Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
1 2 3 4 5 6 7 8
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon-Oʻzbekiston oʻrtasida madaniy aloqalar, madaniyat sohasiga oid hamkorlik muhokama qilindi.


Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining direktori Samir Abbasov va Oʻzbekiston Davlat Sanʼat va Madaniyat Institutining rektori Eldor Shermonov oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat institutida boʻlib oʻtgan uchrashuvda rektor Eldor Shermanov avvalo mehmonlarni qutlar ekan, Oʻzbekiston-Ozarbayjon madaniy aloqalari tarixi, ikki mamlakat oʻrtasidagi yuqori darajadagi hamkorlik yoʻnalishidagi muvaffaqiyatli faoliyati, shuningdek, madaniy aloqalarimizni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markaziga minnatdorchilik bildirdi.

Rektor Eldor Shermanov O'zbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi mavjud aloqalarning davlatlararo kengayishi fonida yanada mustahkamlanayotgani, Oʻzbekiston davlat rahbariyati Ozarbayjon bilan yaqin aloqalar oʻrnatishga alohida eʼtibor qaratib, aniq koʻrsatmalar berganini taʼkidladi. Ulkan eʼtibor qaratilayotgan sohalardan biri taʼlim va madaniyat sohalari boʻlib, men rahbarlik qilayotgan oliy oʻquv yurti Ozarbayjon oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor, dedi rektor.

Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Samir Abbasov qardosh Oʻzbekistonning barcha sohalarida boʻlgani kabi, madaniy aloqalarni ham yanada kengaytirish va rivojlantirish ustuvor vazifa ekaniga urgʻu qaratdi. U Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasiga amalga oshirgan ketma-ket uch bor tashrifini eslab, Ozarbayjon davlati O'zbekiston bilan munosabatlar va hamkorlikka katta ahamiyat berishini, shuningdek, Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha aniq koʻrsatmalar berilganini qayd etdi.

Samir Abbasov Ozarbayjon Madaniyat markazi mamlakatimiz rahbari, davlat tuzilmalarimiz topshirigʻiga binoan Oʻzbekistonda ham koʻplab loyihalar, tadbirlar, konferensiyalar, koʻrgazma va tanlovlar, konsertlar oʻtkazilishini alohida eʼtirof etdi.

Diplomat 2023-yil Ozarbayjonda “Haydar Aliyev yili” deb e'lon qilinishi munosabati bilan Ozarbayjon Madaniyat markazi keng koʻlamli tadbirlarni rejalashtirayotgani, O'zbekiston Davlat sanʼat va madaniyat institutini ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishidan mamnun boʻlishini bildirdi.

Soʻngra, Samir Abbasov universitet bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha aniq takliflar bildirdi. U shu yilning aprel oyida oʻzi rahbarlik qilayotgan Madaniyat markazi tomonidan oʻtkazilishi koʻzda tutilgan Ozarbayjon madaniyatiga bagʻishlangan tadbirlar doirasida Sanʼat va madaniyat instituti bilan qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni, institutda Ozarbayjon madaniyatiga alohida kun ajratishni taklif qildi. Ozarbayjon madaniyati kunida u Ozarbayjon musiqasi, bastakorlarining asarlari, raqs sanʼatimiz taqdimoti, yangi filmlar, milliy liboslar koʻrgazmasi, gilamchilik va oshxona madaniyatiga oid koʻrgazmalar tashkillashtirilishi maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

Samir Abbasov ozarbayjonlik mualliflarning asarlaridan institutning tegishli fakulteti talabalari tomonidan teatr tomoshasini tayyorlash, sahnalashtirish, oliygohning fotografiya yoʻnalishi talabalari ishtiroki va qoʻllovi bilan “Ozarbayjon Oʻzbekiston yoshlari nigohida” fotoko'rgazmasini tashkil etishni taklif qildi.

Diplomat “Haydar Aliyev yili” munosabati bilan Ozarbayjon Madaniyat markazi tomonidan Oʻzbekistonning 3 ta yetakchi oliy oʻquv yurtlarining aʼlochi talabalari uchun “Haydar Aliyev stipendiyasi” taʼsis etilgani va Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat institutining bir nafar aʼlochi talabasi ushbu stipendiya bilan taqdirlanishini eʼtirof etdi.

U Institutda yil davomida “Haydar Aliyev va Oʻzbekiston” seminarlari oʻtkazilishi, Sanʼat va Madaniyat instituti talabalari guruh boʻlib Ozarbayjon Madaniyat markazi, uning kurslari va klublari, muzeylariga muntazam tashrif buyurishlari, Ozarbayjon va Oʻzbekiston oʻrtasida talabalar va oʻqituvchilar almashinuvi dasturlarida faol ishtirok etishlari orqali oʻz hissalarini qoʻshishlari mumkinligini taʼkidladi. Markaz tomonidan tashkil etiladigan madaniy-badiiy tadbirlar, tanlov va dasturlar, oʻtkaziladigan loyihalarda institut talabalari faol ishtirok etilishi taklif qilindi.

Samir Abbasovning takliflarini yuksak baholagan rektor Eldor Shermanov Ozarbayjon Madaniyat markazi bilan hamkorlik qilishga doimo tayyor ekanligini qayd etdi. Ushbu hamkorlikning ijobiy natijalariga urgʻu qaratgan rektor oʻzi boshchiligidagi institutda Ozarbayjon madaniyati va sanʼati markazi ochilishi, Ozarbayjon rassomlari ishtirokida Ozarbayjon madaniyati bilan bogʻliq koʻplab konferensiyalar, uchrashuvlar, konsert dasturlari, taqdimotlar hamda koʻrgazmalar oʻtkazilishini taʼkidladi.

U yaqin kunlarda uning rahbarligida institut vakillaridan iborat delegatsiya Ozarbayjonga tashrif buyurishi va ushbu tashrif doirasida Ozarbayjonning koʻplab oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlik memorandumlarini imzolashiga urgʻu qaratib, Ozarbayjon Madaniyat markaziga ushbu tashrif va uchrashuvlarni tashkil etgani uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Uchrashuv soʻnggida Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori Eldor Shermanovga Ozarbayjon Madaniyat markazi tomonidan oʻzbek tilida nashr etilgan Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviyning “Xamsa”si va “Kitobi Dada Qoʻrqud” dostonining nafis nashrlari sovgʻa qilindi.

Yakunda, mehmonlar Oʻzbekiston Davlat sanʼat va madaniyat institutining fakultetlari bilan tanishib, oliygoh talabalaridan iborat “Folklor va xalq cholgʻulari ansambli” musiqiy chiqishlarini tomosha qilishdi.

18.02.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint