Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
1 2 3 4 5 6 7 8 9
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

“Arshin mol olan” spektakli yangidan O‘zbekiston sahnasida
maroq va sevgi ila qarshi olindi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi koʻmagida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ozarbayjonlik buyuk bastakor, milliy musiqa san’atining asoschisi, Sharqda ilk opera muallifi Uzeyir Hojibekovning mashhur “Arshin mol olan” asarini o‘zbek tilida sahnalashtirdi.

Sharq ruhidagi hayot tarzini chiroyli aks ettirgan ushbu musiqali komediya O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Musiqiy teatr aktyorligi” kafedrasi rahbari, dotsent Sherzod Muhammadiyev tomonidan sahnalashtirildi va spektakl institut qoshidagi maxsus orkestr jo‘rligida ijro etildi.

Sharq musiqasiga, xususan, Ozarbayjon milliy va klassik musiqasiga buyuk muhabbat ko‘rsatgan, san’atsevarligi bilan ajralib turadigan o‘zbek tomoshabinlari dunyoga mashhur “Arshin mol olan” spektaklini katta qiziqish, samimiy muhabbat bilan qarshi oldilar.

Tadbir so‘nggida chiqish qilgan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori Eldor Shermonov shuhrat qozongan Ozarbayjon bastakorining asari hisoblangan “Arshin mol olan” spektakli haqida so‘z yuritarkan, uning O‘zbekistonda doim maroq bilan, sevib tomosha qilinishini alohida ta’kidladi. U nutqida ushbu spektakl dunyoning 75 dan oshiq tiliga tarjima qilingani, 76 ta mamlakatning 187 ta teatrida sahnalashtirilgani haqida gapirdi. Rektor Uzeyir Hojibekovning Ozarbayjon madaniyat beshigi bo‘lmish Shushani ulug‘lagani, Shusha nafaqat Ozarbayjon, balki, butun turkiy dunyoning madaniy poytaxti ekaniga alohida urgʻu qaratdi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi maslahatchisi Yusuf Mammadov o‘z chiqishida “Arshin mol olan” sahna asari ustida havas bilan, muhabbat bilan mehnat qilgan aktyorlarning yuksak mahorati haqida so‘z yuritib, institut rahbariyatiga, shu qatorda, spektakl rejissoriga ham o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

Yusuf Mammadov shuningdek, Ozarbayjon Madaniyat Markazi qo‘llab-quvvatlovi bilan O‘zbekiston sahnalarida bir qancha spektakllar namoyish etilgani va bu ishlar bardavom bo‘lishi haqida ham gapirdi. O‘zbek tomoshabinlari tomonidan katta olqishlar ila qarshi olingan “Arshin mol olan” asaridagi syujetlarni o‘zlariga qiziqish bilan, dilga yaqin qabul qilgani xalqlarimiz bir-biriga yaqinligining yana bir isboti ekani eʼtirof etildi.

O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi maslahatchisi ushbu asarning yaratilib, sahnalashtirilganiga yuz yilga yaqin vaqt o‘tgan bo‘lishiga qaramay, unga tomoshabin sevgisi va rag‘batining ortishini qayd etdi va bunga sabab asarning syujeti xalq hayotidan olingan epizodlarga tayanishini aytib o‘tdi.

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari tomonidan sahnalashtirilgan “Arshin mol olan” spektakli tomoshabinlar tarafidan katta rag‘bat va olqishlar ila qabul qilindi.

02.11.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint