Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
1 2 3 4
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Bokuda “Shusha - turk dunyosining madaniyat poytaxti” nomli nashrning va pochta markasining taqdimoti tashkil etildi.


Ozarbayjonning qadim shahari, madaniyat beshigi bo‘lgan Shusha shahrining 2023-yilda TURKSOY tomonidan Turk dunyosining madaniyat poytaxti sifatida e’lon qilinishi munosabati bilan O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining loyihasi ila nashr qilingan “Shusha - Turk dunyosining madaniyat poytaxti” nomli 5 tilli (Ozarbayjon, turk, o‘zbek, rus, ingliz) ensiklopedik asarning va Shushaga bag‘ishlangan pochta markasining Bokuda o‘tkazilgan IX Xalqaro Kitob ko‘rgazmasi doirasida taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qayd etish lozimki, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi amalga oshirgan yangi nashr loyihalari bilan Bokuda o‘tkazilgan IX Xalqaro Kitob ko‘rgazmasida ishtirok etdi.

Tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi xodimi Karimulla Mammadzoda nutq so‘zlab, Shusha shahrining Turk dunyosining madaniyat poytaxti sifatida e’lon etilishi bilan bog‘liq Ozarbayjon Madaniyat Markazining amalga oshirgan loyihalari haqida so‘z ochdi. K.Mammadzoda qayd etdiki: Shusha turk dunyosining madaniyat poytaxti sifatida e’lon etilgach, Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan joriy yil aprel oyi Toshkentda "Shusha kunlari" tadbirlari o‘tkazildi, Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi doirasida O‘zbekistonda Shushaga bag‘ishlangan pochta markasi tayyorlandi, Urganch davlat universitetida asli shushalik bo‘lgan betakror yozuvchi, ijtimoiy xodim Yusuf Vazir Chamanli nomida Ozarbayjon Madaniyat va adabiyot markazi ochildi, kitob, foto, rasm ko‘rgazmalari tashkil etildi, konsertlar o‘tkazildi. Madaniyat Markazining eng katta loyihasi esa Shusha haqida 5 tilli ensiklopedik asarning chop etilganini qayd etgan K.Mammadzoda bu nashrning ilk taqdimoti I Turk dunyosi Madaniyat forumi doirasida Shushada o‘tkazilayotganini alohida ta’kidladi.

Keyinroq so‘zga chiqqan dunyoga mashhur Ozarbayjon fotografi Rizo Degati ham Shusha bilan bog‘liq xotiralarini bo‘lishdi. Loyiha bilan bog‘liq fikr bildirgan Rizo Degati Shusha haqida amalga oshirilgan bu nashrning ko‘ptilli bo‘lishi, ayniqsa ingliz tilida ham chop etilishi Shusha haqida ixcham informativ manba nuqtai nazaridan katta ahamiyatga egaligini ta’kidladi.

Keyinchalik so‘zga chiqqan Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi raisi o‘rinbosari Rashod Majid Shusha haqida amalga oshirilgan bunday bir loyihaning faqat Shushaning bir madaniyat, san’at, adabiyot nuqtai nazaridan targ‘iboti emas, balki butun Ozarbayjon madaniyati targ‘iboti sifatida katta ahamiyatga egaligini qayd etdi.

So‘ngra nutq so‘zlaganlardan yana biri M.F.Axundov nomidagi Ozarbayjon milliy kutubxonasi direktori Karim Tohirov Shusha haqidagi bunday bir nashrning faqatgina kitobxonlar uchun emas, kutubxonalar uchun ham juda qadrli bir nashr ekanini qayd qildi.

Tadbirda chiqish qilgan TURKSOY namoyandasi Vugar Navro‘z o‘g‘li ham Turk dunyosida buyuk o‘ringa va ahamiyatga ega bo‘lgan, butun turk dunyosining madaniyat poytaxtiga aylangan Shusha shahri haqida bu loyiha, bu nashr buyuk, boy madaniyatimiz targ‘iboti nuqtai nazaridan katta ahamiyatga molikligini ta’kidlab aytdi. Qayd etish kerakki, O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan hozirlangan nashrning O‘zbekistonda ham taqdimoti tashkil etilgan bo‘lib, ushbu nashrni Ozarbayjon va O‘zbekiston yetakchi kutubxonalariga hadya qilish rejalashtirilgan.

13.11.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint