Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonda “Renessans” Milliy mukofoti taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.


O‘zbekiston Milliy media birlashmasining 20 yilligi munosabati bilan “Zo‘r TV” telekanalining tadbirlar saroyida tantanali marosim tashkillashtirildi va bu munosabat bilan media sohasi vakillariga “Renessans” Milliy mukofoti taqdim etildi.

Shuni aytish kerakki, O‘zbekiston Milliy media birlashmasi tarkibiga 100 ga yaqin tele va radiokanallar kiradi, ulardan 22 tasi telekanallar bo‘lsa, 19 tasi radiokanal, 50 dan ortig‘i esa elektron ommaviy axborot vositalaridir.

Yosh jurnalistlarning yangi g‘oya va ijodkorlik loyihalarini amalga oshirish, kelgusidagi faoliyatlarida yuksak cho‘qqilarga erishish, birlashma a’zolarini har tomonlama qo‘llab-quvvtlash maqsadi bilan ilk bora tashkil etilgan “Renessans” Milliy mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda davlat va hukumat vakillari, jamoatchilik vakillari, diplomatik vakolatxonalar, media vakillari, jurnalistlar ishtirok etdilar.

Tantanali tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot kotibi Sherzod Asadov kirish so‘zi bilan chiqish qilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rahbarligi bilan o‘lkada so‘z erkinligi va media sohasi inkishofida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berdi. U davlat rahbarining so‘zlaridan iqtibos keltirib, ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar xalqning ovozi, fikrini keng jamoatchilikka, davlat organlarining e’tiboriga taqdim etgan kuch ekanligini alohida ta’kidladi.

Chiqish qilgan boshqa ishtirokchilar O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Zulayxo Mahkamova, O‘zbekiston Milliy media birlashmasi Boshqaruvi raisi, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja O‘zbekistonda ommaviy axborot vositalariga davlat qo‘llab-quvvatlovi va e’tibori, media sohasi inkishofi haqida ma’lumot berdi, mamlakatda olib borilgan islohotlar va demokratik jarayonlarning xalqqa yetkazilishida ularning roli haqida gapirdilar.

O‘zbekistonda “Eng yaxshi ijtimoiy-siyosiy teledastur jurnalisti” nominatsiyasi bo‘yicha “Mening yurtim” telekanali jurnalisti Yulduz Olimova, “Eng yaxshi axboriy teledasturi jurnalisti” nominatsiyasi bo‘yicha Jahongirxon Olimov, “Eng yaxshi madaniy-maʼrifiy teledastur jurnalisti” nominatsiyasi bilan Zo‘r TV kanali faxrli jurnalisti Asrorxo‘ja Abrorxo‘jayev, “Ekologiya mavzusi bo‘yicha eng yaxshi jurnalist” sifatida Renessans TV kanali jurnalisti Sardorbek Isroilov, Vodiy TV kanali jurnalisti Zafarjon Jarqinov va boshqalarga “Renessans” Milliy mukofoti topshirildi.

Marosimda O‘zbekistondagi Turkiya, Xitoy Xalq Respublikasi va boshqa davlatlar elchixonalari tomonidan jurnalistlarga maxsus nominatsiyalar asosida mukofotlar taqdim etildi.

Ozarbayjon nomidan O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi o‘z mukofotini Xorazm viloyati “S-Iqbol” telekanali jurnalisti Sevara Raxmagullaevaga topshirdi.

Taqdirlash marosimida chiqish qilgan Ozarbayjon Madaniyat Markazi direktori Samir Abbosov O‘zbekiston Milliy media birlashmasining 20 yilligi munosabati bilan tabriklab, o‘zi rahbarlik qilayotgan Markazning ko‘p yillardan buyon O‘zbekiston mediasi bilan yaqin hamkorlik qilganini, bu bilan bog‘liq har yili o‘lkaning televideniya kanallari, internet saytlari va radiokanallarining jurnalistlari uchun Ozarbayjonga media-turlarning tashkil etilganini gapirib o‘tdi. Markaz direktori aynan bu hamkorlikning natijasi o‘laroq har yil o‘zbek matbuotida Ozarbayjon bilan bog‘liq qardosh o‘lkada ko‘p sonli materiallar, televideniya ko‘rsatuvlari efirga uzatilgani, maqolalarning chop etilgani haqida ham so‘zladi.

Ma’lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, Ozarbayjon davlati “Turkiy davlatlar o‘rtasidagi madaniyat sohasida do‘stlik aloqalarining yoritilishiga ko‘ra” nominatsiyasi bo‘yicha o‘zbek jurnalisti Sevara Rahmatullayevaga Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashkilotchiligi bilan kelgusi yilda Ozarbayjonga tashkil etiladigan Media-turda ishtirok etish huquqini bergan Faxriy diplom, statuetka va pul mukofotini topshirdi.

Tadbir taniqli san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari bilan davom etdi va maxsus tayyorlangan madhiya bilan yakunlandi.

16.12.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint