Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
1 2 3 4 5 6 7 8 9
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

“Alisher Navoiy va XXI-asr” ‒ Adabiyot institutida konferensiya.


OMFAning Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot institutida “Alisher Navoiy va XXI-asr” mavzusida 8-xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi. Anjuman Adabiyot instituti, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent Davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti va Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi hamkorligida oʻtkazildi.

Tadbir oldidan Alisher Navoiyga bagʻishlangan asarlar koʻrgazmasi tashkil etildi.

Xalqaro konferensiya ochilishida OMFAning prezidenti, akademik Isa Habibbeyli Turkiyada sodir boʻlgan kuchli zilzila oqibatida koʻplab insonlar vafot etgani tufayli qardosh mamlakatga hamdardlik bildirdi. Soʻngra, Turkiyadagi zilzila qurbonlari xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlandi.

Akademik Iso Habibbeyli “Alisher Navoiy va XXI-asr” mavzuidagi xalqaro anjumanlar hozirga qadar faqat Oʻzbekistonda oʻtkazilgani, biroq bu yil Ozarbayjonda birinchi marta tashkil etilayotganini qayd etdi. Bu qardosh mamlakatning biz uchun hurmat va birligi ifodasidir, dedi akademik.

Olimning taʼkidlashicha, XIX-asr oxiri XX-asr boshlaridan boshlab shoirning qoʻlyozmalari va asarlari mamlakatimizda keng tarqalgan, tadqiqotlarga jalb qilingan va xalqimiz tomonidan Fuzuliy, Nasimiy darajasida qabul qilingan. “Agar Alisher Navoiy Oʻzbekistonda tugʻilganini bilmaganimda, uni ozarbayjonlik deb oʻylagan boʻlardim", ‒ dedi akademik Samad Vurgʻunning soʻzlarini eslab. Navoiy merosi mamlakatimizda hozirda ham chuqur oʻrganilayotir. Shuningdek, olim 2020-yilda Adabiyot institutining Ozarbayjon-Turkmaniston-Oʻzbekiston adabiy aloqalari boʻlimida Alisher Navoiy adabiyotshunoslik markazi ochilgani va muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotganiga urgʻu qaratdi. Navoiy bilan bogʻliq tadqiqotlar Ozarbayjon-Turkiya-Oʻzbekiston munosabatlarining chinakam inʼikosi ekani taʼkidlandi.

Shundan soʻng, Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti rektori professor Shuhrat Sirojiddinovga Fuzuliy nomidagi markazda oʻtkazilgan koʻrgazma uchun Muhammad Fuzuliy portreti tushirilgan gilam sovgʻa qilindi.

Professor Shuhrat Sirojiddinov oʻzi rahbarlik qilayotgan universitet hamda Adabiyot instituti oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari haqida soʻz yuritdi.

Oʻzbekistonning mamlakatimizdagi elchisi Bahrom Ashrafxonov Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasiga konferensiyani tashkil etgani uchun minnatdorlik bildirdi. “Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiyni qiyosiy oʻrganishni muhim deb bilaman. Fuzuliy Navoiyni oʻz ustozi deb tan olib, Navoiy Nizomiyni oʻz ustozi sifatida qabul qilgan. Elchixona madaniy aloqalarni rivojlantirishga ham hissa qo'shishga tayyor”, ‒ dedi elchi.

Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov oʻz nutqida: “Navoiyning ikkinchi vatani Ozarbayjonda biz turkiy dunyoda mashhur boʻlgan buyuk oʻzbek shoiri Alisher Navoiyning tugʻilgan kunini nishonlaymiz. Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasiga koʻra Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa”si ilk marta oʻzbek tiliga tarjima qilindi.

Hazrat Navoiyning “Xamsa”si professor Ramiz Askar tomonidan mahorat bilan ozarbayjon tiliga tarjima qilingani ham qalbimizni faxrga toʻldiradi. Markaz loyihasiga koʻra birinchi marta Toshkent Davlat Sharqshunoslik universitetida Ozarbayjon tili va adabiyoti yoʻnalishi tashkil etilmoqda.

Anjumanning ochilishida Adabiyot instituti Ozarbayjon-Turkmaniston-Oʻzbekiston adabiy aloqalari kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori Olmos Ulvi Binnatova, Toshkent Davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti professori Nurboy Jabborov, Istanbul Madaniyat universiteti professori Vohid Turk, Vengriya Etvos Loran universiteti kafedra mudiri Benedik Peri va Janubiy Koreyaning Dongduk universiteti professori Oh Eun-Kyung Ozarbayjon-Oʻzbekiston munosabatlarining rivojlanishi, shuningdek, anjumanning ahamiyati haqida soʻz yuritib, mamlakatimizda Alisher Navoiy bilan bogʻliq olib borilgan tadqiqotlarga yuqori baho berishdi. Shu bilan birga, OMFAning muxbir aʼzosi Nushaba Arasli, filologiya fanlari doktorlari Ramiz Askar, Elman Guliyev va Yashar Qosimbeyli oʻz chiqishlarida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar haqida toʻxtalishdi.
Xalqaro konferensiya adabiy muloqotlar ila davom etdi.

07.02.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint