XABARLAR 2023
“Shusha - Turk dunyosining madaniyat poytaxti” yilining
rasmiy yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Dekabr oyining 10-kunida Shusha shahrida Madaniyat vazirligi va Xalqaro Turk Madaniyati Tashkilotilarining (TURKSOY) birgalikdagi tashkilotchiligi bilan “Shusha - Turk dunyosining madaniyat poytaxti -2023” yilining rasmiy yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirdan avval TURKSOY tomonidan 12 rassomning asari Shushaga taqdim etildi. Shusha shahrining 2023-yil uchun "Turk dunyosining madaniyat poytaxti" sifatida e'lon qilinishi bilan bog‘liq tadbirlar haqida" Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-dekabrdagi Buyrug‘iga asosan tashkil etilgan tadbirda davlat va hukumat rasmiy vakillari, ilm va san'at xodimlari, yozuvchilar, TURKSOY tashkilotiga a'zo davlatlarning delegatsiyalari, turkiy hamkorlik tashkilotlarining rahbarlari va boshqa mehmonlar ishtirok etdilar.
Tadbirda chiqish qilgan Madaniyat vaziri Odil Karimli bu yilning Ozarbayjon va Turk dunyosining tarixiy voqealarga boy bo‘lganiga e'tibor qaratdi. Vazir aytdiki, Ozarbayjonning madaniyat poytaxti bo‘lgan Shusha shahri bu yil uchun "Turk dunyosining madaniyat poytaxti" sifatida e'tirof etilgani, Turkiya Respublikasining 100 yilligi va TURKSOY yaratilganining 30 yillik yubileyi Turk dunyosida buyuk tantana bilan qayd etildi. Shushada tashkil etilgan I Turk dunyosi Madaniyat forumi ham XXI asrning Turk asriga aylanmog‘i uchun madaniy aloqalarning inkishofida yangi ufqlar kashf etajak, Turk dunyosining eng kuchli do‘stlik platformalaridan biriga aylanajak. Odil Karimli qayd etdiki, joriy yilda o‘lkada ko‘p sonli tadbirlar tashkil etildi.
Bular ham Shushaning, ham butunlikda Ozarbayjon madaniyatining boy merosining, ayni vaqtda, Turk dunyosi madaniyatining taqdim etilishida bebaho ahamiyat kasb etadi. Madaniyat vaziri qo‘shimcha qilib shuni ham aytib o‘tdiki, 19-20-sentabrda lokal xarakteli antiterror tadbirlari bilan Ozarbayjon Respublikasi o‘z hududlarida suverenligini to‘liq barpo etdi. Bu ham butun o‘lka hududida madaniy hayotning barpo etilishida katta rol o‘ynaydi. Ishg‘oldan ozod qilingan hududlarda Prezident Ilhom Aliyevning rahbarligi bilan intensiv ishlar olib borilmoqda.
Shusha shahrining tarixiy-madaniy siymosi barpo etilmoqda, Shushaga yangidan madaniy hayot qaytmoqda.
Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining Shusha rayonidagi maxsus vakili Oydin Karimov ma'lumot berib o‘tganki, Shushada bugungi kungacha 16 yodgorlik to‘liq barpo etilgan. Ayni zamonda bir necha yodgorlik qurilishi ishlari davom etmoqda. Bu bilan birga Shusha infrastrukturasining qurilishi jarayoni ham davom etmoqda.
Shaharning tarixiy va me'morchilik merosi jonlanadi, ayni vaqtda, yangilik va zamonaviylik olib kelgan loyihalar reallikka aylanmoqda.
Tadbirda chiqish qilgan Turkmanistonning madaniyat vaziri Otageldi Shohmurodov bunday tadbirlarning Turk dunyosining birligiga, madaniyatlarimizning o‘zaro tanilishiga, targ‘ibotiga xizmat qilganini ta'kidladi. U aytdiki, Turk davlatlari o‘rtasida madaniyat sohasida aloqalarning inkishofi uchun keng imkoniyatlar mavjuddir.
So‘ngra Ozarbayjonning TURKSOY tashkilotidagi namoyandasi Elchin Gafarlining chiqishi tinglandi. Tadbirda "Shusha - Turk dunyosining madaniyat poytaxti - 2023" yili doirasida o‘tkazilgan tadbirlar haqida videosharh namoyish etildi.
Marosimda shuningdek 2023-yilda TURKSOY Media mukofoti va TURKSOY tashkilotining maxsus mukofoti taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Medianing Inkishofi Agentligining ijrochi direktori Ahmad Ismoilov TURKSOY Media mukofotini Agentlik nomidan qabul qildi.
Madaniyat vaziri Odil Karimli Turk dunyosi Madaniyat vazirlari doimiy kengashining navbatdagi rahbarlik simvolini Turkmanistonning Madaniyat vaziri Otageldi Shohmurodovga taqdim etdi. Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining Shusha rayonidagi maxsus vakili Oydin Karimov tomonidan 2024-yil uchun "Turk dunyosining madaniyat poytaxti" sifatida Shushadan keyin Turkmanistonning Anev shahri e'tirof etilishini bildirgan simvol Anev shahrining raisi Ravshan Jumayevga taqdim etildi.
"Shusha - Turk dunyosining madaniyat poytaxti - 2023" yilining muvaffaqiyatli yakunlari munosabati bilan TURKSOY tomonidan Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining Shusha rayonidagi maxsus vakili Oydin Karimov sertifikat bilan taqdirlandi.
10.12.2023