Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
  • bg16
  • bg17
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Toshkentda ilk marta Ozarbayjon-Oʻzbekiston yoshlarining doʻstlik
va hamkorlik forumi oʻtkazildi.


Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi, Ozarbayjonning “Islohotchi Yoshlar” Jamoat Birlashmasi tashkiloti va Ozarbayjon Respublikası Yoshlar Fondi hamkorligida Toshkent shahrida ilk marta “Ozarbayjon-Oʻzbekiston Yoshlarining Doʻstlik va Hamkorlik Forumi” tashkil etildi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazining konferensiya zalida Yoshlarning Doʻstlik va Hamkorlik Forumi har ikki oʻlkaning Davlat Madhiyalari sadolari ostida boshlandi.

Undan soʻng, forum ishtirokchilari qardosh Turkiyada zilzila natijasida halok boʻlganlarning xotirasi uchun bir daqiqalik sukut saqlashdi.

Tadbirda Ozarbayjondan tashrif buyurgan “Islohotchi Yoshlar” Jamoat Tashkiloti, Yoshlar Fondi, media tashkilotlarining namoyandalari, Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasidagi Yoshlar Parlamenti, shuningdek, Senat qoshidagi Yoshlar Parlamentining rahbarlari hamda taʼlim sohasidagi ekspertlar qatnashdi.

Forumda Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining direktori Samir Abbasov forum ishtirokchilarini ushbu tarixiy voqea bilan tabriklab, bunday tadbir tarixda ilk marta Ozarbayjon va Oʻzbekiston yoshlari oʻrtasidagi madaniy, adabiy, maʼrifiy aloqalarni mustahkamlash, yoshlar oʻrtasida yangi aloqalarni oʻrnatish, anʼanalar va innovatsion tajriba almashish nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega ekanligiga urgʻu qaratdi.

S.Abbasovning taʼkidlashicha, Ozarbayjonda milliy lider Haydar Aliyev tomonidan asos solingan muvaffaqiyatli yoshlar siyosati bugungi kunda ham davlatning asosiy ustuvor yoʻnalishi boʻlib qolmoqda. Yoshlar siyosati Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning doimo diqqat markazida boʻlib kelgan. Diplomat 1996-yildan beri Ozarbayjon davlati yoshlarning ijtimoiy, ilmiy va madaniy rivojlanishi uchun moʻljallangan oʻnlab davlat dasturlari qabul qilinganini qayd etib, bugungi kunda davlat tomonidan qabul qilingan ushbu dastur tufayli Ozarbayjon yoshlari nafaqat oʻzlarini rivojlantirmoqda, balki davlat boshqaruvida ham muhim rol oʻynamoqda.

S.Abbasov oʻz nutqida Prezident Ilhom Aliyevning “Men har doim Ozarbayjon yoshlariga ishonganman, men har doim Ozarbayjon yoshlariga yaqin boʻlganman va Ozarbayjon yoshlari har doim menga ishonishlari mumkin” degan fikrini alohida eʼtirof etdi.

U Forum ilk bor qardosh mamlakat yoshlari oʻrtasida kelajakda yaqin aloqalar oʻrnatish borasida juda katta istiqbol eshiklarini ochganini taʼkidlab, oʻzi rahbarlik qilayotgan tashkilot yoshlari bilan olib borilayotgan ishlar, amalga oshirilayotgan loyihalar haqida gapirdi.

Ozarbayjonning “Islohotchi Yoshlar” Jamoat Birlashmasining raisi Farid Shahbozli Ozarbayjon ila Oʻzbekiston oʻrtasidagi yaqin aloqalar oʻrnatilgani, yoshlar oʻrtasidagi hamkorlik, globallashuv sharoitida muhim ahamiyat kasb etayotgan yoshlar siyosati haqida soʻz yuritar ekan, Oʻzbekiston Ozarbayjon uchun nafaqat mintaqada, balki umumdunyo miqyosida muhim sherik, ittifoqdosh qardosh mamlakat ekanini taʼkidladi. Uning fikricha, ikki qardosh mamlakat oʻrtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashda yoshlar orqali yaqin hamkorlik oʻrnatish va birgalikda yanada muvaffaqiyatli va samarali ishlash mumkin.

Farid Shahbozli “Islohotchi Yoshlar” Jamoat Birlashmasining Ozarbayjon yoshlarining ijtimoiy hayotidagi faol ishtiroki, amalga oshirilayotgan loyihalar haqida gapirdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasidagi Yoshlar Parlamenti raisi Shahnoza Yoʻldoshova Ozarbayjon tomoni tashabbusi va tashkilotchiligida ikki mamlakat tarixida ilk marta oʻtkazilayotgan bunday forum hamkorlikda faoliyat yuritish uchun katta imkoniyatlar yaratajagini qayd etdi. Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan yoshlar siyosati, yoshlarning davlat siyosatidagi faol ishtiroki, ularning Qonunchilik Palatalaridagi mehnat faoliyati, yaratib berilayotgan shart-sharoitlar haqida soʻz yuritdi.

Forumda ishtirok etgan Ozarbayjon Respublikasi Yoshlar Fondining vakili Ibrohim Mehdiyev forum ikki mamlakat yoshlari oʻrtasida doʻstlik va hamkorlik aloqalarini oʻrnatishi va mustahkamlashi nuqtai nazaridan katta ahamiyatga ega ekanligini eʼtirof etib, bunday forumlarni doimiy ravishda hamda yaqin kelajakda Ozarbayjonda xuddi shunday forum oʻtkazishni taklif qildi.

Yigʻilishda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Respublikasi Senati Yoshlar Majlisi raisi Behzod Toʻxtamurodov Ozarbayjon va Oʻzbekiston yoshlari oʻrtasidagi yangi aloqalar, zamonaviy davrdagi muammolar, globallashuv davrida yoshlarning Vatan bilan aloqasi, shuningdek, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, ikki mamlakat yoshlar siyosatining muvaffaqiyatli modelini oʻzaro qoʻllash istiqbollari toʻgʻrisida soʻz yuritdi. Toʻplangan tajriba almashish ikki mamlakat yoshlari uchun juda muhim ekani qayd qilindi.

Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan Ozarbayjonning “Study First Academy Uzbekistan” ta'lim kompaniyasi rahbari Mikoyil Mirzazoda mamlakatlarimiz oʻrtasida barcha sohalarda rivojlanib borayotgan yaqin aloqalar taʼlim sohasiga katta taʼsir ko'rsatishini qayd etdi. Qardosh mamlakat yoshlari taʼlim sohasida ham yaqin hamkorlik oʻrnatishi mumkinligi, mamlakatlar oʻrtasida imzolangan shartnomalarga muvofiq, ikki mamlakat yoshlari Ozarbayjon va Oʻzbekistonning yetakchi oliy oʻquv yurtlarida oʻqishni davom ettirish uchun yangi imkoniyatlarga ega ekanligi taʼkidlandi.

Ozarbayjon Respublikasi Matbuot Kengashi aʼzosi Hojibey Haydarli barcha sohalarda boʻlgani kabi matbuot sohasida ham ikki mamlakat yoshlarining birgalikdagi, hamkorlik faoliyati muhimligi, oʻzaro tajriba almashish ikki mamlakatda ommaviy axborot vositalarining yanada rivojlanishiga, xalqaro tadbirlarni oʻtkazishga ijobiy taʼsir ko'rsatishi, yosh OAV vakillari ishtirokida oʻzaro tashriflar soni oshirish haqida gapirdi.

Ishtirokchilarga Ozarbayjon-Oʻzbekiston yoshlari oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdagi xizmatlari uchun Ozarbayjon tomonining faxriy yorliqlari va sovgʻalari taqdim qilindi.

Forumda qatnashgan yoshlar tomonidan ikki mamlakatning yoshlar siyosati, bu boradagi hamkorlik masalalari, amalga oshirilayotgan qoʻshma loyihalar, bu borada yaratilayotgan imkoniyatlar, tajriba almashish, yoshlarning taʼlim olishi uchun imkoniyatlar haqida savollar berilib, ularga yigʻilish davomida javoblar qaytarildi.

Qayd etish joizki, tadbir davomida forum ishtirokchilari Ozarbayjon Madaniyat markazi foyesida tashkil etilgan “Kelajagimiz va gʻalabaga yetaklovchi yoshlarimiz” nomli fotosuratlar va kitoblar koʻrgazmasi bilan tanishdilar.

14.02.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint