Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon Respublikasining O'zbekiston Respublikasidagi elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazi Ozarbayjon va O'zbekiston gerbi
На главную Bizga yozing Sayt xaritasi

XABARLAR 2023

  • bg1
  • bg2
  • bg3
1 2 3
html5 slider by WOWSlider.com v8.8

“Wikipediya”da Shoh Ismoil Safaviy haqida oʻzbek tilida boʻlim yaratildi.


Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi tashabbusi bilan Ozarbayjon Safaviylar imperiyasining asoschisi va ilk shohi, Ozarbayjon hududlarini birinchi marta yagona davlatga birlashtirgan va ozarbayjon turkiy tilini davlat tili deb eʼlon qilgan hukmdor, shoir Shoh Ismoil Safaviy haqida “Wikipediya” xalqaro elektron ensiklopediyasida oʻzbek tilida “Shoh Ismoil Safaviy” deb nomlangan boʻlim foydalanishga topshirildi.

Ozarbayjon Madaniyat markazining “Wikipediya” xodimlari tomonidan yaratilgan boʻlimda Shoh Ismoil Safaviyning hayoti, hukmronligi, uning rahbarligidagi yurish va janglar, siyosiy faoliyati, oilasi va nasabnomasi, shaxsiyati, xizmatlari, adabiyotimizga qoʻshgan hissasi, asarlari, davlatimiz tomonidan uning nomini abadiylashtirish va shu kabi mavzular oʻz aksini topgan.

Boʻlimlar uzra tayyorlangan maqolada Shoh Ismoil Safaviy hayoti hamda hukmronligi yillarini toʻliq yorituvchi maʼlumotlar, xaritalar, tarixiy rasmlar, qoʻlyozma asarlar namunalari va boshqalar mavjud boy materiallar ilmiy maʼlumotnoma prinsipiga muvofiq berilgan.

Qayd etilishicha, Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-maydagi qarori bilan Shoh Ismoil Safaviy asarlari Ozarbayjon Respublikasining davlat mulki deb eʼlon qilingan mualliflar roʻyxatiga kiritilgan.

“Shoh Ismoil Safaviyning xizmatlari” boʻlimida taʼkidlanishicha, Shoh Ismoil Safaviy qisqa umri davomida Ozarbayjon davlatchiligi uchun muhim ishlarni amalga oshirib, katta muvaffaqiyatlarga erishgan, unga boqiylik baxsh etuvchi asarlar yozgan. Ozarbayjon xalqining siyosiy va madaniy tarixidagi eng yorqin sahifalardan birining yaratuvchisi sifatida tan olingan.

Boʻlimda Shoh Ismoil Safaviy 13 yoshida Safaviy amirlar va boshqa turkiy boylarning koʻmagi bilan ajdodlari boshlagan kurashni qanday davom ettirgani, uning rahbarligida oʻrta asrlarda Safaviylar imperiyasi tashkil etilib, Ozarbayjon xalqi davlatchiligining eng yuqori bosqichi, uning hukmronligi va davlatchilik anʼanalari Ozarbayjon davlatchiligining keyingi tarixiy zanjirida juda muhim boʻgʻin boʻlib, koʻp asrlik Ozarbayjon davlatchiligining asosiga aylangani qayd etilgan.

Shuningdek, maqolada Shoh Ismoil Safaviyning zamonaviy Ozarbayjon davlatidagi oʻrni, davlatchilik tarixi, mumtoz ozarbayjon adabiyoti haqida soʻz yuritilib, Ozarbayjon davlati Shoh Ismoil Safaviyga katta eʼtibor va ahamiyat berayotganiga urgʻu qaratilgan.

“Wikipediya”da Shoh Ismoil Safaviy haqida oʻzbek tilidagi maʼlumotlar bilan linki orqali tanishish mumkin.

Oʻzbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazining “Wikiuz” loyihasi doirasida Ozarbayjonning tarixi, madaniyati, sanʼati, davlatchiligi, shaharlari, taniqli shaxslari, fan, siyosat, madaniyat va sanʼat namoyandalari, Armaniston-Ozarbayjon mojarosi, birinchi Qorabogʻ urushi, Vatan muhorabasi va shu kabi oʻzbek tilida yuzga yaqin maqola tayyorlanib, onlayn ensiklopediyada joylashtirilgani eʼtiborga molikdir.

13.03.2023

SO'NGI YANGILIKLAR



Azərbaycan xalqının ümummilli lideri Heydər Əliyev Azərbaycan Respublikasının Prezidenti Azərbaycan Respublikasının Xarici İşlər Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Mədəniyyət və Turizm Nazirliyi Azərbaycan Respublikasının Özbəkistan Respublikasındakı Səfirliyi Azərbaycana aid portal
© © 2013 - 2018 Азербайджанский Культурный Центр имени Гейдара Алиева при посольстве Азербайджана в Узбекистане
Узбекистан, г. Ташкент, Мирабадский р-н, ул. Гейдара Алиева 9
Тел.: (+99871) 293 53 56; (+99871) 293 52 89
E-mail: culcenter.az@gmail.com
Студия Progint