Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
1 2 3 4 5
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti Ozarbayjon taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni kengaytirib, universitetda Ozarbayjon-Oʻzbekiston Doʻstligi muzeyi tashkil etadi.


Ozarbayjon adabiyotining buyuk shoiri, daho mutafakkir Nizomiy Ganjaviy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti Oʻzbekistonda ilm-fan, madaniyat, adabiyot sohasida Ozarbayjon bilan aloqalarni rivojlantirishda doimiy ravishda muhim ahamiyat kasb etgan hamda universitet negizida Oʻzbekiston-Ozarbayjon Doʻstlik Jamiyati faoliyat yuritib kelayotir.

Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Samir Abbasov Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universitetida boʻlib, rektor Abdugʻaffor Qirgʻizboyev bilan uchrashdi va tomonlar oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik, mamlakatlarimiz oliy taʼlim muassasalari orasidagi aloqalarni kengaytirish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universitetida boʻlib oʻtgan uchrashuvda rektor Abdugʻaffor Qirgʻizboyev mehmonlarni qutlar ekan, birinchi navbatda, Oʻzbekiston-Ozarbayjon madaniy aloqalari tarixi, ikki mamlakat oʻrtasidagi yuqori darajadagi hamkorlik, shuningdek, madaniy aloqalarimizning mustahkamlanishida Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazining roli hamda faoliyatiga yuqori baho berdi.

Rektor Abdugʻaffor Qirgʻizboyev mamlakatlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik kundan-kunga rivojlanib, mustahkamlanib borayotgani, Oʻzbekiston davlat rahbariyati Ozarbayjon bilan yaqin aloqalarni oʻrnatishga alohida eʼtibor qaratayotganini taʼkidladi. U oʻzi rahbarlik qilayotgan taʼlim muassasasi faoliyati haqida gapirar ekan, 25 mingga yaqin talaba tahsil olayotgan Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti Oʻzbekistonda buyuk vazifani bajarib, pedagog kadrlar tayyorlab, mamlakat taraqqiyotiga hissa qoʻshayotganini qayd etdi.

Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Samir Abbasov Ozarbayjon davlati Oʻzbekiston bilan gumanitar, fan, taʼlim va madaniyat sohalaridagi hamkorlikka alohida ahamiyat berishini, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti munosabatlarda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. U universitet jahon sheʼriyatining ulugʻlaridan biri, yorqin Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy nomi bilan atalishi va ushbu taʼlim muassasasi negizida Oʻzbekiston-Ozarbayjon Doʻstlik Jamiyati faoliyat yuritib kelayotganiga urgʻu qaratdi.

Samir Abbasov Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning 2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasiga ketma-ket uch bor amalga oshirgan tashrifini eslab, Ozarbayjon davlati Oʻzbekiston bilan munosabatlar va hamkorlikka katta ulkan ahamiyat berayotgani, shuningdek, Ozarbayjon va Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish boʻyicha aniq koʻrsatmalar berganini bildirdi.

Diplomat 2023-yilning Ozarbayjonda “Haydar Aliyev yili” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan Ozarbayjon Madaniyat markazi keng koʻlamli tadbirlarni rejalashtirayotgani, ushbu tadbirlarda Toshkent Davlat Pedagogika universitetining faol ishtirok etishidan mamnun boʻlishini qayd etdi.

Soʻngra, Samir Abbasov universitet bilan yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha aniq takliflarni ilgari surdi. U universitetda Ozarbayjon Madaniyat markazi tomonidan tashkil etilgan Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti markazini yanada kengaytirish va rekonstruksiya qilish uchun yanada kengroq zal bilan taʼminlash, quriladigan markazga Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy Ozarbayjon-Oʻzbekiston Doʻstlik Markazi nomini berishni hamda kelgusida Oʻzbekiston-Ozarbayjon Doʻstlik Jamiyatining ushbu markazda faoliyat olib borishini maʼlum qildi.

Samir Abbasov oʻzi rahbarlik qilayotgan Madaniyat markazi tarafidan joriy yilning aprel oyida boʻlib oʻtadigan Ozarbayjon madaniyatiga bagʻishlangan tadbirlar doirasida Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti bilan qoʻshma loyihalarni amalga oshirish, qoʻshma seminar va konferensiyalar tashkil etishni taklif qildi. U yil mobaynida institutda “Haydar Aliyev va Oʻzbekiston” nomli seminarlar oʻtkazilishi, universitet talabalari guruh boʻlib muntazam ravishda Ozarbayjon Madaniyat markazi, uning kurslari va klublari, muzeylariga tashrif buyurishlari, Ozarbayjon va Oʻzbekiston oʻrtasidagi talabalar va oʻqituvchilar almashinuvi dasturlarida faol ishtirok etishlari, institutdagi tahsil davrida Ozarbayjon tarixi, madaniyati hamda adabiyotiga oid mavzular oʻtilishi, Ozarbayjon Madaniyat markazi ishtiroki va yordami bilan talabalar uchun ushbu mavzularda seminarlar tashkil etish, markaz tomonidan oʻtkaziladigan madaniy-badiiy tadbirlarda, tanlov va dasturlar, loyihalarda faol ishtirok etishini taklif qildi.

Diplomat “Haydar Aliyev yili” munosabati bilan Ozarbayjon Madaniyat markazi tomonidan Oʻzbekistonning 3 ta yetakchi oliy oʻquv yurtlarining aʼlochi talabalari uchun “Haydar Aliyev stipendiyasi” ta'sis etilgani hamda Toshkent Davlat Pedagogika universitetining bir nafar aʼlochi talabasi ushbu stipendiya bilan taqdirlanishini qayd etdi.

Samir Abbasov “Haydar Aliyev yili” munosabati bilan tashkil etiladigan xalqaro konferensiya Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti bilan hamkorlikda oʻtkazilishi, ushu tadbir joriy yil may oyining ilk oʻn kunligida boʻlib oʻtishini taklif etdi.

Samir Abbasovning takliflarini yuksak qadrlagan rektor Abdugʻaffor Qirgʻizboyev Ozarbayjon Madaniyat markazi bilan hamkorlik qilishga doimo tayyor ekanliklarini taʼkidladi. Rahbarligidagi universitetda Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti Markazi ochilgani, har yili Ozarbayjon madaniyatiga bagʻishlangan koʻplab konferensiya va uchrashuvlar oʻtkazilishini urgʻu qaratdi.

Rektor Abdugʻaffor Qirgʻizboyev Ozarbayjon tarixi, madaniyati va adabiyoti bilan bogʻliq mavzularni oʻquv dasturiga kiritish taklifini ijobiy qabul qildi. U oʻtgan yili oʻzi boshchiligidagi universitet delegatsiyasi Ozarbayjonga tashrif buyurgani hamda ushbu tashrif davomida Ozarbayjonning koʻplab oliy oʻquv yurtlari bilan hamkorlik memorandumlarini imzolaganini qayd etib, Ozarbayjon Madaniyat markaziga nihoyatda samarali sayohatlar va uchrashuvlar tashkil etgani uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar bir-biriga esdalik sovgʻalari taqdim etishdi. Ozarbayjon Madaniyat markazi tomonidan rektor Abdugʻaffor Qirgʻizboyevga Xurshidbonu Notavonning tomonidan oʻzbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan sheʼrlar kitobi va Shusha shahrining ramzi tushirilgan sevenir-tablo sovgʻa qilindi.

21.02.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint