Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
1 2 3 4
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon Davlat Til Komissiyasi qoshidagi Monitoring Markazi O‘zbekistonda Ozarbayjon Madaniyat Markazi bilan ozarbayjon tilining targ‘iboti sohasida hamkorlik ishlarini amalga oshiradi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining tashabbusi va da’vati bilan Toshkentda safarda bo‘lgan Ozarbayjon Til Komissiyasi qoshidagi Monitoring Markazining direktori Sevinch Aliyeva boshchilik qilgan delegatsiya Ozarbayjon Madaniyat Markaziga tashrif buyurdi.

Mehmonlar dastavval O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida joylashgan Umummilliy Lider Haydar Aliyevning byusti va Shahidlar yodgorlik majmuasi poyiga gullar qo‘ydilar.

Mehmonlarni qabul qilgan O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbasov Ozarbayjon Madaniyat Markazi faoliyati va vazifasi haqida atroflicha ma’lumot berib, olib borilgan ishlardan so‘z ochdi.

Samir Abbasov Ozarbayjon Madaniyat Markazining Ozarbayjon madaniyati, tarixi, adabiyotining targ‘iboti bo‘yicha olib borilgan ishlardan so‘z ocharkan, bu sohada rahbarlik qilayotgan tashkilotning faoliyati doirasida qayd etilgan sohalarga oid yuzdan ortiq nashrning o‘zbek tiliga tarjima etilgani, ko‘plab ko‘rgazmalarning, konsertlarning, konferensiyalarning tashkil etilganini, loyihalarning amalga oshirilganini ta’kidlab o‘tdi.

Ozarbayjon tilining O‘zbekistonda targ‘iboti va o‘rgatilishining Ozarbayjon Madaniyat Markazining asosiy, ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini qayd etgan Samir Abbasov buning uchun Madaniyat Markazi tarafidan Ozarbayjon tili kurslarining yaratilganini, lug‘atlarning, tanishuv kitoblarining, dars vositalarining nashr etilganini, elektron platformada darslarning yo‘lga qo‘yilgani va bu sohada qilingan loyihalar haqida ham so‘z ochdi. Ozarbayjon tilining o‘rgatilishi sohasida O‘zbekistonning bir qancha maktablari bilan yaqin hamkorlik qilganliklarini ta’kidlagan diplomat endi O‘zbekistonda oliy maktabda Ozarbayjon tilining o‘rgatilishiga erishganliklarini va O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida Ozarbayjon tilining butun O‘zbekistonda onlayn shakldagi darslarining yo‘lga qo‘yilganini qayd etdi.

“Ibrat farzandlari” loyihasi haqida ma’lumot bergan diplomat o‘zbek yoshlariga dunyoning turli xorijiy tillari o‘rgatilishi maqsadi bilan yaratilgan bu platformaning 25 dan ortiq xorijiy tillarni o‘rganmoqni istagan 450 mingdan ortiq obunachilarni birlashtirganini qayd etarkan, Madaniyat Markazining tashabbusi va yaqindan hamkorligi bilan allaqachon ozarbayjon tilining ham bu loyihada o‘rgatilishi boshlanganini aytib o‘tdi.

Chiqish qilgan mehmonlardan biri Ozarbayjon Til Komissiyasi qoshidagi Monitoring Markazining direktori Sevinch Aliyeva tashrif va qabul uchun minnatdorlik bildirib, o‘zi rahbarlik qilayotgan tashkilotning faoliyati haqida keng ma’lumot berdi.

Sevinch Aliyeva rahbarlik qilayotgan tashkilotning asosiy maqsadi hozirgi ozarbayjon tilining leksik, grammatik, normalarining saqlanishi, matbuotda, nashrlarda, televideniya uzatishlarida, axborot lavhalarida, reklamalarda, umumiy qilib aytganda, ozarbayjon tilining faoliyat ko‘rsatgan har bir sohada adabiy tilning grammatik va leksik normativ qoidalarining saqlanishi va bu qoidalarga rioya etmoqlikni nazorat qilish, tarbiyaviy ishlarning olib borilishini aytarkan, Ozarbayjon tilining ommalashtirilishi, o‘rgatilishi va til normalarining saqlanishi sohasida Ozarbayjon Madaniyat Markazi bilan ham hamkorlik qilishga tayyorligini aytib o‘tdi. U xorijiy o‘lkalar orasida O‘zbekistonda ona tilimizning targ‘iboti va o‘rgatilishida erishilgan muvaffaqiyatni yuksak qadrladi va bu borada Ozarbayjon Madaniyat Markazining faoliyatini yuksak e’tirof etdi.

Sevinch Aliyeva kelajakda Madaniyat Markazi bilan yaqin hamkorlik qilish, bu borada loyihalarning birga amalga oshirilishi, yanada samarali faoliyat, shuningdek O‘zbekiston bilan aloqalarning koordinatsiyasi, hamkorlikning yaratilishi ishida qiziqish bildirganliklarini aytib o‘tdi.

So‘ngra mehmonlar Ozarbayjon Madaniyat Markazida yaratilgan “Haydar Aliyev muzeyi”, “Ozarbayjon madaniyati va davlatchiligi tarixi”, “Do‘stlik”, “Ozarbayjon gilamlari” muzeylari bilan ham tanishdilar.

Mehmonlar undan keyin Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Umummilliy Lider Haydar Aliyevning 100 yillik yubileyi munosabati bilan yaratilgan va yaqin kunlarda ochilishi nazarda tutilgan “Ozarbayjon tili va madaniyati markazi”, hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetidagi Muhammad Fuzuliy nomidagi Ozarbayjon ilmiy-tadqiqot markaziga ham tashrif buyurdilar.

Shuni ham alohida ta’kidlab aytish kerakki, nomi tilga olingan markazlar O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining qo‘llab-quvvatlovi bilan tashkil etilgan.

07.12.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint