Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
  • bg10
1 2 3 4 5 6 7 8 9 10
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Ozarbayjon va Oʻzbekiston hududlari oʻrtasidagi hamkorlik kengaymoqda. Turkiy dunyoning madaniy poytaxtlari Xiva va Shusha birodarlashdi.


O‘zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Samir Abbosovning AzerTac nashriga 25.02.2023 yildagi intervyusi.


Samir mallim, kuni kecha maʼlum boʻlishicha, Ozarbayjon va Oʻzbekistonning bir qator shaharlari, xususan Xiva va Shusha shaharlari orasida “Birodarlashgan shaharlar” haqida shartnoma imzolandi. Bu haqda oʻz fikrlaringiz bilan oʻrtoqlashishingizni istardik.

Avvalo, shuni maʼlum qilmoqchimanki, joriy yilning 24-fevral kuni Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston-Ozarbayjon mintaqalararo forumi doirasida ikki mamlakat oʻrtasida 11 ta hujjat imzolandi. Imzolangan hujjatlar orasida men ikki mamlakat shaharlari oʻrtasida qardoshlashgan shaharlar toʻgʻrisidagi bitim tuzilganini taʼkidlamoqchiman.

Ushbu hujjatga muvofiq Oʻzbekistonning Xiva va Ozarbayjonning Shusha, Samarqand va Ganja, Buxoro va Lankaron, Qoʻqon va Sheki shaharlari oʻrtasida birodarlashgan shaharlar toʻgʻrisida bitim imzolandi. Ushbu tadbir Ozarbayjon Respublikasi va Oʻzbekiston Respublikasi oʻrtasidagi hamkorlik boʻyicha hukumatlararo Qoʻshma komissiyaning 11-yigʻilishi natijasida roʻy berdi. Uchrashuvda Ozarbayjon Iqtisodiyot vaziri, Ozarbayjon-Oʻzbekiston hukumatlararo komissiyasi hamraisi Mikoyil Jabborov Ozarbayjon delegatsiyasiga boshchilik qilib, uning Oʻzbekistonga tashrifi davomida Toshkentda Oʻzbekiston va Ozarbayjon oʻrtasidagi hamkorlikka oid 11 ta hujjat imzolandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Iqtisodiyot vaziri Mikoyil Jabborovni qabul qildi va uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalar, avtomobilsozlik, toʻqimachilik va pillachilik sohalarida hamkorlik loyihalari amalga oshirilayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Neft-gaz sohasida, transport va logistika sohalarida istiqbolli loyihalarni tayyorlashga alohida eʼtibor qaratilib, muvaffaqiyatli loyiha sifatida tomonlar oʻrtasida qoʻshma investitsiya fondini tashkil etish toʻgʻrisida shartnoma imzolandi.

Albatta, bu davlat rahbarlarining muvaffaqiyatli siyosatining davomidir. Prezident Ilhom Aliyevning oʻzi qardosh Oʻzbekiston bilan munosabatlarga katta ahamiyat qaratayotganini taʼkidladi.

Birgina 2022-yilning oʻzida davlatimiz rahbari Oʻzbekistonga 3 marta tashrif buyurib, Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan samarali uchrashuvlar oʻtkazdi, davlat tuzilmalariga tegishli topshiriqlar berildi.

Uchrashuvlar yakunida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon-Oʻzbekiston munosabatlari strategik ittifoq darajasiga koʻtarilganini qayd etdi. Mamlakatlarimiz oʻrtasida barcha sohalarda boʻlgani kabi gumanitar, madaniyat sohalaridagi hamkorlik ham kundan-kunga rivojlanib bormoqda va bu biz uchun juda muhim, albatta.

Oʻzbekiston Markaziy Osiyo turkiy davlatlari Tashkilotining yetakchi aʼzosi, hududi, aholisi, qadimiy tarixi, boy madaniyati, xalqlarimiz oʻrtasidagi uzviy aloqa, madaniyati, tili, dinining yaqinligi bu mamlakat Ozarbayjon uchun muhimligini yana bir bor koʻrsatib turibdi.

Samir mallim, “Birodarlashgan shaharlar” loyihasi, uning afzalliklari nimada va bu Ozarbayjon va Oʻzbekiston mintaqalari orasidagi hamkorlikka qay darajada taʼsir koʻrsatadi?

Qardoshlashgan shaharlar ‒ geografik jihatdan bir-biridan uzoq aholi punktlari, madaniy va tijoriy aloqalar natijasida shakllangan birlikdir. Tabiiyki, ushbu loyiha ramziy, targʻibot vazifasini ham bajaradi.

Biz Ozarbayjon Madaniyat markazi sifatida ikki mamlakat mintaqalari, shaharlari oʻrtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish, madaniyat, turizm sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish ustida doimiy ish olib bormoqdamiz va bu bizning faoliyatimizdagi asosiy ustuvor vazifasidir.

2018-yilning dekabr oyida Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi tashabbusi bilan Ozarbayjonning Oʻzbekistondagi elchixonasining qoʻshma loyihasiga koʻra Ozarbayjonning Ismoilli shahri hamda Oʻzbekistonning Fargʻona viloyatining Rishton shahri oʻrtasida ilk marta Qardoshlashgan shaharlar toʻgʻrisida Memorandum imzolangan edi.

Oʻtgan yillar davomida Ismoyilli va Rishton shaharlari hokimiyat vakillari delegatsiyasining oʻzaro tashriflari tashkil etildi, tomonlar turli sohalarda, jumladan, madaniyat, turizm, hunarmandchilik, tikuvchilik, sayohatlarni oʻzaro tashkil etish, xalqaro festivallarda ishtirok etish va boshqa sohalarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Bu yil esa davlatimizning muvaffaqiyatli tashqi siyosatini davom ettirish maqsadida Oʻzbekistonning Xiva va Ozarbayjonning Shusha, Samarqand va Ganja, Buxoro va Lankaron, Qoʻqon va Sheki shaharlarini birodarlashgan shaharlar qilish toʻgʻrisida shartnoma imzolandi. Albatta, ushbu hujjat Ozarbayjon va O'zbekiston mintaqalari oʻrtasidagi hamkorlikni kengaytirishga, shaharlarimiz oʻrtasidagi turli sohalardagi aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Iltimos, menga aytsangiz. Navbatdagi loyiha Shusha va Oʻzbekistonning Xiva shahri orasida imzolandi. Nima uchun aynan Shusha va Xiva?

Shusha ishgʻol qilingan davrda bir qator takliflar kiritdik, Oʻzbekistonning tarixiy “Turon” kutubxonasida Shusha burchagini tashkil qilib, har yili Shusha, Qorabogʻni obodonlashtirishga oid loyihalarni amalga oshirdik. “Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlari” tadbirlari doirasida Qorabogʻga doir taqdimotlar, loyihalar, shuningdek, nashrlar taqdimoti, kiyimlar koʻrgazmasi tashkil etildi.

Madaniy poytaxtimiz Shusha arman istilosidan ozod qilingandan soʻng, biz Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi Shusha shahri bilan Oʻzbekistonning Xiva shahrini birodarlashtirishni taklif qilgan edik.

Avvalo, 2021-yilda Oʻzbekistonning tarixiy “Turon” Axborot-Kutubxona Markazi bilan Ozarbayjonning Shusha tumanidagi Markazlashtirilgan Kutubxona tizimi oʻrtasida hamkorlik Memorandumi imzolandi. Shushada 4 marta Oʻzbekiston matbuoti vakillarining media-turini tashkil etdik.

Shuni taʼkidlashni istardimki, Shusha va Xiva shaharlari oʻrtasida juda koʻp umumiylik bor. Ikkala shahar ham turk va umuman jahon madaniyatining marvaridlari boʻlib, qadimiy va boy tarixga ega.

Qalʼa shahri boʻlgan Shusha jahon ahamiyatiga molik koʻplab yodgorliklarga ega boʻlib, aynan Xivadagi Ichan-Qalʼa yodgorlik majmuasi ham Oʻzbek-Turk madaniy merosining marvaridlari qatoriga kiradi.

Qorabogʻ, Shusha ‒ Ozarbayjon madaniyatining, musiqasining beshigi, Xorazm viloyati, Xiva shahri esa Markaziy Osiyo, Oʻzbekistonning madaniyat, sanʼatining vatani va musiqa sanʼati rivojiga katta taʼsir koʻrsatgan.

Shusha tarixi Qorabogʻ xonligining, Xiva esa mashhur Xorazmshohlarning markazi markazi edi.

Ushbu loyiha ikki qardosh davlat oʻrtasidagi munosabatlarni, ham targʻibot, ham tashviqot ishlarini mustahkamlaydi.

Adabiyotimizda Qorabogʻ va Xorazm viloyatlari adabiy muhitimizni yanada boyitib, turkiy adabiyot rivojiga doimo beqiyos hissa qoʻshib kelayotir.

Xivada Komil Xorazmiy, Muhammadrasul Mirzo, Muhammad Rahimxon Feruz, Ahmad Tabibiy, Muhammad Yusuf Bayoniy, Ilyos Mulla Muhammad oʻgʻli Li Soʻfiy, Mutrib Xonaxarobiy, Avaz Muhammad Yusuf Chokar, Abdurazzoq Faqiriy, Mugʻanniy, Komiljon Devoniy, Muhammad Rahim Raqib oʻz asarlari bilan oʻzbek adabiy muhitini boyitdilar.

Shushada Ozarbayjon, Kavkazning madaniy va adabiy muhitiga muhim hissa qoʻshib, hatto XIX asrda, Shusha Kavkazning madaniy markaziga aylanganda, Qorabogʻda adabiyotning “oltin davri”, “Uygʻonish davri” boshlangandi.

Qorabogʻ-Shusha adabiy muhiti Ozarbayjon madaniyati va adabiyotida doimo yetakchi boʻlib, adabiyotda yangi yoʻnalishlarning shakllanishida muhim rol oʻynagan. Mulla Panoh Vaqif, Qosim bey Zokir, Xurshidbonu Notavon, Mir Muhsun Navvob, Fotma xonim Kamina, Abdurrahim bey Haqberdiyev, Najaf bey Vezirov, Yusuf Vazir Chamanzaminli, Uzeyir Hojibeyli, Ahmad Ogʻaoʻgʻli kabi adib va mutafakkirlarimiz Ozarbayjonning ushbu goʻzal goʻshasi ‒ Shushaning shuhratini butun dunyoga tanitishdi.

Ozarbayjonning koʻplab taniqli madaniyat arboblari yashab ijod qilgan Shusha nafaqat milliy operamizning beshigi, balki birinchi professional orkestr, ham kattalar, ham bolalar uchun birinchi baletni yaratgan odamlarning vatani hisoblanadi.

Musiqa, sheʼriyat beshigi, adabiy majlislarimizning vatani, sehrli shaharlarimiz ‒ Shusha va Xiva, shuningdek, noyob va betakror ochiq osmon ostidagi yer muzeyi hamdir.

Oʻzbekistonning Xorazm zaminida yaratilgan “Lazgi” raqsi tabiat tovushlari va koʻrinishlarini, harakatlarda sevgi va baxt tuygʻularini oʻzida mujassam etgan ushbu mintaqa oʻzining noyob raqs sanʼati bilan butun dunyoga tanilgan. Xorazm hududi oʻzbek raqs sanʼatining markazi va beshigi deb ataladi. Oʻzbekistonda har ikki yilda bir marta Xorazm viloyatining markazi Xivada Sehrli Umumxalq Raqs Festivali oʻtkaziladi.

Ozarbayjonning Qorabogʻ viloyati, Shusha shahri “Vagʻzali”, “Mirzayi” va boshqa qadimiy raqslarimizning vatanidir. Ushbu raqslar xalqimizning urf-odatlarida, toʻy anʼanalarida bayram ramzi sifatida yangraydi va ularga oʻzgacha maʼno va ruh bagʻishlab, marosimlarni yanada jonlantiradi.

Xalq ijodiyotimizning bir turi sifatida ohang boyligi, tuzilish simmetriyasi, diapazonlarning xilma-xilligi bilan ajralib turadigan, Qorabogʻ viloyatidan yetishib chiqqan mashhur Uzundara raqsi esa Ozarbayjon sanʼatining, raqs sanʼatining boy ekanidan dalolatdir.

Qorabogʻda, goʻzal Shushada vujudga kelgan hamda ishgʻoldan ozod boʻlgandan soʻng qaytadan tashkil etilgan Xaribulbul xalqaro musiqa festivali, Voqif sheʼriyat kunlari bizning boy madaniy anʼanalarimiz borligini tasdiqlaydi.

Yaxshi maʼlumki, Xiva 2020-yili, Shusha esa 2023-yil uchun TURKSOY tomonidan “Turk dunyosining madaniyat poytaxti” deb eʼlon qilingandi.

Maʼlumki, Shusha shahri bilan bir qatorda, Lankaron va Buxoro, Ganja va Samarqand, Sheki va Qoʻqonni birodarlashgan shaharlar roʻyxatiga kiritish toʻgʻrisida bitimlar imzolandi.

Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi tomonidan 2019-yilda Buxoro viloyati hokimligi, viloyat madaniyat boshqarmasi, Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi xorijiy davlatlar bilan doʻstlik aloqalari, millatlararo munosabatlar qoʻmitasi, O'zbekiston-Ozarbayjon Doʻstlik Jamiyati rahbariyatining kengaytirilgan delegatsiyasi Ozarbayjonning janubiy hududiga, Lankaran shahriga tashrif buyurib, tashrif doirasida mintaqalarimiz oʻrtasidagi aloqalarni yana kengaytirish toʻgʻrisida muzokara boʻlib oʻtgandi.

Safar davomida oʻzbekistonlik mehmonlar ishtirokida Lankaron shahri ijroiya hokimiyatida uchrashuv tashkillashtirilib, Bosh Ijrochi direktor Taleh Qarashov bilan boʻlgan uchrashuvda tomonlar oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi. Madaniyat markazida “O'zbekiston madaniyati kuni”ning ochilishi, Buxoro viloyati Davlat filarmoniyasi musiqiy jamoasi ijrosidagi oʻzbek madaniyati va musiqasi taqdimoti, o'zbek suvenirlari va qoʻlda ishlangan mahsulotlar ko'rgazmasi kabi qator madaniy tadbirlar oʻtkazildi.

Besh kunlik tashrif doirasida mehmonlar Lankarandagi Haydar Aliyev markazi, Yoshlar markazi, Lankaran Davlat universiteti, Tarix-oʻlkashunoslik muzeyi, Gilam fabrikasi, Olimpiya Sport majmuasi, “Yashil choy” FTning choy plantatsiyasini, “Green East” MMCning guruchni qayta ishlash zavodi, Hirkan Milliy bogʻi, Salomatlik va sogʻlomlashtirish markazini ziyorat qilib, ushbu obyektlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Buxoro viloyati delegatsiyasi Lerik, Astara va Masalli tumanlarida boʻlib, u yerda uchrashuvlar oʻtkazdi.

Taʼkidlash joizki, Sovet davrida jumladan, 1979-yilda Buyuk rahbar Haydar Aliyev homiyligida Ozarbayjonda oʻtkazilgan “O'zbekiston adabiyoti va sanʼati kunlari” doirasida oʻzbek adabiyoti va madaniyati vakillari Lankaron shahrida koʻplab uchrashuvlar oʻtkazib, safar mobaynida Oʻzbekiston xalq shoiri Zulfiyaga Ozarbayjonning Lankaran shahrining faxriy fuqaroligi taqdim etilgandi.

Ganja va Samarqandning mamlakatlarimiz iqtisodiy va madaniy hayotidagi oʻrni beqiyosdir. Buyuk shaxslarni tarbiyalagan bu shaharlarda jahon ahamiyatiga molik noyob tarixiy obidalar, hamda muqaddas diniy maskanlar mavjud. Ikkala shahar va mintaqaning sayyohlik imkoniyatlari juda katta. Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazining loyihasiga ko'ra, 2015-yildan boshlab har yili Oʻzbekistonning Samarqand shahrida Ozarbayjon madaniyati kunlari oʻtkazilib, uning doirasida Samarqand shahri va Ozarbayjon shaharlari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha bir qator ishlar olib borilmoqda. Oʻtgan davr mobaynida Samarqand shahar hokimiyati rahbarlarining Ozarbayjonga tashrifi tashkil etildi.

Sheki va Qoʻqon shaharlari mamlakatlarimizning qadimiy va tarixiy diqqatga sazovor joylari sifatida mashhur. Ikkala shahar ham goʻzal tabiat, turizm, shuningdek, qoʻl mehnati hamda hunarmandchilik markazlari hisoblanadi.

Sheki va Qoʻqon boy madaniyati va goʻzal obidalari ila mashhur. Shekidagi xon saroyi, Qoʻqondagi Xudoyorxon saroyi mamlakatlarimiz tarixi va madaniyatining buyukligini namoyish etadi.

Sheki 2016-yilda Turk dunyosining madaniy poytaxti, Qoʻqon esa 2021-yili Turk dunyosining turizm poytaxti deya eʼlon qilingan edi. Qoʻqonda har ikki yilda bir marta Xalqaro Xalq amaliy sanʼati festivali oʻtkaziladi.

Samir mallim, imzolangan “Qardoshlashgan shaharlar” bo'yicha bitim doirasida Oʻzbekistondagi Ozarbayjon Madaniyat markazi qanday tadbirlar va loyihalarni rejalashtirmoqda?

Bu yil biz Ozarbayjon Madaniyat vazirligi koʻmagida Oʻzbekistonda Ozarbayjon madaniyati va adabiyoti kunlarini keng miqyosda oʻtkazishni rejalashtirganmiz. Tadbirlar Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida tashkillashtirilishi nazarda tutilgan. Ushbu tadbirlar doirasida yangi “Birodarlashgan shaharlar” shartnomasini imzolagan Ozarbayjon shaharlarining taqdimoti boʻlib oʻtadi.

Yil davomida Ozarbayjon Madaniyat markazi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston matbuotida Shusha, Ganja, Lankaron, Sheki, Ozarbayjon matbuotida esa Xiva, Samarqand, Buxoro va Qoʻqon, ularning tarixi, madaniyati, turizmi, taniqli shaxslari haqida maqolalar eʼlon qilib boriladi.

Bundan tashqari, Ozarbayjon Madaniyat markazining 2023-yilga moʻljallangan tasdiqlangan ish rejasi, Oʻzbekistonning yetakchi media tuzilmalari, jurnalistlari ishtirokida Shushaga media-tur tashkil etish, Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi bilan birgalikda tanlovdagi nominatsiyalardan birini Shushaga bagʻishlash, “Xiva-Bursa-Shusha: Turk dunyosining madaniyat poytaxtlari” nomli loyihasini amalga oshirish, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti bilan birgalikda “Qoʻqon va Shusha adabiy muhitining turkiy adabiyotda tutgan oʻrni va roli: Nodirabegim va Notavon ijodi kontekstida” mavzusida ilmiy konferensiya oʻtkazish, Oʻzbekistonning Samarqand, Buxoro, Qoʻqon shaharlarida joylashgan universitetlarda Ozarbayjonning Ganja, Lankaran va Sheki shaharlaridagi oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida aloqalarni oʻrnatish, oʻzaro sayohatlar, madaniyat, turizm, yoshlar tashkilotlari oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirish, qoʻshma ilmiy tadqiqotlar va loyihalarni amalga oshirishni qoʻllab-quvvatlashni nazarda tutadi.

25.02.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint