Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
  • bg11
  • bg12
  • bg13
  • bg14
  • bg15
  • bg16
  • bg17
  • bg24
  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 1 2 3
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

O‘zbekistonning Qo‘qon shahrida joylashgan Xalqaro Hunarmandchilik muzeyida tashkil etilgan Ozarbayjon milliy hunarmandchilik namunalari
burchagining ochilishi bo‘lib o‘tdi.


Xalqaro Hunarmandchilik kengashi tashabbusi bilan O‘zbekistonning Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan Xalqaro Hunarmandchilik festivali doirasida Xalqaro Hunarmandchilik muzeyining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi.

Endi esa O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining loyihasi bilan Qo‘qon shahridagi Xalqaro Hunarmandchilik muzeyida Ozarbayjon milliy hunarmandchiligi, qo‘l mehnatiga doir namunalar joylashgan doimiy burchagi, milliy stendining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Farg‘ona viloyati hokimligi rahbariyati, Qo‘qon shahar hokimi, davlat va jamoat vakillari, ziyolilar, oliy ta’lim muassasasi talabalari va jurnalistlar ishtirok etdi.

Dastavval tadbirni kirish so‘zi bilan ochib bergan Qo‘qon shahar hokimi Maruf Usmonov Ozarbayjon va O‘zbekiston o‘rtasidagi yuksak saviyali munosabatlar, so‘nggi yillarda qilinayotgan aloqalar haqida gapirdi. U Qo‘qon shahrining qadimiy tarixi, bu yerda hunarmandchilik, qo‘l mehnati san’atining keng rivojlanganini va har ikki yilda bir bu shaharda o‘tkaziladigan Xalqaro Hunarmandchilik festivali doirasida 70 dan ortiq o‘lka hunarmandlarining ishtirok etganini bildirib o‘tdi.

Hokim joriy yil o‘tkazilgan festival doirasida ochilish marosimi tashkil qilingan Xalqaro Hunarmandchilik muzeyida dunyoning turli o‘lkalaridan - Xitoy, Indoneziya, Eron, Qozog‘iston, Hindiston va boshqa mamlakatlarning mashhur hunarmandlari tayyorlagan qo‘l mehnatlari, hunarmandchilik namunalari joylashganini aytib, muzeyda endi Ozarbayjon hunarmandchiligiga oid eksponatlarning ham doimiy ravishda namoyish qilinishini bildirdi.

Tadbirda chiqish qilgan O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining direktori Samir Abbosov davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yilgani, madaniy aloqalarning kuchayishi borasida qilingan ishlar haqida so‘z yuritdi. Diplomat O‘zbekistonning Qo‘qon shahrida yaratilgan muzeyda “Haydar Aliyev yili” munosabati bilan Ozarbayjon qo‘l mehnatiga, hunarmandchiligiga oid qiziqarli eksponatlarning ko‘rgazmasi har yil bu shaharga tashrif buyuruvchi millionlab turistlarning va an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan festival ishtirokchilarining orasida milliy madaniyatimizning keng targ‘ibotiga imkon yaratishini bildirdi.

Diplomat O‘zbekistonning Farg‘ona viloyatidagi ikki shaharning – Qo‘qon shahri va Ozarbayjonning Shaki shahri, Rishton bilan Ismoyilli shahri qardosh shahar bo‘lganini qayd etdi va bu maqsad bilan O‘zbekistonning bu viloyati ila Ozarbayjon shaharlari orasida aloqalarning inkishofiga ahamiyat berilganini, e’tibor qaratilganini ta’kidlab o‘tdi.

Chiqish qilgan boshqa ishtirokchilar – Qo‘qon Xalqaro Hunarmandchilik muzeyi direktori Xayrulla Zokirov va O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi Farg‘ona viloyati rahbari Rasul Mirzaahmedov tashkil etilgan Xalqaro muzeyda yaratilgan burchakda Ozarbayjonning qadim tarixi, boy madaniyati, hunarmandning iste’dodini namoyon etgan hunarmandchilik namunalarining, eksponatlarning doimiy namoyishi muzeyning o‘zbek ziyoratchilaridan tashqari, Qo‘qonga tashrif buyuruvchi ko‘p sonli turistlar uchun ham qiziqarli, foydali bo‘lishini bildirib o‘tdilar.

Ochilish lentasi kesilganidan keyin, Ozarbayjon hunarmandchiligiga oid milliy stend ko‘zdan kechirildi.

Qo‘qon shahridagi Xalqaro Hunarmandchilik muzeyida yaratilgan Ozarbayjon burchagida Ozarbayjon gilamlari, kashtachilikka oid ishlar, yog‘och o‘ymakorligiga doir buyumlar namoyish etiladi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan burchakka, 130 yillik tarixga ega Ozarbayjonning Qorabog‘ gilami, xalqimizning kashtachillikka mansub eng qadimiy turi – takalduz (kashtachilik namunasi), ipakdan tikilgan ayollar bosh kiyimi – kalag‘ayilar (uzun ro‘mol turi), yog‘och o‘ymakorligi asosida tayyorlangan tarixiy Icharishahar va Shusha qal’asining tasvirlari aks etgan portretlar, Ozarbayjon bayrog‘i aks etgan xaritamiz, milliy kiyimdagi qo‘g‘irchoqlar, milliy naqshlar bilan bezatilgan va xalqimizning choy madaniyatini aks ettirgan eksponatlar, maxsus dizayn asosida misdan tayyorlangan qadimiy chiroqning maketi va boshqa eksponatlar hadya etildi.

Bundan boshqa milliy burchakda ulug‘ yo‘lboshchi Haydar Aliyevning yog‘ochga chizilgan rasmi va imzosi, Ozarbayjon milliy musiqa asboblari va raqslari, xalq o‘yinlari – kurash san’ati, gilam to‘qigan Ozarbayjon ayoli, mug‘om (maqom) ijro etgan uchlikni aks ettiruvchi yog‘och va plasmassadan tayyorlangan maxsus maketlar ham namoyish etiladi.

Ko‘rgazmada Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi bilan o‘zbek tiliga tarjima qilingan mumtoz adabiyot namoyandalari – Nizmoy Ganjaviy, Imomaddin Nasimiy, Muhammad Fuzuliy, Mulla Panoh Voqif, Xurshidbonu Notavon va boshqalarning asarlari ham taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon hunarmandchiligiga, qo‘l mehnatiga doir ushbu ko‘rgazma Dunyodagi Ozarbayjonliklarning Birdamlik kuni va Yangi yil bayramiga qadar davom etadi. Ko‘rgazma tugagach, undagi barcha eksponatlar doimiy ravishda Qo‘qondagi Xalqaro Hunarmandchilik muzeyi inventariga topshiriladi.

Muzeyda boshqa o‘lkalarning stendlari kabi doimiy tarzda Ozarbayjon stendi, hunarmandchilik buyumlari burchagi ham faoliyat ko‘rsatadi.

20.12.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint