XABARLAR 2023
Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasidagi teatr sohasidagi hamkorlik kengaytirilib, Ozarbayjon asarlari O'zbekiston teatrlarida namoyish etiladi.
O'zbekistondagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat markazi direktori Samir Abbasov O'zbekistonga tashrif buyurgan Irevan Davlat Drama teatri rahbari, xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Iftixor Piriyev bilan uchrashdi.
Ozarbayjon Madaniyat markazida bo'lib o'tgan uchrashuvda Samarqand shahar Kattaqo'rg'on teatri rahbari, taniqli rejissor Botir Tugalov va O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligining teatr va sirk san'atini rivojlantirish boshqarmasi boshlig'i Shorustam Abidov ham ishtirok etdi.
Uchrashuvda Ozarbayjon va O'zbekiston o'rtasidagi teatr san'ati sohasidagi hamkorlik, O'zbekiston teatrlarida Ozarbayjon asarlarini sahnalashtirish, Ozarbayjon teatr muassasalari bilan aloqalarni kengaytirish, rejissor va san'atkorlar bilan tajriba almashish, qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalari kelishib olindi. Muzokaralarda 2023-yil
Haydar Aliyev yili, Haydar Aliyev va Sharof Rashidov, Nizomiy Ganjaviy va Alisher Navoiy obrazlarini yaratish hamda G'arbiy Ozarbayjon haqidagi haqiqatni yoyish maqsadida Ozarbayjon mualliflarining yuqorida tilga olingan mavzulardagi asarlari O'zbekiston sahnasida Irevan Davlat Drama teatri ishtirokida sahnalashtirishni amalga oshirish kelishib olindi.
Bundan tashqari, mehmonlar Ozarbayjon Madaniyat markazida milliy madaniyatimizni targ'ib qilish bo'yicha olib borilayotgan ishlar, teatrlashtirilgan tomoshalarni namoyish etish maqsadida yaratilgan muzeylar bilan yaqindan tanishdilar.
14.03.2023