ozarbayjon madaniyatining beshigi Qorabog‘ning madaniy merosi va yodgorliklariga oid nashrlar, milliy gilamlar, suvenirlar, Qorabog‘ liboslari sovgʻa qilindi.

O‘zbekistonda o‘tkazilgan Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari doirasida Qorabog‘ burchagiga har ikki davlatning madaniyat arboblari, olimlari, ziyolilari, davlat vakillari tashrif buyurishadi, burchak doimiy ravishda nashrlar bilan boyitib borilmoqda. Qorabog‘ burchagida taniqli qorabog‘lilarning portretlari, plakatlar, Ozarbayjon madaniyat markazi hunarmandchilik birlashmasi bolalari tomonidan yaratilgan “Xari bulbul” ikonasi ishtirokchilarga taqdim etildi.

Joriy yilning 14 aprel kuni Ozarbayjon madaniyat markazi tomonidan O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan Ozarbayjon madaniyati kunlari doirasida Termiz davlat universitetida Xurshidbonu Notavon nomidagi Ozarbayjon markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Marosimda O‘zbekiston davlat vakillari, Surxondaryo viloyati hokimligi vakillari, Ozarbayjon Milliy Majlisi Madaniyat qo‘mitasi raisi G‘anira Pashayeva, Ozarbayjondan tashrif buyurgan mehmonlar, Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Ushbu markazda Xurshidbonu Notavonning katta portreti, shoira hayoti va ijodiga oid ma’lumotlar taxtasi, Shusha va Qorabog‘ bilan bog‘liq bannerlar, rasmlar va fotosuratlar o‘rnatilgan.

Termiz davlat universitetining maxsus zalida Ozarbayjon va O‘zbekiston davlat bayroqlari, mamlakatlarimizning siyosiy xaritalari, Shusha ramzi bo‘lgan Xaribulbul maketi, Qorabog‘ning milliy ayollar va erkaklar liboslari bilan bezatilgan.

Ozarbayjon markazida maxsus kutubxona tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda sovg‘a qilingan nashrlar orasida Buyuk Yo‘lboshchi Haydar Aliyev hayoti va faoliyati, Prezident Ilhom Aliyev rahnamoligida mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishiga oid kitoblar, “Qorabog‘ haqiqatlari” turkumida Haydar Aliyev jamg‘armasi tomonidan rus va ingliz tillarida chop etilgan nashrlar, shuningdek, Ozarbayjon madaniyati va arman istilosi haqidagi ko‘plab kitoblar joy olgan.

Bundan tashqari, to‘plamdan Ozarbayjon madaniyat markazi tomonidan Toshkent shahrida Ozarbayjon tarixi, davlatchiligi, madaniyati va adabiyotiga oid o‘zbek tilida nashr etilgan kitoblar o‘rin olgan.

Ta’kidlash joizki, zalda Ozarbayjon shoir va yozuvchilari portretlari, Qorabog‘ adabiy muhitiga oid burchaklar, milliy suvenirlar o‘rnatilgan.

Ozarbayjon markazida Ozarbayjon boʻyicha alohida kutubxona faoliyat yuritadi, ikki davlat oʻrtasidagi madaniy-adabiy aloqalarga bagʻishlangan uchrashuvlar va ochiq darslar oʻtkazish rejalashtirilgan, kelgusida ozarbayjon tilini oʻrganish boʻyicha onlayn kurslar tashkil etilishi koʻzda tutilgan.

3. Hurmatli Samir Abbosov, siz amalga oshirayotgan loyiha va tadbirlar ko‘p tarmoqli bo‘lib, madaniyatning turli sohalarini qamrab oladi. Madaniyat markazingiz tashabbusi va tashkilotchiligida Qorabogʻda oʻtkazilgan 19-asrdagi “Majlisi-faromushon” sheʼriy uchrashuvlarini Ozarbayjon va Oʻzbekiston yosh shoirlari orasida tashkillashtirish loyihasi haqida ham maʼlumot bersangiz. Ozarbayjon va O‘zbekiston yosh shoirlari ishtirokida ikki asrdan so‘ng har ikki mamlakat yosh shoirlari o‘rtasida “Majlisi-faromushon” she’riyat uchrashuvini qayta tiklash loyihasini ilgari surdik.

Ushbu she’riyat uchrashuvidan ko‘zlangan asosiy maqsad Qorabog‘da Ozarbayjon xalqi yaratgan madaniyat, adabiyot, she’riyatni dunyoga yoyish, iste’dodli yosh shoirlarimizni yuzaga chiqarish, she’riyatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish, adabiy aloqalarni kengaytirish va Turk dunyosi shoirlari o‘rtasida hamjihatlik, ular o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yaratishdir.

Oradan 28 yil o‘tib, joriy yilning 17 aprel kuni Armaniston istilosidan ozod qilingan Ozarbayjonning madaniyat poytaxti boʻlgan Shusha shahrida Ozarbayjon va O‘zbek shoirlari ishtirokida “Majlisi-faromushon” shoirlar uchrashuvi rasman ochildi.

Ochilish marosimida Ozarbayjon Madaniyat vazirligi, ikki mamlakat Yozuvchilar uyushmasi mutasaddilari, shoir va san’at vakillari ishtirok etdi.

Mehmonlar, shoirlar dastavval Qorabog‘ adabiy maktabining taniqli namoyandalari Mulla Panoh Voqif maqbarasi, shuningdek, Xurshidbonu Notavon saroyi hamda Shusha shahri markaziga o‘rnatilgan haykallarini ziyorat qildilar, haykal poyiga gul dastalarini qo'yishdi.

Rasmiy chiqishlardan so‘ng Mulla Panoh Voqif maqbarasi oldida Ozarbayjon xalq shoiri Narimon Hasanzoda, shoir Ilg'or Fahmi, Saymon Aruz, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari, o‘zbek shoiri G‘ayrat Majid, tarjimon-adabiyotshunos olim Boboxon Sharif ishtirokida Vatan, Qorabog‘, adabiyot, san’at, Turk dunyosi, birlik, hamjihatlik mavzularida she’rlar oʻqildi.

Shoirlar Majlisida maqom ustalarimiz Miralam Miralamov va Kamila Nabiyeva ishtirokida go‘zal musiqiy chiqishlar, maqomlar ijro etildi.

“Majlisi-faramushon” she’riy uchrashuvi Ozarbayjon davlat televideniyesi tomonidan videotasvirga olinib, “Ko‘prik” dasturida namoyish etildi.

Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, o‘tgan yili biz har ikki davlat yosh shoirlari ishtirokida onlayn formatda mazkur she’riyat uchrashuvlarini o‘tkazgan edik, tadbirda taqdim etilgan she’rlar ikki tilli loyiha shaklida tarjima va nashr etiladi.

Bu yil Ozarbayjon Madaniyat vazirligi va TURKSOY tashkiloti ko‘magida Shusha shahrida Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo boshqa davlatlar shoirlari ishtirokida ijodiy uchrashuvlar o‘tkazishni rejalashtirganmiz va ishonamizki, loyiha do‘stlik, birodarlik va adabiy aloqalarimizni mustahkamlashga hissa qo‘shadigan almashinuv va hamkorlik platformasiga aylanadi.

4. Shusha yili munosabati bilan O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon madaniyat markazi tomonidan taniqli Ozarbayjon shoirasi Xurshidbonu Notavon asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilish va nashr etish loyihasi amalga oshirildi. Bu borada fikringizni so'ramoqchiman.

Ma’lumki, Xurshidbonu Notavon XIX asrning atoqli Ozarbayjon shoirasi, mashhur Qorabog‘ xonning qizi, serqirra iste’dod sohibasi, shuningdek, shoira sifatida ham, mohir rassom sifatida ham yuksak e’tirof etilgan va madaniyat homiysi sifatida shuhrat qozongan. Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi bilan Xurshidbonu Notavon asarlari to‘plandi va tarjimon Shaxlo Qosimova tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi.

O‘zbek tilida nashr etilgan “Xurshidbonu Notavon Xurshidga yetar boshim” nashrida Qorabog‘ning so‘nggi xonining qizi Xurshidbonu Notavon merosi ilk bor o‘zbek kitobxonlariga keng ko‘lamli badiiy tarjimada taqdim etildi.

Nashrda shoiraning oʻzi tarafidan ishlangan asarlarning va shaxsiy kolleksiyalari suratlari joy olgan. Nashr yuqori poligrafik uslubda, illyustratsiyalar bilan tayyorlangan. Ushbu nashrni tayyorlashda bizga hurmatli akademigimiz, Nizomiy Ganjaviy nomidagi adabiyot muzeyi direktori Rafael Huseynov yaqindan ishtirok etdi va kitobga “Quyosh xonimining ushalgan orzusi” deb nomlangan kirish soʻzi yozdi.

Nashr ham ozarbayjon, ham o‘zbek tillarida bo‘lib, ushbu loyiha har ikki davlatda katta qiziqish bilan kutib olindi.

“Xurshidbonu Notavon Xurshidga yetarboshim” nashri O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan “TASHKENT BOOK FEST” xalqaro kitob ko‘rgazmasida, shuningdek, Boku shahrida o‘tkazilgan VIII Xalqaro kitob yarmarkasida taqdim etildi. Taqdimot marosimida Ozarbayjon va O‘zbekiston hukumati vakillari, adabiyot ixlosmandlari, ko‘rgazma ishtirokchilari qatoridan joy oldi.

08.01.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint