Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda Ozarbayjon va O‘zbekiston xalq artisti, Davlat mukofoti laureati Firudin Safarovning 90 yillik yubiley bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekistonda Ozarbayjon va O‘zbekiston xalq artisti, Davlat mukofoti laureati, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat opera va balet teatri bosh rejissyori Firudin Safarovning 90 yilligi keng nishonlandi.

Bu maqsadla Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat opera va balet teatrida tashkil etilgan yubiley tadbirda O‘zbekiston davlat namoyandalari, madaniyat, san'at sohasida tanilgan siymolar, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi faollari, O‘zbekistondagi ozarbayjonliklar faol ishtirok etdi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov Firudin Safarovning hayoti davomida doim san’atimiz uchun mehnat qilganini qayd etaroq, artistning yaratuvchanligida uzun muddatdirki, ikki xalq musiqiy san’ati xazinasini boyitib, xalqlarimiz orasida mustahkam bir do‘stlik ko‘prigi bunyod etganini ta’kidladi.

Samir Abbosov bildirdiki, Ozarbayjon davlat akademik opera va balet teatrida rejissyor sifatida faoliyat boshlab, biroz muddat mobaynida Firudin Safarov yuksak yaratuvchanlik imkoniyatlariga, sahnani teran his qila oladigan tuyg‘ularga ega ijodkor sifatida teatr olamida katta shuhrat qozondi. Nutqiy chiqishning so‘nggida Samir Abbosov Ozarbayjon davlatining Firudin Safarov ijodkorligini doimo yuksak baholashini qayd etib, uning Ozarbayjon sahnasiga ko‘p sonli tomoshalarni, spektakllarni olib chiqqanini, Uzeyir Hojibekovning va Vosif Odiguzelov kabi tanilgan bastakorlarning asarlariga murojaat etganini alohida ta’kidlab, Firudin Safarovga 90 yillik yubileyi munosabati bilan O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining xotira sovg‘alarini taqdim etdi.

O‘zbekiston madaniyat vaziri birinchi o‘rinbosari Avazxon Tadjixonov Firudin Safarovning yarim asrdan ortiqki, iste'dodli opera rejissyori sifatida o‘z porloq iqtidori bilan ikki xalqqa xizmat qilganini bildirdi. Avazxon Tadjixonov shuni alohida ta'kidlab aytdiki, bu tadbir faqatgina yubiley tadbir emas, ikki xalq - O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi do‘stlikning muhim hodisasidir va Firudin Safarov ko‘p yillik ijodi bilan ikki davlat madaniyatlarini birlashtirib turadi. So‘ngra Firudin Safarovga O‘zbekiston madaniyat vazirligi "San'atga qo‘shgan hissasi uchun" medali bilan taqdirladi.

Chiqish qilgan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat opera va balet teatri direktori, O‘zbekiston xalq artisti Ramiz Usmonov Firudin Safarovning rejissyor sifatidagi faoliyatini so‘zlab, uning O‘zbekistonda tanilgan ozarbayjonlik ijodkor sifatida qilgan xizmatlarini qayd etib o‘tdi. Ramiz Usmonov O‘zbekiston va Ozarbayjon xalq artisti bo‘lgan Firudin Safarov ijtimoiy va musiqiy faoliyatidagi xizmatlari uchun O‘zbekistonning "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni va Ozarbayjonning "Taraqqiy" medali bilan mukofotlangani, uzun yillar davomida qilgan ishlari ila bu ikki xalqning do‘stligi, madaniyatlarini birlashtirish uchun ko‘p xizmat qilganini aytdi.

Tadbirning badiiy qismida Firudin Safarovning asarlaridan iborat spektakllar buyuk rag‘bat va olqishlar ila qarshi olindi.

11.11.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint