Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
  • bg4
  • bg5
  • bg6
  • bg7
  • bg8
  • bg9
1 2 3 4 5 6 7 8 9
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

Oʻzbekistonda Maqsud Shayxzodaga bagʻishlangan “Mening ikki Vatanim bor ‒ Ozarbayjon va Oʻzbekiston” nomli xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtdi.


Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi tashabbusi va loyihasi doirasida Toshkent Davlat Transport universiteti bilan hamkorlikda Maqsud Shayxzodaga bagʻishlangan “Mening ikki Vatanim bor ‒ Ozarbayjon va Oʻzbekiston” nomli xalqaro konferensiyasi tashkillashtirildi.

Madaniyat markazining katta anjumanlar zalida Maqsud Shayxzodaga bagʻishlangan “Mening ikki Vatanim bor ‒ Ozarbayjon va Oʻzbekiston” xalqaro konferensiyasining ochilish marosimida Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori, faxriy madaniyat xodimi Samir Abbasov soʻzga chiqib, Ozarbayjonning buyuk farzandi Maqsud Shayxzodaning oʻzbek adabiyoti hamda madaniyatida muhim oʻrin egallaganini qayd etdi.

Diplomat Shayxzoda ijodining nafaqat oʻzbek adabiyotiga, balki oʻzbek madaniyati va sanʼatining barcha sohalariga taʼsiri haqida gapirar ekan, Maqsud Shayxzodaning ikki qardosh mamlakat ‒ Ozarbayjon va Oʻzbekiston oʻrtasida adabiy, madaniy, doʻstona, qardoshlik aloqalarini oʻrnatishda muhim oʻrni borligini taʼkidladi. Samir Abbasov Ozarbayjon Madaniyat markazi Maqsud Shayxzoda ijodini doimo diqqat markazida saqlagani, markaz har yili M.Shayxzodaga oid nashrlar, filmlar, maqolalar va teledasturlarni tayyorlash loyihasi qoʻllab-quvvatlanayotgani, konferensiyalar va seminarlar oʻtkazilayotganini taʼkidladi. Samir Abbasov bu yil Oʻzbekiston davlat televideniyesi markaz koʻmagida Shayxzoda haqida hujjatli film suratga olganini taʼkidlab, ushbu xalqaro konferensiya ham Shayxzoda merosiga bagʻishlangan qator tadbirlardan biri ekanligini bildirdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan Toshkent Davlat Transport universiteti prorektori Dilshod Baratov Maqsud Shayxzoda asarlari yosh avlodni vatanparvarlik va qahramonlik ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishiga urgʻu qaratib, bugungi kunda Shayxzoda ijodini yoshlar orasida targʻib etish juda muhim ekanini taʼkidladi. Bunday tadbirni tashkil etgani va Toshkent Davlat Transport universiteti bilan doimiy hamkorlik qilgani uchun prorektor Dilshod Baratov Ozarbayjon Madaniyat markaziga chuqur minnatdorlik bildirib, konferensiya ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Shundan soʻng Ozarbayjon Madaniyat markazi va Oʻzbekiston Davlat televideniyesining “Mahalla” telekanali tomonidan tayyorlangan Maqsud Shayxzodaga bagʻishlangan “Aziz inson” hujjatli filmi namoyish etildi. Taʼkidlash joizki, filmda Ozarbayjon va Oʻzbekiston olimlari, rassomlari va madaniyat arboblarining Maqsud Shayxzoda ijodi haqidagi fikrlari va xotiralari aks etgan.

Konferensiyada Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti instituti dotsenti Gulnoza Sattorova, Toshkent Davlat Transport universiteti Oʻzbek tili kafedrasi dotsenti Oybibi Iskandarova, Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi inspektori, filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Karimulla Mammadzoda, Toshkent Davlat Transport universiteti Oʻzbek tili kafedrasi dotsenti Malika Abdullayeva, Toshkent Davlat Transport universiteti talabasi Guljahon Abdufattoeva maʼruzalari bilan ishtirok etib, Maqsud Shayxzoda hayoti va ijodi haqida soʻzlar ekan, shiddatli hayot yoʻlini bosib oʻtgan Shayxzoda barcha qiyinchilik va cheklovlarga qaramay, katta avlod tarbiyasida bebaho rol oʻynagan qimmatli asarlar yozganini qayd etishdi.

Maʼruzachilar Shayxzoda ijodi yangi avlodlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega ekani, ijodi oʻzbek adabiyotida alohida oʻrin tutishi, keyingi adabiyotga katta taʼsir koʻrsatganini, oʻz asarlari bilan oʻzbek xalqida qahramonlik va Vatanga muhabbat tuygʻusini mustahkamlagani, adib ijodi oʻquv jarayonida keng foydalanilishiga urgʻu qaratishdi.

Tadbirning adabiy-badiiy qismida Toshkent Davlat Transport universiteti talabalari ishtirokida Maqsud Shayxzoda asarlarining sheʼriy kompozitsiyalari, sahna koʻrinishlari va raqslari namoyish etildi.

Madaniyat markazining foyesida Maqsud Shayxzoda qalamiga mansub asarlardan iborat koʻrgazma ham tashkil etilib, ozarbayjon va oʻzbek tillarida chop etilgan asarlari namoyish etildi.

01.03.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint