XABARLAR 2023
O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida bolalar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Dunyodagi Ozarbayjonliklarning birdamlik kuni va Yangi yil bayrami munosabati bilan O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Toshkentda yashovchi ozarbayjonlik va o‘zbek bolalari uchun bayram tadbir kechasini tashkillashtirdi.
Tadbirda 200 ga yaqin ozarbayjonlik va o‘zbek bolalari ishtirok etishdi. Bayram ziyofatida ishtirok etgan bolalar uchun Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan tayyorlangan qiziqarli badiiy dastur namoyish etildi.
Tadbir doirasida bolalarga Madaniyat Markazining katta konsert zali sahnasida Ozarbayjon milliy kuy-musiqalari, qiziqarli sahna ko‘rinishlari namoyish qilindi.
Ziyofatda bolalar ham o‘z iste'dodlarini namoyish etdilar. Ular dasturning faol ishtirokchilari kabi yoddan she'r o‘qidilar, raqsga tushdilar, turli o‘yinlar o‘ynadilar.
Sahna qizil o‘yinchoqlar, chiroqlar bilan bezatilgan, archa o‘rnatilib turli bezaklar bilan bezatilgan bo‘lib, ertak qahramonlari, Qorbobo va Qorqiz qishning kelishini e'lon qildilar.
Tadbir tashkilotchilari kichik mehmonlarning xursand bo‘lishi uchun tadbir dasturining rang-barangligiga alohida e'tibor qaratdilar.
Bayram ziyofatida ishtirok etgan bolalar faqatgina ertak personajlarining chiqishlaridan emas, ayni vaqtda Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida faoliyat ko‘rsatuvchi "Ozarbayjon" raqs ansamblining ijrosida taqdim etilgan milliy raqslarimizni ham katta xursandchilik va havas bilan tomosha qildilar.
O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabasi Olima Mahmudova ijro etgan qo‘shiqlar ham bayram ziyofatiga alohida kayfiyat, alohida shukuh baxsh etdi.
Bayram ziyofatida bolalarga Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan tayyorlangan sovg‘alarning topshirilishi ularni behad quvontirdi.
Bolalar o‘zlariga bag‘ishlangan bu quvonchdan, ko‘rsatilgan e'tibordan mamnun bo‘lganlarini olqishlar bilan ifoda etdilar.
29.12.2023