Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon Madaniyat markazi 2023-yil uchun Oʻzbekiston matbuoti va jamoatchiligi oʻrtasida mamlakatimiz haqidagi tanlov nominatsiyalarini eʼlon qildi.


Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi 2023-yil uchun Oʻzbekiston matbuoti va jamoatchiligi oʻrtasida Ozarbayjon, shuningdek, Oʻzbekiston bilan tarixiy doʻstlik va hamkorlikka oid tanlov eʼlon qildi.

2023-yilning Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev tomonidan “Haydar Aliyev yili” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan Ozarbayjon Madaniyat markazi Oʻzbekistonda bir qator tadbir va loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Shu munosabat bilan markaz tomonidan tanlovga “Haydar Aliyev va Turk dunyosi”, "Haydar Aliyev va Oʻzbekiston” nomli nominatsiyalar kiritildi.

Maʼlumki, Xalqaro Turk Madaniyat Tashkiloti TURKSOY tomonidan 2023-yil “Shusha ‒ Turk dunyosining madaniyat poytaxti” deya eʼlon qilindi. Yuqorida qayd etilgan hodisa munosabati bilan tanlovdan shu nomdagi nominatsiya joy olib, unda Ozarbayjonning qadimiy shahri, Qorabogʻ markazi, madaniy poytaxtimiz Shusha shahri, uning tarixi, madaniyati, sayyohlik resurslari, mashhur shushaliklar, milliy madaniy meros, Shushaning mashhur yodgorliklari, shaharning Ozarbayjon madaniyatiga qoʻshgan hissasi va boshqa maʼlumotlar taqdim etilishi mumkin.

Bundan tashqari, Markazning bildirishicha, Ozarbayjon armiyasining gʻalabasi, Oliy Bosh qoʻmondon, Prezident Ilhom Aliyevning muvaffaqiyatli siyosati natijasida Shushaning ozod qilinishi, ishgʻoldan ozod qilingan Ozarbayjon hududlarida restavratsiya va qurilish ishlari, tinch aholining oʻz vataniga qaytishiga oid maqolalar, televizion chiqishlarga nominatsiyada ustunlik beriladi.

2023-yil Oʻzbekiston Respublikasida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deya eʼlon qilinishi munosabati bilan, tanlovga shu yoʻnalishda ham nominatsiya ilova qilindi.

Nominatsiyalar orasidan Ozarbayjon-Oʻzbekiston doʻstligi, hamkorligi, tarixiy aloqalari, davlatlarimizning strategik ittifoqi mavzusi ham joy olgan.

Tanlovda qayd etilgan mavzular boʻyicha “maqolalar”, “televizon chiqishlar”, “hujjatli filmlar”, “tarjima asarlar”i, shuningdek, “Ozarbayjon va Oʻzbekiston haqidagi eng yaxshi materiallar chop etgan bosma nashrlar (gazeta, jurnal, sayt, televideniye kanali)”, doʻstlik hamda hamkorligimizni faol targʻib qilgan davlat jamiyat aʼzolari Ozarbayjon Madaniyat markazining faxriy diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Qayd etish lozimki, tanlovda gʻolib boʻlgan oʻzbek jurnalistlari anaʼnaga koʻra har yili yoz oylarida Ozarbayjonda tashkil etiladigan “Mediatur”da ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan tashkil etiladigan ushbu “Media-tur” davomida oʻzbek ommaviy axborot vositalarining yetakchi vakillari mamlakatimiz poytaxti Boku hamda respublikamizning tarixiy joylari, ishgʻoldan ozod qilingan hududlarda boʻlib, madaniyat, turizm maskanlarini ziyorat qilishib, suratga olish ishlari olib borilashdi, maxsus maqolalar tayyorlanadi.

Taqdim etilgan materiallar har ikki mamlakat jamoatchiligi, madaniyati va matbuoti sohasidagi taniqli shaxslardan shakllantirilgan maxsus tashkiliy qoʻmita tomonidan koʻrib chiqiladi va baho beriladi. Materiallarni baholash mustaqil ekspertlar ‒ tegishli sohada boy bilim va tajribaga ega, davlat hokimiyati organlari, tanlov natijasiga taʼsir koʻrsatmaydigan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.

Tanlov uchun nazarda tutilgan materiallarning surati va elektron variantini Ozarbayjon Madaniyat Markazining culcenter.az@gmail.com elektron pochtasiga joʻnatish talab etiladi. Har jurnalist tanlovga individual tarzda maqola joʻnatishi mumkin. Materiallarni eʼlon chop etilgan kundan boshlab taqdim etish mumkin. Arizalarni topshirishning yakuniy sanasi ‒2023-yil 30-noyabr.
Qo'shimcha ma'lumotni veb-saytning tanlovlar bo'limidan olishingiz mumkin.

17.02.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint