XABARLAR 2023
“Wikipediya”da oʻzbek tilida Xurshidbonu Notavon haqida
boʻlim ishga tushirildi
Ozarbayjonning Shusha shahri 2023-yilda “Turk dunyosining madaniyat poytaxtı” deb eʼlon qilinishi munosabati bilan Oʻzbekistondagi Haydər Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi loyihasi bilan XIX-asrdagi Ozarbayjonning soʻz mulkining buyuk siymosi Xurshidbonu Notavon haqida “Wikipediya” Xalqaro elektron ensiklopediyada oʻzbek tilidagi “Xurshidbonu Notavon” nomli boʻlim ishga tushirildi.
Ozarbayjon Madaniyat Markazining “Wikipediya” xodimlari tomonidan yaratilgan boʻlimga shoiraning hayoti va ijodi, uning Ozarbayjon adabiyoti va sanʼatiga qoʻshgan hissasi, ijtimoiy faoliyati va shu kabi maʼlumotlar kiritilgan.
Qayd etilishicha, Qorabogʻ xonligining soʻnggi vorisi Mehdiqulu xonning qizi Xurshidbonu Notavon 1832-yilning 6-avgustida Shushada dunyoga kelgan va Mehdiqulu xon qiziga oʻz onasining ismini bergan.
Boʻlimda Xurshidbonu Notavon yorqin isteʼdod egasi, ideal ijodkor, shuningdek, Ozarbayjon madaniyati va jamoat hayotida chuqur iz qoldirgan shaxs sifatida taqdim etilgan.
Xurshidbonu Notavon haqidagi sahifa jami 12 boʻlimdan iborat boʻlib, har bir boʻlim hayot, ijod, oilaviy nasab, asarlar, ijtimoiy faoliyat va boshqalar haqida hikoya qiladi. Misol uchun, “Meros” (İrsi) nomli boʻlimda shoira nomidagi koʻcha, klub, kutubxona, maktab yaratilishi, arxiv va muzeylarimizdagi xon qizining qoʻlyozmalari, shaxsiy kiyimlari va buyumlari nodir eksponatlar sifatida saqlanishi aks ettirilgan. Qayd etilishicha, Xurshidbonu Notavonning Boku shahrida haykali, Shushada byusti, Agʻdamda qabrtoshi, Haydar Aliyev jamgʻarmasi koʻmagida Belgiya Qirolligining Vaterlo shahrida yodgorlik oʻrnatilgan.
Sahifada 2022-yilda Xurshidbonu Notavonning 190-yilligini nishonlash haqıdagi Ozarbayjon Respublikası Prezidentining Qarori berilgan.
Sahifada Shushadagi oʻsha davr adabiy muhiti va u yerda shoir Xurshidbonu Notavon tomonidan yaratilgan “Majlisi-uns” (doʻstlik, ulfat majlisi) haqida keng materiallar mavjud. XIX-asrda mintaqada sheʼriy majlislar keng tarqalganligi haqida ham oʻqish mumkin. Boku, Naxchivan, Shamaxi, Lankaran, Qubo, Ganjadagi sheʼriy majlislarda oʻz davrining mashhur shoirlari va ziyolilari toʻplangan. Shushada ikkita shunday sheʼriy majlis boʻlib, ulardan biri “Majlisi-uns”, ikkinchisi Mir Mohsun Navvab tomonidan yaratilgan “Majlisi-faromushon” boʻlib, har ikkisi ham shu davrda Shushada faoliyat olib borgan.
Qayd etish lozimki, Oʻzbekistondagi Haydər Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tashabbusi va loyihasiga koʻra 2022-yilda “Majlisi-Faromushon” sheʼriyat majlisi tiklanib, Ozarbayjon va Oʻzbekiston shoirlari ishtirokida Shushada uchrashuvlar, onlayn sheʼriy tadbirlar oʻtkazildi.
Boʻlimda Xurshidbonu Notavon sheʼrlari, u haqda chop etilgan kitoblar roʻyxati oʻz aksini topgan. Bu yerda Haydər Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi tomonidan Xurshidbonu Notavon sheʼrlarining oʻzbek tilidagi tarjimalari bilan ham tanishish mumkin.
“Wikipediya” Elektron Ensiklopediyasida Xurshidbonu Notavon haqidagi oʻzbek tilidagi maʼlumotlarni https://uz.wikipedia.org/wiki/Xurshidbonu_Notavon linki orqali topsa boʻladi.
“Wikipediya” Elektron Ensiklopediyasida Xurshidbonu Notavon haqidagi oʻzbek tilidagi maʼlumotlarni linki orqali topsa boʻladi.
16.01.2023