Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
1 2 3 4 5 6 7 8 9
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Oʻzbekistonning Qoʻqon shahridagi Xalqaro Hunarmandchilik Muzeyida doimiy Ozarbayjon stendi yaratilmoqda, oʻlkamizga doir qiziqarli qoʻl mehnati ishlari va eksponatlar hadiya qılındı.


Joriy yilning 21-22 sentabr kunlari Oʻzbekiston Madaniyat Vazirligi, Fargʻona viloyat hokimligi va “Hunarmand” (Dulusçuluq) Assotsiatsiyasi hamkorligida Qoʻqon shahrida II Xalqaro hunarmandchilik festivali boʻlib oʻtdi. Tadbirlarda dunyoning 70 dan ortiq mamlakatidan kelgan kulollar, sanʼatshunoslar, ekspertlar, keramika va yogʻoch oʻymakorligi ustalari, tadqiqotchilar, dunyoning turli oʻlkalaridan kelgan biznes sohasi namoyandalari ishtirok etdi.

Tadbirda Ozarbayjonning Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi qatnashib, Ozarbayjonlik sanʼatkorlarning ishtirokini taʼminladi. II Xalqaro hunarmandchilik festivali doirasida joriy yilning 21-sentabr kuni Qoʻqon shahrida Xalqaro hunarmandchilik muzeyining ochilishi boʻlib oʻtdi.

Muzeydan koʻzlangan asosiy maqsad xalq amaliy sanʼatini asrash va rivojlantirish, ularni kelajak avlodlarga yetkazish, mavjud nodir hunarmandchilik maktablari anʼanalarini davom ettirib, namoyish etishdir.

Muzeydan Oʻzbekiston, Xitoy, Yangi Zelandiya, Eron, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Hindiston, Tailand, Indoneziya, Malayziya va boshqa mamlakatlar hunarmandlarining qoʻl mehnatiga oid ishlari joy olgan. Ochilish marosimi doirasida Qoʻqondagi Xalqaro hunarmandchilik muzeyi va Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi rahbariyati oʻrtasida uchrashuv oʻtkazilib, kelgusida ushbu muzeydan Ozarbayjon stendi joy olib, unga sanʼatkorlarimizning qoʻl mehnati ishlari hadya qilinib, doimiy milliy stendimiz yaratilishi kelishib olindi.

Oʻzbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon madaniyat Vazirligi koʻmagida milliy madaniyatimizni targʻib qilish maqsadida ozarbayjonlik sanʼatkorlarning qiziqarli qoʻl mehnati ishlari, qoʻlda yasalgan buyumlarni toʻplab, ushbu muzeyda milliy stendimizni yaratish loyihasi boshlandi. Qoʻqondagi Xalqaro hunarmandchilik muzeyida yaratilajak Ozarbayjon stendida qadim tariximiz, boy madaniyatimiz, sanʼatkorlarimiz isteʼdodini oʻzida jamlagan qoʻl mehnati ishlari, eksponatlar namoyish qilinishi koʻzda tutilgan.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan stendda Ozarbayjon gilami, xalqimizga oid kashtachilikning qadimiy turi boʻlgan yagonaildiz (təkəlduz), ipakdan tayyorlangan, ayollar bosh kiyimi ‒ kalagʻayilar, yogʻoch oʻymakorligi bilan tayyorlangan ‒ tarixiy Ichkarishahar va Shusha qalʼasining tasvirlari tushirilgan tablo, Ozarbayjon bayrogʻi aks etgan xarita, Ozarbayjon milliy cholgʻu asboblari maketi tasvirlangan ramka, milliy kiyimdagi qoʻgʻirchoqlar, milliy naqshlar bilan bezatilgan hamda xalqimizning choy madaniyatini oʻzida aks ettiradigan armud stakanlar, choynik, maxsus dizayndagi koʻhna mis chiroqning maketi taqdim etildi.

Bundan tashqari, milliy stendimizda Ozarbayjon milliy raqslari, xalq oʻyinlari ‒ pahlavonlik sanʼati, Mulla Nasriddin, gilam toʻqiyotgan Ozarbayjon ayoli, mugʻom ijro etayotgan uchlik tasvirlangan daraxt hamda plastikdan tayyorlangan maxsus maketlar ham joy olgan.

Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi taqdim etgan maʼlumotga koʻra, yaqin kunlarda Qoʻqon shahridagi Xalqaro hunarmandchilik muzeyida doimiy Ozarbayjon stendi ochilishi koʻzda tutilmoqda.

01.11.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint